Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 15:41

img674

“XURSHID” MUSHTARILARINA OCHIQ MAKTUB

1906-1908-yillar orasida biri-birining davomi bo‘la oladigan “Taraqqiy”, “Xurshid”,“Shuhrat” va “Osiyo” nomli to‘rt nashr paydo bo‘ldi. Ismoil G‘asprali “Xurshid”ni “sof milliy” gazeta deb atadi. Gazeta “tili”ni boshqalarga o‘rnak sifatida ko‘rsatish maqsadida unda bosilgan ayrim maqolalarni o‘zining “Tarjimon”ida qayta nashr qildi. “Xurshid” gazetasi yopilguniga qadar “Tarjimon” bilan hamkorlik qildi.

Afsuski, yuqorida tilga olingan to‘rtala gazeta ham juda qisqa umr ko‘rdi. Ular shu qisqa davrda Turkiston jadidlarini milliy va diniy o‘z-o‘zini anglash yo‘lidan borayotgan kuch sifatida namoyon qilib ulgurdi.

“Shuhrat” gazetasining birinchi sonida sobiq “Xurshid” gazetasi muharriri Munavvar qori Abdurashidxonovning maqolasi ham chop qilingan. Maqolada Munavvar qori “Xurshid” gazetasi yopilganidan keyin yuz bergan ayrim voqea-hodisalarning tafsilotlarini ochiqlaydi. Eng muhimi, ana shu kichik tafsilotlar har qanday katta muammolar va bosimlarga qaramasdan, jadid ma’rifatparvarlari o‘z maslagidan chekinmaganini ochiq-oydin ko‘rsatib beradi.                               

TAHRIRIYATDAN

Muhtaram birodarlarim! Bir yildan beri bu falak kajraftor jabridan qalamim tili lol, o‘zim parishonhol o‘lub xomushlik go‘shasina chekilub yonmakda…

Musro’ dardnoklar bani xasta sadolar ila virdi zabon etmakda edim. Mani bu holg‘a solg‘on va bu faryodlarg‘a majbur etgan sabablar garchi siz afandilarima o‘z vaqtida mujmalan ma’lum o‘lsa ham, oradan uzun muddat o‘tgani uchun bu “ochiq maktub”ni yozib, bir qadar tafsilot vermagim ila barobar afvingizni rijo va mandan rozi o‘lmagingizni tamanno qilurman.

Hurmatlu afandilarim, ma’lumi oliyala­ringizdurki, matbuot ishi nihoyatda og‘ir va nozik o‘lsa ham millat uchun g‘oyatda zarur va foidalik bir ishdur. Shul sababli o‘zim faqir bir imom o‘ldig‘im holda chin xodimi millat o‘lmak orzusi-la o‘tkan yil “Xurshid” g‘azitasini nashrina jasorat etmish edim. Mani bu xizmatimg‘a mukofot o‘laroq siz hurmatlular ham mushtari o‘lmak ila ionat bermish va bermakda edingiz. Bu munosabat ila “Xurshid” o‘z maslaki betarafonasida davom etmakda edi. Lekin 11-inchi no‘mrusi chiqar oldindan falak gardishidan osmon xurshidini boshig‘a yetadurg‘on jabri “ku­suf” yer “Xurshid”ini ham boshig‘a kelib yetdi. Ya’ni 1906 inchi yil 16-inchi no‘­yabrda shahar polisamaysteri idora­mizg‘a Turkistonning muvaqqat genirol gubernato‘ri tarafidan amrnoma kelturub, “Xurshid”ning chrezvichayni oxrana (muhofazayi ashidda) quvvati ila to‘xtatilg‘onlig‘ini bayon edub mandan imzo oldi.

Holbuki, “Xurshid” moʻtadil maslakli maishiy bir g‘azita o‘lub bir kalima o‘lsun zakung‘a muxolif so‘z yozilmag‘on edi. Shul sababli “sud so‘rab, albatta, aybsiz topar, so‘ngra chiqorurman” umidi ila bir oyg‘a qadar kutdim. Oxirda 8-inchi no‘mruni sudg‘a berg‘onlari, sud o‘z-o‘zidan aybsiz topib qaytarg‘onlig‘i ma’lum o‘ldig‘indan yanadan chiqarmak ichun ijozat so‘rab ariza berg‘onimda arizamni 3 oyg‘a yaqin soqlab, so‘ngra “sizni g‘azitangiz chrezvichayni oxrana quvvati ila to‘xtatilg‘on ekan, shu quvvat ko‘tarulmag‘uncha sizg‘a ijozat berilmas” javobi ila arizamni rad qildilar.

