Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


24.07.2025 | 10:25

img825

MARJON IPGA TIZILSA GO‘ZAL

“Matbuot tarixi – uyg‘onish davri tarixining bir  bo‘lagidir”, deb yozgan edi atoqli jadid bobomiz Hoji Muin. Shu vaqtgacha “Bizning uzoq va boy tarixga ega jurnalistikamiz bor”, deya bot-bot takrorlab kelindi. Ammo bu meros asosan tor doiraga tanish bo‘lib, uning haqiqiy ko‘lamini ko‘rsatib beradigan, omma ko‘z oldida gavdalantiradigan loyihaga qo‘l urilmagandi.

Prezidentimizning “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sohada tub burilish yasadi. Aynan ushbu tarixiy hujjatda “O‘zbek jurnalistikasi antologiyasi” kitobini nashrga tayyorlash, buning uchun zarur mablag‘ ajratish masalasi belgilandi. Natijada, milliy jurnalistikamizning shonli tarixini ko‘rsatuvchi “oyina” yaratildi. Xo‘sh, bu oyina o‘zida nimalarni aks ettiradi?

Yaqinda nashrdan chiqqan ikki jildli “O‘zbek jurnalistikasi antologiyasi” quyidagi bo‘limlardan iborat: “Qadimgi davr jurnalistikasidan lavhalar”, “Milliy jurnalistika shakllanishi va takomilining asosi (o‘rta asrlar)”, “Jadid jurnalistikasi (XIX asr oxiri – XX asr boshlari)”, “Ikkinchi jahon urushi davri jurnalistikasi”, “Turg‘unlik davri jurnalistikasi: murakkab siyosiy jarayon va matbuotdagi evrilishlar”, “Qayta qurish va oshkoralik davri jurnalistikasi”, “Mustaqillik davri o‘zbek matbuoti”, “O‘zbekiston fotojurnalistikasidan lavhalar”, “Mustaqillik yillari televideniyesi va radiosi”, “O‘zbekiston internet jurnalistikasi”.

Majmua miloddan avvalgi V–IV asrdan to bugungi kungacha bo‘lgan ikki yarim ming yillik davr davomida yaratilgan jurnalistik materiallarni o‘z ichiga oladi.

185 nafar muallifning 200 dan ortiq ijod mahsulini to‘plash va nashrga tayyorlashda Halim Saidov, Akbar Nurmatov, Karim Bahriyev, Nazira Toshpo‘latova, Nurboy Jabborov hamda yana o‘n nafar fidoyi olim va jurnalist jonbozlik ko‘rsatgan. Ijodiy guruhga O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Xolmurod Salimov rahbarlik qilgan. Shuningdek, tahrir hay’atida Abdusaid Ko‘chimov, Ahmadjon Meliboyev, Xurshid Do‘stmuhammad kabi katta ustozlarning borligi antologiyaning nechog‘lik ahamiyat kasb etishidan darak beradi.

Har ikkala jild “O‘zbekiston” nashriyotida tayyorlanib, ming nusxadan, sifatli holda chop etilgan.

Ushbu xayrli va mas’uliyatli ish Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi shukuhi kezib yurgan kunlarda amalga oshirilgani ham bejiz emas. “O‘zbek milliy matbuotining boshlanish davri jadidlik harakati bilan chambarchas bog‘liqdir”, deb yozadi professor Halim Saidov “Jadid jurnalistikasi” bo‘limiga kirish qismida. Jadid matbuotini esa Munavvar qori va Ismoil Obidiyning “Taraqqiy” gazetasi, Behbudiyning “Oyina” jurnali va boshqa nashrlarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Jurnalistikamiz tarixini “Millatni kim isloh etar?” (Ibrat), “Ta’rix va jug‘rofiya” (Behbudiy), “Bizni jaholat – jahli murakkab” (Munavvar qori), “Kim nimani yaxshi ko‘radi?” (Avloniy), “Biz kim va nimalardan qo‘rqamiz?” (Qodiriy) kabi bebaho maqolalarsiz yozishning iloji bormikan?! Turli manbalarda sochilib yotgan ana shunday dolzarb materiallar bir muqova ostiga jamlangani bilan antologiya qadrli va qimmatlidir. Xalq deydiki, marjon go‘zal, ipga tizsa yanada go‘zal.

Hamkasb sifatida “Jadid”chilarni quvontirgan jihat ham bor: tahririyatimizning Adabiyot va san’at bo‘limi mudiri Gulchehra Umarovaning maqolasi ham antologiyadan joy olgan. Havas qildik… Ammo boshqalar “ro‘yxatlarda yo‘q edi nomim” deya xafa bo‘lishga, “ijodimiz o‘zbek jurnalistikasi tarixidan joy olishga nomunosib ekan-da”, degan o‘ylarga berilishga oshiqmasinlar. Chunki kitob so‘zboshisida ta’kidlanishicha, bu boradagi ishlar davom ettirilib, antologiyaning III va IV jildlarini ham nashrga tayyorlash va chop ettirish rejalashtirilgan. Demak, kamchiliklar o‘rni to‘ldirilib, I–II jildlarga kirmay qolgan fidoyi jurnalistlarning sara ijod namunalari, ularning hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlar o‘rin oladigan yangi kitoblar dunyoga keladi.

Otabek BAKIROV

“Jadid” gazetasining 2025-yil 18-iyuldagi 29-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img113

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333