Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 16:01

img267

“QADAMING QUTLUG‘ BO‘LSIN, “VATAN”!”

Keyingi yillarda mamlakatimiz madaniy hayotida ko‘plab e’tiborga molik voqealar ro‘y beryapti. Yaqinda yurtimizda “Vatan” deb nomlangan yangi jurnalning nishona soni nashrdan chiqarilgani ham shundan dalolat beradi. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining sa’y-harakati bilan dunyoga kelgan mazkur nashrdan milliy o‘zlik, ona yurtga muhabbat tarannum etilgan maqolalar, hikoya va she’rlar o‘rin olgan. Uning ilk sahifasi qardosh ozar shoiri Akif Bag‘irning “O‘zbek kelayotir…” nomli she’ri bilan ochiladi. Shuningdek, jurnal sahifalarida atoqli ma’rifatparvar adib Abdurauf Fitratning “Yurt qayg‘usi”, O‘zbekiston xalq shoirlari Abdulla Oripovning “Imtihon”, Muhammad Yusufning “Ulug‘imsan, Vatanim!” she’rlari, Erkin Vohidovning “O‘zbegim” qasidasi, taniqli adib Xayriddin Sultonovning “Onamning yurti” hikoyasi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning “Yurt qo‘shig‘i” badia­sini o‘qiganimizda vatanparvarlik, elparvarlik, millatparvarlik­ning go‘zal ruhiy surati ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Yangi nashr sahifalarida qo‘shni va qardosh xalqlar vakillarining dil so‘zlari, ziyolilarimizning mulohazali maqolalari, olimlarning tadqiqotlariga ham keng o‘rin berilgan. Xususan, qozog‘istonlik ijodkor Dolimjon Sayfullayevning “Hamjihatligimiz boqiy bo‘lsin!”, toji­kis­ton­lik Ilhom Yusupovning “Bizning ham jurnali­miz bo‘ladi”, Qirg‘iziston va O‘zbekiston yozuvchilar uyushmalari a’zosi Begijon Ahmedovning “Biz Tur­kis­ton tog‘lari va keng cho‘llarida birga yashaymiz” nomli maqolalari o‘qishliligi bilan ajralib turadi.  Folklorshunos olim Jabbor Eshonqulning “Undan ayro baxt bo‘lmas” nomli maqolasida Vatan sarhadlari ko‘ngilda boshlanib, ko‘ngilda tugashi, shu bois ham ajdodlarimiz azaldan ko‘ngil tar­biya­siga alohida e’tibor qaratgani, Alpo­mish – muqaddas yurt haqidagi dos­ton ekanligi alohida ta’kidlanadi. Professor Qozoqboy Yo‘ldoshev esa “Buzilmas qo‘rg‘on” maqolasida o‘zbek tilining ifo­da imkoniyatlari kengligini e’tirof etib, milliy til ravnaqiga nisbatan ommaviy beparvolik, tasarrufdagi saviyasizlik va pala-partishlik kabi og‘riqli nuqtalarga o‘quvchi e’tiborini qaratadi. Eldor Asanovning “Shayboniyxon shaxsiyati nega e’tiborsiz qolmoqda?”, Feruza Jumaniyozovaning “Ilohiy o‘yin. Ko‘pkarining tarixini bilamizmi?”, Olimjon Davlatovning “Adl ila olam yuzin obod qil…” maqolalari ham o‘quvchini fikrlashga, mushohada yuritishga undaydi. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Fede­ratsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov: “Jurnalni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad jonajon yurtimiz – Yangi O‘zbe­kis­ton imi­jini keng jamoatchilik va akademik doiralarda oshirishga hissa qo‘shish hamda o‘quvchilarni bugun dunyo ilm-­fanida, siyosiy va ijtimoiy hayotda kechayot­gan tendensiyalar bilan yaqindan ta­nish­tirishdir”, deya ta’kidlagan. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu jurnalni o‘qib, Vatan nima, bizning ota-bobolarimiz kim edi, qanday xalq edik, millatimiz qay kunlarni boshidan kechirdi, kelajagimizning yorqinligi nimalarga bog‘­liq, degan savollarga javob topa­miz. “Vatan” so‘zini hamma ham ayta olar, ammo bu so‘zni yurak-yurakdan his etish, uning yukini ko‘tarish og‘ir. Shu bois, og‘ir va sharafli mas’uliyatni zimmasiga olgan jurnal ijodkorlariga kuch va ijodiy yutuqlar tilab qolamiz.

M.IBROHIMOVA

“Jadid” gazetasi 2024-yil 15-mart 12-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img80

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img596

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img594