Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.06.2025 | 12:31

img586

MATONATLI MUALLIM

Xalqimizning sevimli adibi Abdulla Qahhor o‘zining tarjimayi holiga bag‘ishlangan “Ozgina o‘zim haqimda” maqolasida: “Mening adabiyotga maylimni payqagan va bunga e’tibor qilgan kishi ona tili muallimi Muhammadjon Xoliqiy bo‘ldi”, deb yozadi. Bu odam adabiyot muxlisi bo‘lib, “Adib” ijtimoiy va adabiy jurnaliga bosh-qosh edi.

Muhammadjon Xoliqiy XX asr boshlarida Turkistonda keng yoyilgan ilg‘or jadidlik harakatining taniqli vakili, fidoyi muallim va o‘tkir publitsistlardan biridir. U 1890-yilda Ho‘qand shahrining Sarbahodir mahallasida Mavlonboy madrasasining mudarrisi Abdulxoliq Abduvahhob o‘g‘li oilasida dunyoga kelgan. Muhammadjon o‘z zamonasining talablari bo‘yicha yaxshi ta’lim olgan. Madrasani tugatgandan so‘ng o‘zini muallimlikka bag‘ishlab, tez orada Qo‘qonning ilg‘or ziyolilaridan biri bo‘lib tanilgan. Qahramonimiz Abdulvahhob Ibodiy, Ashurali Zohiriy, Po‘latjon Qayumov, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Ibrohim Davron, Salohiddin Majidiy, Obidjon Mahmudov kabi jadidlik harakatining taniqli vakillari bilan oshno va hammaslak bo‘lib, xalqimiz orasida ma’rifat tarqatishda jonbozlik ko‘rsatdi.

1913-yilda Muhammadjon G‘alchasoyda “usuli jadid” maktabini ochdi. Bu maktabda nafaqat diniy darslar, balki dunyoviy, ya’ni jug‘rofiya, tibbiyot, hatto rus tili ham o‘rgatilardi. Maktabning shuhrati butun muzofotga yoyilib, o‘quvchilar soni ortib borardi. Xalqni jaholat va zulm iskanjasida tutishni xohlagan chor Rossiyasining mustamlakachi ma’murlari bir necha marta maktabga kelib, har yoqni tintib, ba’zi fanlarni o‘qitishni taqiqlar edi. Bu haqda domlaning shogirdlaridan biri O‘zbekiston xalq shoiri Charxiyning xotiralarida shunday deyiladi: “Muhammadjon Xoliqiy ta’qiblarga qaramay, faoliyatini davom ettiravergan. Ayni paytda u o‘tkir publitsist sifatida ham tanila bordi. U 1914-yildan boshlab “Sadoyi Farg‘ona”, “Sadoyi Turkiston” gazetalarida o‘zining bir qator maqolalari bilan qatnashdi. Mazlum xalqni og‘ir ahvoldan qutqarmoq masalasi uning asosiy mavzusi edi. U “Oltin taraf” maqolasida ilm-ma’rifat, o‘zaro hamjihatlik tufayli xalqimiz hayotini yaxshilash mumkin degan fikrni ilgari surdi.

1917-yilda u dastlab G‘alchasoy bo‘yidagi Oxundevon madrasasida maktab tashkil etdi. 1918-yilda xarobaga aylangan madrasaning qayta obod bo‘lishi va ilm maskaniga aylanishida fidoyilik ko‘rsatdi. Maktab rahbari sifatida o‘sha og‘ir yillarda bolalarni o‘qishga jalb qilib, ularga savod o‘rgatib, dunyoni tanitishda domla ko‘p amaliy ishlar qildi. 1920-yilda Qo‘qonda pedagogika bilim yurti tashkil etilganda shaharning ilg‘or muallimlaridan biri sifatida Muhammadjon Xoliqiy ham ishga taklif qilinadi. Bu yerda ona tili va adabiyot darslaridan bo‘lajak muallimlarga saboq beradi, tarbiyachilik qiladi.

1926-yilda pedagogika bilim yurti Farg‘ona shahriga ko‘chirilgandan so‘ng savodsizlikni bitirish kurslarida ishladi. Biroq 1927-yilda jadidlarga qarshi boshlangan ta’qib Muhammadjon domlani ham chetlab o‘tmadi. Unga o‘zi tashkil etgan maktabda ishlashni man etishdi. O‘z tomorqa va bog‘ida ter to‘kib, tirikchilik qilishga majbur bo‘ldi.

1929-yilda Xoliqiyni Uchko‘prik tumanidagi Katta qorako‘l qishlog‘ida ochilgan maktabga ishga chaqirishadi. Yangi kuch va g‘ayrat bilan o‘z ishini boshlagan domla tez orada sevimli ishidan yana judo bo‘ldi. 1929-yilning kech kuzida Muhammadjon Xoliqiyni millatchilikda ayblab qamoqqa olishdi. U bir yildan ortiqroq vaqt mobaynida avaxtada o‘tirdi. Jiddiy jinoyatni bo‘yniga qo‘ya olmagandan so‘ng 1930-yil oxirida uni ozodlikka chiqarishdi.

Biroq domlaga bundan buyon muallimlik qilishiga ruxsat berilmadi. U kolxozda bog‘bonlik va asalarichilik bilan shug‘ullandi. 1937-yilning mudhish kunlarida elni ilmli qilishga bel bog‘lagan ziyoli yurtdoshimiz Xoliqiyni ma’rifatparvarlik harakatlari bois yana qamoqqa olishdi va bu safar o‘n yilga hukm qilishdi. U 1938-yilning 18-noyabrda hozirgi Navoiy shahri yaqinidagi konslagerda tutqunlik azoblaridan 48 yoshida vafot etdi.

Muhammadjon Xoliqiydan xalqimizning ma’naviy xazinasiga ko‘plab maqolalar, 1916-yilda yozilgan “Turkiy alifbo” darsligi, “Jumhuriyat nima?” nomli risolalari meros bo‘lib qoldi. El-yurt istiqloli yo‘lida qurbon bo‘lgan mana shunday millat oydinlarini xotirlash, ular qoldirgan ilmiy-ma’rifiy merosni o‘rganib, tadqiq va targ‘ib etish imkonining o‘zi siz-u bizga berilgan beqiyos istiqlol ne’matidir. 

Nigora TO‘RAQULOVA,
Qo‘qon davlat muzeyi ilmiy xodimi

“Jadid” gazetasining 2025-yil 6-iyundagi 23-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img65

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img587

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img584