Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 06:11

img382

SIZ NEGA KULYAPSIZ?

Ma’lumotlarga ko‘ra, kulgi aksariyat kasalliklarni davolashda muolaja vazifasini o‘tarkan. Chunonchi, “kulgiterapiya” de­gan istilohning qo‘llanishi bejiz emas. “Bemor kulayotgan lahzalarida yuz foiz sog‘lom odam holatida bo‘ladi”, degan ekan Ibn Sino. Bu hikmatning haqligiga men o‘z hayotimda guvoh bo‘ldim. Jar­rohlik amaliyoti o‘tkazganimdan ke­yingi og‘riqlarni kulgi tufayli unutib, uyqu­sizlikdan xalos bo‘lgan edim. Aynan o‘sha payt­larda har oqshom ma’lum muddat haj­viya ustalarining dasturlarini tomosha qilganman va bu uyqusizlikdan qutulishning amaliy chorasi bo‘ldi.

Kulgi tana va tafakkurni sog‘lomlashtiruvchi vosita sanaladi. Kulganda kishining ongi yorishadi, dard va iztiroblarning zahri chiqadi hamda fasohat bilan aytilgan yumor idrokni o‘tkirlaydi. Qadimda shohlar o‘z aybini, kamchiligini bilib olish uchun masxarabozlarga quloq tutgan ekan. Chunki hamma maqtab turgan bir paytda faqat masxarabozlargina askiya orqali ularga kamchiligini ko‘rsata olgan. Ular so‘z qo‘llashdagi chapdastligi bilan hukmdorlar yuziga ko‘zgu tutgan. Shuning uchun ham ko‘pincha masxarabozlar shohlarning erkatoyiga aylangan. Jaloliddin Rumiyning “Ma’naviy masnaviy” asarida ham shohning huzuriga haddi sig‘ib istagan paytida kirib boradigan Dalhaq ismli masxaraboz haqida hikoya qilinadi.

Yuqorida aytilganiday, kasal paytimda internetni titkilab, kulgili dasturlarni tomosha qilganimda ular atigi bir haftaga yetdi, xolos. Avaz Oxunning va qisman “Qahqaha”, “Qalpoq” guruhlarining dasturlaridan qoniqish hosil qilish mumkin. Umumjahon madaniyati va san’atiga Xo‘ja Nasriddin afandi kabi zukko, topqir, halollik va rostlikning yorqin timsoli bo‘lgan abadiy qahramonni tuh­fa etgan millatning kulgisi ham, yig‘isi ham samimiy, tabiiy bo‘lishi kerak. Yusufjon qiziq Shakarjonov, Hojiboy Tojiboyev, Muhiddin Darveshov kabi so‘z ustalarining, Abdulla Qodiriy (Julqunboy), G‘afur G‘ulom, Said Ahmad, Ne’mat Aminov, Ilhom Zoyir kabi adiblarning sermazmun hajviy asarlari xalq qalbidan chuqur joy olgani tayin.

Kulgi shunchaki ko‘ngilochar vosita emas, balki pand, tanqid va kezi kelganda tanbeh hamdir. Qolaversa, muammolarga xalq e’tiborini qaratishning, shu orqali odamlarni ma’naviy va madaniy kamolotga undashning favqulodda tezkor usuli. Jiddiy gapning ta’siri kamayganda yoki yo‘qolganda kulgi yordamga keladi. Jamiyat va inson hayotidagi kamchiliklar hajv orqali yuzaga olib chiqiladi. Tabiiyki, bundan ijobiy yechim kutiladi.

Qiziqchi, umr bo‘yi yeb-ichishidan qisinib, yig‘ganlarini bolasini o‘qitishga emas, hunarli qilishga emas, bir kunlik to‘yiga sarflayotgan, oq yuvib, oq tarab katta qilgan qizini birovning xizmatiga berib qo‘yib, xuddi aybi borday uning uyiga hali mebel, hali ko‘rpa-to‘shak, hali tog‘ora-tog‘ora ovqat tashiyotgan ota-onalarning yuziga Afandiga xos uslubda ko‘zgu tutadi. To‘g‘ri, hajvchi o‘zi ko‘targan muammoga amaliy yechim topib berolmas, ammo odamlar e’tiborini shu muammoga qaratadi, kishi bilmas dakki berib, tomoshabinni ham kulib, ham yig‘lashga majbur qiladi. Turk yigitining hayrati va e’tirozi esa vaziyatning nechog‘li jiddiyligini yaqqol ko‘rsatmoqda.

Afsuski, mazmunli kulgi bilan xalq va jamiyatni ma’naviy qusurlardan xalos etadigan zukko qiziqchilarimiz juda kam! Ehtimol, ayrim yaxshi qiziqchilarning borligidan bexabardirman, biroq bu ham hozirgi kulgi san’atiga qoniqarli yondoshishga izn bermaydi va berolmaydi. Jo‘yali kulgi izlab, yuqorida e’tirof etilganlardan tashqari, ayrim qiziqchilar ijrosida kuzatganlarimiz bachkana kulgilarga ham guvoh bo‘lyapmiz.

Erkak yoki ayolning xiyonatini, fahshni, buzuqlikni targ‘ib etuvchi, intim mavzu asosiy obyektiga aylangan “yalang‘och” latifalar, hatto dasturlar shu qadar ko‘p ekanki, odamni yolg‘izlikda ham o‘zidan hayo qilishga majbur etadi. Bunday bachkana kulgilar yengil-yelpi hayotni, fahshni, nashavandlik, ichkilikbozlik, tabaqalashtirish, mahal­liy­chilik kabi illatlarni yoshlar ongiga sing­diruvchi xavfli qurolga aylanmasligi kerak.

Shu o‘rinda qiziqchilarga shunday savol berish joiz ko‘rinadi: “Xo‘sh, siz shu latifalaringizni o‘z bolalaringizga, otangizga, onangizga aytib bera olasizmi?” Ayollarning fohishaligi, erkaklarning buzuqligini kalaka qilish, bu illatlardan yengil-yelpi kulgi yasab odamlarni kuldirish, bu mohiyatan axloqni, ma’naviyatni mensimaslik emasmi?! Shuning barobarida, behayo latifalarga qiyqirib kulayotgan, didi o‘tmaslashib qolgan tomoshabinga murojaat qilging keladi: “Xo‘sh, siz nimadan kulyapsiz? Shunchaki kulish uchun kulyapsizmi yoki bu kulgingiz ustingizdan kulishning bir usulimi?”

Qadriyatlarni tahqirlovchi bachkana latifalarga sog‘lom munosabatni o‘zida tarbiyalash kishidan ko‘p narsa talab qilmaydi. Buning uchun ko‘proq kitob o‘qish, madaniy saviyani, didni tarbiyalash lozim bo‘ladi. Shunda bema’ni kulgilar ustidan kula bilamiz. Zotan, ma’naviy dunyosi boy insonlarning jiddiy gapida ham, hajviyasida ham bir muhim jihat – aql va zakovat ustunlik qiladi.

Oydin YO‘LDOSHEVA

«Jadid» gazetasi 2024-yil 16-fevral 8-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img79

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img595

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img593