Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


03.07.2025 | 09:10

img2090

ZAMONAVIY MUNOZARA MAYDONI

2024-yilda e’lon qilingan adabiy tanqidga oid chiqishlar yuzasidan mulohazalar

Bugun Internet vositalari deyarli hamma sohada qo‘llanilyapti. Xususan, adabiy-tahliliy faoliyat turi bo‘lgan adabiyotshunoslik va adabiy tanqid uchun ham Internetning muqobil minbar vazifasini bajarayotgani tabiiy hol. Xo‘sh, o‘zbekistonliklar qaysi Internet tarmoqlaridan foydalanyapti? Yanayam aniqrog‘i, qaysi tarmoqlarda adabiy-tanqidiy bahslar kechyapti?

“Facebook” tarmog‘i foydalanuvchilar uchun nafaqat maqola e’lon qilish, ayni paytda u haqda boshqalar bilan faol muhokama yuritish imkonini beradi. Ushbu tarmoqda 2024-yili katta tajribaga ega adabiyotshunos olimlar Abdulla A’zam, Qozoqboy Yo‘ldosh, Nurboy Jabborov, Ulug‘bek Hamdam, Sanobar To‘laganova, Nodira Afoqova, Jabbor Eshonqul, sohada o‘rin topib borayotgan Shahnoza Nazarova, Sa’dullo Quronov, Akrom Malik, Xurshid Abdurashid, ijodkor-tanqidchilar Go‘zal Begim, Shukur Jabbor va boshqalarning tahliliy-tanqidiy maqolalari e’lon qilingan. Bundan tashqari, rasmiy ilmiy darajaga ega bo‘lmagan, adabiyotga ixlosi o‘laroq adabiy-tahliliy qarashlarini turli shakllarda bayon etib kelayotgan hamyurtlarimiz – ularning aksari yoshlar – ham bor.

Professor Qozoqboy Yo‘ldoshning “Eskirmas tuyg‘ularning yangicha tasviri” sarlavhali maqolasida adib Orziqul Ergashning “Oqar daryo” nomli yangi kitobi haqida so‘z yuritilar ekan, muallif, garchi ko‘p qo‘l urilgan mavzuda qalam tebratsa-da, “ko‘pchilikka o‘xshaydigan odamlarning boshqa bitiklardagiga o‘xshamaydigan qismatini o‘ziga xos yo‘sinda tasvirlangani”ga e’tibor qaratadi. Olim Orziqul Ergash asarlarida obrazlar xarakteri betakrorligini (“har bir obraz faqat o‘zigagina xos bo‘lgan minazga ega shaxsiyatlar sifatida aks ettirilgan”), adabiy qahramon xatti-harakatlarini mantiqiy jihatdan asoslashda ko‘nikilgan qoliplardan yurilmaganini (“Adabiyotimizda ko‘proq adabiy qahramonlarning har bir xatti-harakati sabab-oqibat asosiga qurilgan, har bir personajning tutumi qandaydir yo‘sinda mantiqiy izohlanishi lozim bo‘lgan badiiy tasvir usuli qaror topgan. Holbuki, har bir odam o‘z hayoti davomida nega shunday qilganini tushuntirib berolmaydigan bir dunyo xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yadi”), shuningdek, xususiy maishiy holatlar orqali umumiy milliy ma’naviy qiyofa ishonarli tasvirlanganini dalillaydi.

Hisobot davrida filologiya fanlari doktori Nurboy Jabborovning O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim ijodi haqidagi “Shoirlari yolg‘on aytsa o‘ladi el…”, Nodira Afoqova ijodi to‘g‘risidagi “Kimni so‘nggi yo‘lga kuzatding, dunyo?..” singari maqolalari e’lon qilindi. Olim “She’riyatning, adabiyotning mezoni – haqiqat” tamoyili asosida “Haq va haqiqatga zid asar qanchalik mahorat bilan yozilgan bo‘lmasin, hech qanday qimmatga ega bo‘la olmaydi” degan g‘oyani ilgari suradi. Bunda asosiy o‘rnak ulug‘ shoirdan olinadi: “Buyuk Alisher Navoiy bobomizning ijod konsepsiyasi asosida ham ana shu mezon turadi”. Muallifga ko‘ra, Usmon Azim she’riyatida ham haqiqatga sadoqat ustuvor g‘oyadir.

Ham olim, ham ijodkor Ulug‘bek Hamdam ijtimoiy tarmoqlarda faol. Hisobot yilida e’lon qilingan Ismoil Gʻaspralining “Sultonlar suhbati” asari haqidagi “Bir asar tahlili”, Anorning “Sirli mehmonxona” nomli qissasi misolidagi “O‘tish davri – ozarbayjon adabiyoti ko‘zgusida”, Tillaniso Nuryog‘di ijodiga bag‘ishlangan “Gul” va “tosh” bilan kutib olingan ijodkor”, Abdulla Chimirzayev hikoyalari tahlilidan iborat “Aytari bor yozuvchining kelajagi bor”, adabiyotshunos Qozoqboy Yo‘ldosh haqidagi “Sinchi – o‘quvchi va badiiy asar o‘rtasida bir ko‘prik” singari maqolalari ham bunga misol.

Shu bilan birga, Internet tarmoqlarida badiiy asar tahlilini o‘zgacharoq yo‘sinda ifodalayotgan olimlarimiz ham bor. Masalan, akademik Abdulla A’zam o‘z bitiklarida adabiy an’analar, xususan, aruz vazni badiiyatidan yoshlarni ko‘proq xabardor qilishga e’tibor qaratmoqda. Uning Feysbuk tarmog‘idagi bitiklari qisqa va aytish mumkinki, direktiva xususiyatiga ega. Deylik, Usmon Azim ijodi haqidagi maqolasida fikrlarini bir necha bandda, raqamlagan holda keltirib, shoirning o‘ziga xos jihatlari nimalardan iboratligiga e’tibor qaratadi. Uning fikricha, 2-band: “Usmon Azim she’riyati chindan ham mahobatli, afsuski, u yetarlicha o‘rganilyapti, targ‘ib qilinyapti, deyish qiyin”. Yoki 4-band: “Usmon Azim o‘z ijodida she’riyatning barcha unsurlariga bekami ko‘st amal qiladi”. Aytish kerakki, ustoz adabiyotshunosning bunday urg‘uli fikrlarini sxolastik tezislar deb bo‘lmaydi, chunki u doimiy ravishda she’riyat qonun-qoidalariga rioya etish madaniyatini amaliy misollar bilan targ‘ib qiladi. Bu esa o‘quvchilar, ayniqsa, yoshlarning diqqatini Usmon Azim mahoratiga qaratishi shubhasiz.

Feysbukdagi adabiy munozaralar haqida so‘z ketganda yana shuni ta’kidlash kerakki, badiiy asarlar haqida kitobxonlarning munosabati, an’anaviy shaklda, faqat og‘zaki gurunglarda qolib ketardi, juda kam qismigina bosma nashrlarda kitobxonlar fikri sifatida e’lon qilinardi. Internet bu borada ham o‘zgarish yasadi. Ya’ni, Internet tarmoqlarining yana bir o‘ziga xosligi – barcha foydalanuvchilar o‘zlarining shaxsiy munosabatlarini bildira olishidadir.

Otabek SAFAROV,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Maqolaning to‘liq matnini “Yoshlik” jurnalining navbatdagi sonida o‘qiysiz.

“Jadid” gazetasining 2025-yil 27-iyundagi 26-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img114

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333