Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


02.06.2025 | 08:55

img467

KICHIKLARNING KATTA BAYRAMI

Bolalar… Ular haqida aytilaverib yod bo‘lib ketgan gaplar bu kun yana va yana takrorlanajak. Biz, kattalar ham mana shu beg‘uborlik bayrami bahona aqalli bir kun o‘zimiz ham yosh go‘dakka aylanamiz, qadrdon bola ko‘nglimizga qaytamiz.

1-iyun – ona sayyoramizdagi milliardlab go‘dakning xos kuni. Ular millatidan, irqidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar bu bayramga doxildirlar. Qaniydi, ularning har biriga dunyoni “issiq bir non kabi”, “ol-alvon bir pufak”, “ulkan bir olma kabi” bera olsak…

Bugun yer yuzida soatiga 18 ming bola tug‘ilayotgan ekan, ular bilan birga kelajakning yangi rejalari ham ko‘z ochayotir. Axir, bu degani har kuni 18 ming ehtimoliy ixtiro, har soatda 18 ming kashfiyot degani emasmi? Xo‘sh, bizning bolajon O‘zbekistonda-chi?

O‘tgan yilning o‘zida ona diyorimizda qariyb bir million go‘dak dunyoga keldi. 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni qariyb 11 million nafarga yetdi. Bir tasavvur qiling, ularning har biri bir sohaning yetuk vakili bo‘lib yetishsa…

Aslida ham shunday. Bolalar tabiatan dahodirlar. Faqat ularni payqamoq, tarbiyalamoq, yo‘naltirmoq, orzu qushlarini yuksak parvozlar sari ruhlantirmoq lozim. Davlatimiz rahbari aytgani kabi “Bolalarning ko‘zidagi nurni ilg‘ash kerak!”

Bugun minglab, millionlab bolani ota-onalari emas, mobil dunyo “tarbiyalayotgan”ini ko‘ryapmiz. Bugun go‘daklarimizning beg‘ubor bolaligini sarobga aylantirayotgan g‘ofil kattalarning jaholatiga ham guvoh bo‘lyapmiz. Bugun o‘z farzandini ayovsiz kaltaklayotgan bag‘ritosh onalarni, o‘z dilbandiga zug‘um va zo‘rovonlik qilayotgan bag‘ritosh otalarni ham ko‘ryapmiz. Ijtimoiy tarmoq ko‘z oldimizda butun yer kurrasini globus kabi aylantirib, dunyoning har bir nuqtasidagi bor-yo‘q holatni ayon qilmoqda…

Jo‘mrakda oqib turgan suvni ishlatayotganimda, gaz plitasining murvati ochiq turgani esimga tushganida farzandlarimga qoldirayotgan merosimizni o‘ylayapman. Axir men eshitayotgan qushlar sayrog‘ini ular ham eshitmog‘ini, men hidlagan gullar hidini tuymoqlarini, hayotning menga bergan ne’matlaridan ular ham bahra olmog‘ini juda-juda istayman. Dilbandlarim ham o‘z zurriyotlariga bu ulug‘ marhamatni ulashsalar, deyman. Iqlimlar o‘zgarmasa, havolar ifloslanmasa, suv ta’mini yo‘qotmasa, olam esa bolalarning shodligiga chulg‘ansa deyman…

1-iyun – qariyb 75 yildan buyon nishonlanib kelayotgan go‘daklarning ulkan bayrami. Bu kun – dunyo xalqlari uchun bolalarni himoya qilmoq kuni. Ularning esa jajji qo‘lchalarida havo to‘ldirilgan pufaklar, ona mehriday shirin muzqaymoqlar. Insoniyat ularni yaxshi ko‘rmaslik qoshida ilojsizdir. Toki, gulnigor qizaloqlar, baxtqanot bolakaylar bor ekan, BOLALIKni asrang, aziz odamlar! Keling, beg‘ubor bolalikni har qanday balolardan himoya qilaylik va dunyoni bolalarga beraylik!

Muhayyo RUSTAMOVA

Umida ABDUAZIMOVA

Bolalar kuni

Bolalar kuni
Eng zo‘r bayramim!
Xuddi shu kuni
Quvnab-yayragum!

Yig‘lasa yig‘lab,
Kulsa kulishib,
O‘yinchoqlarin
O‘ynab, bo‘lishib,

Uchib arg‘imchoq,
Yurak hovuchlab.
Yopib erinchoq
Fe’limni zichlab.

Kunim o‘tar chog‘
Zo‘r qanotlanib.
Yaxshilik qilmoq
Uchun otlanib.

Shodlik, sho‘xlikmi,
Shovqin, to‘polon…
Urishmas hech kim,
Bolalar hayron!
Qanday yaxshi

Men onamga gul terdim,
Singlimni ham unutmay.
She’r aytib, kuylab berdim
Ular rahmatin kutmay.

Singlimga atirgulning
Tikonlari yoqmadi.
Qog‘ozga o‘rab berdim
Tikonlari chaqmadi.

Gulchi xolaga borib,
Sotib oldim lolalar.
Singilni quvontirish
Qanday yaxshi, bolalar!

Nurulloh OSTON

Tadbirkor usta

Buzilsa qay narsangiz,
Meni izlab borsangiz,
Tuzataman qotirib,
Teng yarmini orttirib.
Mendek asl ustadan
Bitta chiqar yuztadan!

Tuyaning bo‘talog‘i

Bo‘talog‘im arzanda,
Hammomni qilmas kanda.
Yozmi-qishmi to‘rt fasl
Borib turar muttasil.
Kim yuvinsa yo‘l ochiq,
Tayyor sovun va sochiq!

Kim yashaydi?

Boqsak, katta xonada
Qirqta kalish turipti.
Kim ekan qish pallada
Buncha bazm quripti?

Hayron bo‘lib mo‘ralab,
Qarasak u yoq-bu yoq,
Taxtachaga yozilmish:
“Bunda yashar qirqoyoq”.

Ehtiyot bo‘l!

Kelar bo‘lsang bog‘chadan,
Hazir bo‘lgin ko‘chadan.
Ukang qo‘lin tutib tur,
Yashil yo‘lni kutib tur.
O‘tkaz moshin qatorni,
So‘ng olib o‘t Sattorni!

“Jadid” gazetasining 2025-yil 30-maydagi 22-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img606

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img604