10.07.2025 | 12:11
1426
VORONKANING O‘ZBEKCHASI NIMA?
Men tilimizga rus tilidan kirgan voronka so‘zining o‘zbekchasini topishga qiynalardim. Voronka so‘zi hatto “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga ham kirgan: “ichi teshik narsa, naycha” deb izohlangan.

“Ichi teshik narsa” degani aniq bir buyumni ifodalovchi so‘z emas, ya’ni ot emas. Naycha esa, voronkaning mohiyatini ifodalab berolmaydi. Chunki naycha boshqa narsa. Shuning uchunmi, salkam yuz yillik til tarixida bu idish katta shaharlarimizdan chekka-chekka qishloqlarimizgacha voronka deb atalib keldi. Bomba yoki zambarakning o‘qi portlagan joyda hosil bo‘lgan chuqurlikni ham voronka deyishgan.
Holbuki, voronka so‘zining muqobili qadimgi tilimizda bo‘lgan. Qayum Karimovning “Qadimgi turkiy til lug‘ati” kitobida aңut (angut) so‘ziga shunday izoh beriladi:
Aңut – may va suyuqliklarni quyishda qo‘llanadigan asbob, idish, voronka, leyka.
Mahmud Koshg‘ariy “Devoni”ning 1-tomida “Jurt kichik bolsa aңut bӭdÿk ur – Idish og‘zi kichik bo‘lsa, katta voronka qo‘y” degan maqolni keltiradi va bu maqol kichik ishni katta qilib ko‘rsatadigan kishiga nisbatan qo‘llanadi, deb izohlangan.
Eshqobil SHUKUR
“Jadid” gazetasining 2025-yil 4-iyuldagi 27-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
58
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
129
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
321