Ishta ko‘ringiz “Xurshid” hech bir ayb­siz o‘lub, bor aybi taraqqiyparvarligi, musulmonlarni ilm va ittifoqg‘a chaqirg‘oni ekan.

Bu jabr yolg‘uz manga o‘lmay taraq­qiyparvar muharrirlarning ko‘blarini bosh­­larig‘a kelgan to‘y o‘ldig‘indan bunga hech bir g‘amgin o‘lmasam ham siz hurmatlulardan “g‘azita berurman” deb oqcha olib va’damg‘a vafo qilolmaga­nim, ham suyuklik millatimg‘a qilib turg‘on xizmatimdan mahrum o‘lg‘onim mani qalam xizmatining tark etub, xomushlik ko‘chasina chekilub faryod etmaga maj­bur etmish edi.

Mushtarilarning ko‘blarining haqlari bir yarim oy, iki oy, ya’ni 40 tiyin, 50 tiyin qolg‘oni ichun oqchani qaytarib yubormak mumkin o‘lmadig‘indan kelib so‘rag‘on kishilarg‘a berib, qolg‘onlarini adrislarini saqlamakda va Turkiston tilida bir g‘azita chiqmagini to‘rt ko‘z ila kutub yonmakda edim. Qachonki “Tujjor” g‘azitasini chiqmagini eshitdim nihoyatda xursand o‘ldig‘imdan to‘xtovsiz idorasig‘a bordim. Gʻazita nashri ila tabrigim ba’dinda “Xurshid” mushtarilarina “Tujjor” bermak xususinda so‘z ochilib, oramizda o‘lg‘on kelishma sababli hama adrislarni “Tujjor” idorasina topshurdim, ham “Tujjor”ning birinchi no‘mrusidan boshlab hama mushtarilarg‘a yuborildi.

Bu yuborilmish g‘azita “Xurshid” ba­dalina ekanligini mushtarilarg‘a bildurmak, albatta, lozim edi. Shul sababli muallif afandidan “Xurshid” mushtarilarina “Tujjor” berilmog‘ini birinchi no‘mrusida e’lon etilmaklarini iltimos etkanimizda muallif afandi “e’lon etsak hukumat bad gumon bo‘lur, shul sababli e’lon etmasdan to‘g‘ri yubormagimiz yaxshiroqdur” demish edilar. Lekin muallif afandi va’dalarig‘a vafo qilmay Samarqandg‘a borg‘onlarida “Xurshid” mushtariylarining ba’zilaridan oqcha so‘rog‘onlari eshitildi.

Ishta bu ish avvalg‘i xursandliklarni zoyil qilub, ikinchi bir g‘azita yubormak fikrig‘a solmish edi. Lekin na chora, ha­mon sukut etmakda edim. Emdi, alhamdulillah, Toshkand ziyolilari g‘ayrat qilub ushbu “Shuhrat” g‘azitasini nashrig‘a muvaffaq o‘ldilar. Man ham siz hurmatlularni haqlaringizni gardimdan soqit qilmak ichun bu “Shuhrat” idorasi ila kelishub “Xurshid” badalina “Shuhrat” yubordim.

Shoyadki, siz afandilarim mandan rozi o‘lub, nuqsonimni afu qilursiz.

So‘ng so‘zim “Shuhrat” esa chiqdi. Emdi buning davomi siz hurmatlularni ionatingiz ila bo‘lur. Shul sababli bu “Shuhrat”g‘a moddiy va ma’naviy ionatda o‘lub davomini ta’min etmaka cholishmoqingizni an samim ul-qalb rijo qilub “Yashasun “Shuhrat” g‘azitasi, ko‘paysun yordamchilari” demak ila xatmi kalom qilurman.

“Xurshid” muharriri

M.A.(Munavvar qori Abdurashidxonov) “Shuhrat” gazetasi, 1-son, 1907 yil

“Jadid” gazetasi 2024-yil 15 -mart 12-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596