11.07.2025 | 10:45
918
KIMNING USTIDAN KULYAPSIZ?
Turli hajviy guruhlarning konsertlarida, ijtimoiy tarmoqlardagi vaynlarda milliy tariximiz, adabiyotimiz va madaniyatimiz masxaralanishi odat tusiga kirib bormoqda.
Shu paytgacha ham katta-kichik qiziqchilarning chiqishlarida “beldan pastga” e’tibor qaratilgan hazil-huzullar uchrab turardi. Ammo endi bu hazillar to‘g‘ridan to‘g‘ri milliylik fonida ko‘rsatilmoqda.

Ayrim vaynlarda ishtirokchilar o‘zbekona libosda, milliylik aks etgan dekoratsiya fonida turli bachkana gap-so‘zlarni aytib, sog‘lom odamga xos bo‘lmagan harakatlarni amalga oshiradi. Hatto, tarixiy qadamjolarga borib sharmanda kontentlar oladigan yoshlar paydo bo‘ldi.
Yoki yana bir misol: g‘azallar odatda hijolarga qarab o‘qiladi, barmoq vaznidagi she’rlarning ham o‘z o‘qish qoidasi bor. Ba’zi videolarda ana shu holat kulgi ostiga olinadi (masalan, Ogahiyning mashhur “Ustina” g‘azali). O‘qiyotganlar esa yana atlasdagi qizlar, do‘ppili yigitlar.
Yana bu “bilag‘onlar” mumtoz g‘azallar mazmunini tushunmay, atay buzib talqin qiladi, mashhur asar qahramonlarini yengiltak parodiyalari bilan istagancha tahqirlaydi (masalan, “O‘tkan kunlar”, “Ikki eshik orasi” romani payrov qilinishi).
Oqibatda, kuzatuvchilar orasida milliy libos kiyadigan, kitob o‘qiydigan, she’r yodlaydigan yoshlarga nisbatan mensimaslik, masxara qilish holatlari kuzatilyapti. Bunday munosabatga chidamagan o‘smirlar “bor-e” deb kiyimni ham, kitobni ham tashlab ketishi mumkin.
Xulosa qilib aytganda, bu holat shunday davom etsa, yoshlar o‘rtasida milliy timsollar, tarix va qadriyatlarga nisbatan hurmat yo‘qolib boradi. Milliy g‘urur yo‘qolgan joyga yot kuchlar bemalol o‘zining axloqiy buzuqlik, jinoyat va g‘ayriinsoniy qarashlarini singdiradi. Oqibati esa bugungi jinoyatchilik, huquqbuzarliklar ko‘rsatkichida ko‘rinadi.
Shukur LATIF
Facebook
“Jadid” gazetasining 2025-yil 4-iyuldagi 27-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
113
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333


