Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


19.06.2025 | 16:33

img607

ADABIYOT JAMIYATIMIZ UCHUN OXIRGI O‘RINGA TUSHIB QOLMOQDA

Shaxsni mamlakatga tanitadigan narsa uning kitobidir. Kitob do‘konlari o‘quvchi va yozuvchi o‘rtasidagi oltin ko‘prikdir. Hozir kitob do‘konlari chiroyli, yaltiroq buyumlar bilan to‘lib-toshgan. Men bunday manzarani Afrikada, Hindistonda ko‘p kuzatganman.

U yerda uchratgan kitoblarim go‘yo adabiyotning arzonligini chiroyli rasmlar bilan yashirmoqchi bo‘lgandek, o‘quvchiga emas, tomoshabinga mo‘ljallangandek taassurot qoldirardi. Bunday rang-barang, yaltiroq kitoblar bizda ham ko‘payib ketdi. Ular haqiqiy adabiyotni siqib chiqarishga urinmoqdalar. Ularning mualliflari alohida shaxslar emas, balki guruhli jamoalar, hatto brigadalar deyish mumkin. Bu kitobning fojiasi adabiyotning fojiasidir.

Bizning davrimizda o‘qiladigan adabiyot bunday yaltiroqlikdan xoli edi. Shunday bo‘lsa-da, u o‘z o‘quvchilariga yetib borish yo‘lini topardi. O‘quvchilar uning chiroyli muqovasiga emas, ichidagi mazmunga e’tibor berishardi. Oltin va kumush bilan qoplangan kitoblar ba’zilar uchun sovg‘a, ba’zilar uchun esa pul topish manbai bo‘lib qoldi.

Davlat adabiyotni qo‘llab-quvvatlamasa, adabiyot yashay olmaydi. Biz bu borada ko‘proq G‘arbga taqlid qildik. Adabiyotni, ayniqsa, qozoq adabiyotini shamolga yolg‘iz tashlab qo‘yib bo‘lmaydi. Bu nafaqat bizning qozoq adabiyotiga, balki jahon adabiyoti organizmiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hozir fikr-mulohazali klassika emas, shovqin-suronga asoslangan, o‘ldirish, zo‘rlash, inson asabiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan kitoblar yetakchilik qilmoqda. Biz bundan ancha yillar (30 yillar) oldin kuchli adabiyot va ilg‘or fikrli o‘quvchilarga ega mamlakat edik. Hozir biz faqat tomoshabinlari va tinglovchilariga ega bo‘lgan mamlakatga aylandik. Adabiyot jamiyatimiz uchun oxirgi o‘ringa tushib bormoqda.

O‘ljas SULAYMONOV


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605