04.06.2025 | 17:02
622
“UNUTILGAN ASHULA”
Adabiyot – bu xalqning xotirasi, qalbi va ruhiyatining eng teran aksi. Paydo bo‘lgan chinakam asarlar esa vaqt sinoviga bardosh berib, avlodlar ongiga iz soladigan badiiy hodisalardir. Iste’dodli ijodkor Obid Qo‘ldoshning yaqinda kitobxonlar hukmiga havola etilgan “Unutilgan ashula”si ana shunday kitoblardan biridir. Mazkur to‘plamdagi hikoyalar bugungi o‘zbek nasrida o‘ziga xos badiiy ifoda vositalari, teran ma’naviy-falsafiy mushohadalari va ichki ruhiy iztiroblari bilan alohida o‘rin egallaydi.

“Unutilgan ashula” – bu oddiy hikoyalar to‘plami emas. Bu – jamiyat xotirasi, milliy ong va inson qalbidagi abadiy kurashlar tasvirlangan ruhiy manzara. Kitob sahifalarida berilgan har bir hikoya o‘quvchini hayratga soladi, o‘yga toldiradi. Har bir voqelik – asl mohiyat bilan o‘ralgan, har bir satr – chuqur ma’noni o‘zida mujassam etgan. Muallifning falsafiy mulohazalari, ichki iztiroblari, insoniyatga, zamonga, qadriyatga bergan baholari kitobxonni teran fikrga chorlaydi.
Kitobda keltirilgan hikoyalar o‘quvchi ongida beixtiyor “ko‘rmaslikka olayotgan haqiqatlarimiz”ni ko‘rsatadi. Muallif har bir hikoya orqali hayotdagi oddiy, biroq chuqur ijtimoiy va ruhiy ma’noga ega voqeliklarni ochib beradi. U voqeani aytmaydi – his ettiradi. Aynan mana shu his – “Unutilgan ashula”ni unutilmas asarga aylantiradi.
Obid Qo‘ldoshning bu hikoyalarini bittada anglab olish uchun falsafiy dunyoqarash kerak deb o‘yladim. Chunki o‘qish va uqish bir xil narsa emas, birida ko‘zlaring o‘qisa, birida onging, qalbing va butun vujuding o‘qiydi. “Unutilgan ashula” kitobi esa ham o‘qishga, ham uqishga ilhomlantiradigan asar. Unda teran fikrlar, badiiy ifodalar va o‘zgacha mohiyat bor. Asarda tasvirlangan hikoyalar faqatgina bir shaxsning taqdiri, bir oilaning fojiasi yoki bir manzaraning holati emas. Bu – butun jamiyatning ruhiy holati, axloqiy qiyofasi, tarixiy xotirasi va unutgan haqiqatlariga chizilgan badiiy portretdir. Har bir hikoyada berilgan tafsilotlar zamirida kitobxon o‘zini, atrofidagilarni, o‘z jamiyatini ko‘radi. Muallif qahramonlari shunchaki voqealarning qatnashchisi emas, balki ichki iztiroblar, ziddiyatlar, qaror va tanlovlar bilan yuzma-yuz kelgan inson sifatida yoritilgan.
Har bir hikoya, har bir adabiy-falsafiy o‘ylar kitobning umumiy ruhini, muallifning ijodkor sifatidagi qarashlarini, hayotga, xalq ruhiyatiga va milliy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini aniq ifodalaydi.
Bu asar – ijodkorlik mas’uliyati, milliy xotira, badiiy fikr va falsafiy mulohazalarning mukammal uyg‘unligidir. Chunki bu “ashula” – biz unutgan, ammo qalbimiz tubida hanuz jaranglab turgan hayot taronasidir.
Farangiz ABRUYEVA,
O‘zJOKU talabasi
“Jadid” gazetasining 2025-yil 30-maydagi 22-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
55
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
129
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
319



