Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


02.07.2025 | 09:43

img1549

“VATAN” ICHRA SAFAR AYLA…

Nashrning har bir nomeri nafaqat ziyolilar davrasi, balki keng o‘quvchilar ommasi tomonidan ham katta qiziqish bilan qarshi olinmoqda. Sondan songa mavzular geografiyasi kengayib, materiallar salmog‘i ortib borayotgani ham bor gap. Bugungi zukko o‘quvchining savollariga javob bo‘la oladigan chuqur tahlil, aniq faktlarga asoslangan original maqolalar, suhbatlar va tarjimalar, o‘ziga xos dizayn hamda sifatli fotosuratlar – barchasi yaxlit kompozitsiyani hosil qiladi.

Jurnalni shunchaki varaqlab bo‘lmaydi. Yaxshi jurnalni o‘qish bu – mehnat. Yangi sondan o‘rin olgan “Mustaqillik odami” maqolasi ana shunday aqliy mehnat talab qiladigan ko‘lami keng materiallardan biri. Unda taniqli jurnalist Karim Bahriyev jiddiy savollarni o‘rtaga tashlaydi. Ularga donishmandlik bilan javob beradi, javoblarni mantiqan asoslaydi.

“O‘zbekchilik: milliy iftixormi yoki taraqqiyotga to‘siq?”, “Arab xalifasi nega turklarning do‘ppisini kiygan?” sarlavhali materiallar tarix va bugun o‘rtasiga ko‘prik solib, mulohaza yuritishga undaydi. “Unutilgan afsonalar” tadqiqoti esa mifologik qahramonlarning zamonaviy qiyofalari haqida hikoya qiladi.

XX asrdayoq sun’iy intellekt ustida ishlagan o‘zbek olimi, algoritm ilmi darg‘asi Vosil Qobilov haqidagi material “O‘zbekiston akademiklari” ruknidan joy olgan.

Dunyoning eng mashhur universitetlari olimlarining Markaziy Osiyo tarixini o‘rganish maqsadida olib borgan izlanishlari, erishilgan natijalar, istiqboldagi vazifalar va sohaga doir muammolar haqidagi dolzarb fikrlari ham jurnalxonlarga bir olam zavq ulashishi shubhasiz.

2-sonda shu va boshqa mavzudagi 20 dan ortiq ilmiy, badiiy, tarixiy maqolalar, tarjimalar, badialar, taqrizlar bilan tanishishingiz mumkin. “Vatan” ichra safaringiz mazmunli o‘tishiga tilakdoshmiz!

Gulruhbegim ODASHBOYEVA

“Jadid” gazetasining 2025-yil 27-iyundagi 26-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img114

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333