13.04.2024 | 15:54
557
TURKISTON HURRIYATI YO‘LIDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Muslimbek Alijonovning “Turkiston hurriyati yo‘lida” deb nomlangan kitobi chop etildi. Kitob mundarijasi 1929- 1939-yillar orasida Fransiyaning Parij shahrida nashr etilgan “Yosh Turkiston” jurnalidan olingan iqtiboslar va muallifning fikr-mulohazalari, izohlari bilan boyitilgan. Muallif uch tayanchi, uch atoqli shaxs – Mustafo Cho‘qay, Tohir Chig‘atoy va Abdulvahob O‘qtoyning hayoti, ijodi va fidokorona faoliyatini tadqiq va tahlil etadi. Sobiq mustabid tuzumning tajovuzlari oqibatida 1924-yilgacha Vatanini tark etishga majbur bo‘lgan minglab yurtdoshlarimiz Afg‘oniston, Hindiston, Turkiya, Misr, Germaniya va boshqa mamlakatlarda qo‘nim topdilar. Usmon Xo‘ja (1878-1968), Mustafo Cho‘qay (1891-1941), Sadriddinxon Sharifxo‘jayev (1878-1946), Zakiy Validiy To‘g‘on (1890-1970), Tohir Chig‘atoy (1902-1987), Abdulvahob O‘qtoy (1904-1962) va boshqalar xorij matbuoti va o‘zlari tashkil etgan jurnallar orqali Turkiston xalqlarining mustaqillik yo‘lidagi kurashi va orzu-umidlaridan jahon afkor ommasini xabardor qilib, Turkistondan kelgan muhojirlarni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirish borasida katta ishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lishdi. Jumladan, “Yosh Turkiston” jurnali ham ana shunday matbuot nashrlaridan biri edi. Kitobdan Vatan va xalq hayoti mavzusidagi she’rlar, Turkiston muxtoriyati, milliy istiqlolchilik kurashi hamda milliy matbuot tarixiga doir maqolalar o‘rin olgan. Shu bilan birga, kitobda tarixiy siymolar tavsifiga ham keng o‘rin berilgan. Jumladan, Ismoil Gʻaspirali, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Eshonxo‘ja Xoniy, Sadriddinxon Muftiy Sharifxo‘jayev, Obidjon Mahmud va boshqa taraqqiyparvar jadidlarga bag‘ishlangan maqolalar ham shunday asarlar sirasidandir.
Bahrom IRZAYEV, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bosh ilmiy xodimi
“Jadid” gazetasi 2024-yil 15-mart 12-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
606
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
604



