Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


28.07.2025 | 09:10

img640

SUKUNATDA “SO‘ZLAYDIGAN” SAN’AT

San’atning turlari ko‘p. Insonning ular orasidan o‘ziga keraklisini topib olishi ham bir san’at. Mening haykaltaroshlik yo‘nalishida ijod qilishim bevosita rassomlik, rang-tasvir bilan bog‘liq. Har bir haykal muayyan bir tarix, dunyoqarash va ruhiyat haqida so‘zlovchi badiiy hujjatdir. Ko‘pchilik, ayniqsa sayyohlar haykallar poyida suratga tushishni, ularning mahobati oldida zavq va hayrat tuyishni xush ko‘radi. Bu tabiiy, chunki haykallar insonni o‘ziga ohanrabodek tortib turadigan madaniy qutb nuqtalariga aylangan. Biroq barcha ham ana shu haykal yaratilishi zamiridagi ijodiy mashaqqat, izlanish va hatto yillab davom etgan badiiy kurashlar haqida o‘ylab ko‘rmaydi. Gʻoyat murakkab, keng qamrovli soha bu.

Madaniy qutb nuqtalari

Haykal – sukut ichra so‘zlaydigan timsol, juda katta fikr, hissiyot va mehnat yashiringan obraz. Har qanday haykal uni yasagan san’atkorning dunyoqarashi, hayot haqidagi o‘ylari, hatto tajribalari bilan bog‘liq ma’lumotlarni ham o‘zida aks ettiradi. Garchi u bir odam yoki bir jamoa mehnati bilan yaratilsa-da, butun jamiyat nomidan “gapirishi” mumkin.

Tarixdan ma’lum, sezarlar, fir’avnlar, imperatorlarning haykallari nafaqat san’at asari, balki o‘ziga xos targ‘ibot vositasi vazifasini ham bajargan. Odamlar bunday haykallar vositasida davlatning kuchini, hukmdorning ulug‘vorligini, ayrim hollarda, hatto ilohiylikni ham his qilishgan.

Haykaltaroshlik shunchaki tosh yoki metalga ishlov berish bilan chegaralanmaydi. U insoniyat sivilizatsiyasining shakl orqali ifodalangan tarixidir. Haykaltaroshlik tarixining aniq boshlanish davri noma’lum, lekin aytishlaricha, u tosh davriga borib taqaladi. Eng qadimgi haykalsimon timsollar sifatida Berekhat Ram Venerasi va Tan-Tan Venerasi deb ataluvchi ikki tosh obyekt tilga olinadi. Ularda inson tomonidan shakl berishga urinish borligi kuzatiladi,  bu esa badiiy anglashuvning ilk bosqichlaridan dalolat beradi.

Haykallar orqali tarixiy shaxslarni eslatib turish, yosh avlodga ular haqida gapirish juda muhim. Menimcha, bugungi kunda yoshlarning ko‘pchiligi san’atga qiziqadi, lekin haykaltaroshlikni tanlashga kelganda biroz cho‘chiydi. Chunki bu sohada nafaqat bilim, balki o‘z ustida uzoq yillik izlanish, his qilish qobiliyatini rivojlantirish kerak bo‘ladi. Haykaltaroshlik o‘rganiladigan hunar emas, o‘zlashtiriladigan tafakkur turidir. Bu sohaga kirishish uchun faqatgina ko‘nikmaning o‘zi yetarli bo‘lmaydi, insonning dunyoqarashi, hissiy idroki va intilishi ham birdek muhim. Shakl yasashni o‘rgatish mumkin, lekin obraz yaratish qobiliyati tajriba, mulohaza va hayotni kuzatish orqali shakllanadi. Shu bois, haykaltaroshlik ijodkorning shaxs sifatida yetilishiga xizmat qiluvchi jarayon hamdir.

Obraz qanday yaraladi?

Haykaltaroshlikka jiddiy yondashish uchun tasviriy san’at va inson anatomiyasini yaxshi bilish shart. Ammo shuning o‘zi bilan cheklanib ham bo‘lmaydi. Chunki obraz nafaqat shakl, balki ma’no orqali ham “gapiradi”. Shuning uchun haykaltaroshning shakllanishida badiiy adabiyotning o‘rnini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Chunki adabiyot san’atkorga inson tafakkuri, uning tuyg‘usi va ichki ziddiyatlarini tushunishida yordam beradi, ko‘nglidagi kechinma va tuyg‘ularni shaklga aylantirishiga yo‘l ochadi. Axir, badiiy obraz ma’naviy mazmunga ham ega bo‘lishi kerak-da.

Bu sohada arxitektura ham muhim. Negaki, haykal joysiz, muhitsiz mavjud bo‘lolmaydi. San’atkor, avvalo, shakl va atrof-muhit o‘rtasidagi muvozanatni anglashi kerak bo‘ladi. Ba’zida haykalning o‘zidan ham ko‘ra, uni qanday joyga, qaysi burchakka qo‘yish muhimroq vazifaga aylanadi. 

Qolaversa, har qanday haykal bevosita o‘tmish bilan aloqadorlikda yaratiladi. Shuning uchun tarixiy bilim zarur. Haykal yodgorlikka aylanishi uchun u shaxs, davr, g‘oya bilan bog‘liq bo‘lishi shart. Men ish boshlashdan avval kim haqida asar yaratyapman, u qaysi muhitda yashagan, jamiyatga qanday ta’sir ko‘rsatgan, degan bir qator muhim savollarga javob topish uchun ancha-muncha ma’lumotlarni o‘rganaman. Bu esa bo‘lajak obrazga qanday mazmun yuklashimni belgilab beradi.

Ko‘p hollarda san’at muxlislari “obraz qanday yaraladi?” deb qiziqishadi. Javobim oddiy: kuzatuvdan. Deylik, teatr va kinodan ko‘p narsa olaman. Bu ikki soha, ayniqsa teatrni nazariy va amaliy kuzatish maydoni sifatida qabul qilaman. Harakatlardan va hatto, sukutdan ham nimadir o‘rganaman. Chunki haykal o‘z-o‘zicha “tilga kirmaydi”, sukutda so‘zlaydi. O‘sha jimlikka ma’no-mazmun bag‘ishlash eng qiyin vazifa sanaladi. 

Muhit bilan uyg‘unlik

Haykaltaroshlik uzoq asrlik an’ana va tajribalarga ega bo‘lgan murakkab san’at turidir. Turli mamlakatlarda turli haykaltaroshlik maktablari shakllangan. Har birida shakl, kompozitsiya, material bilan ishlash uslubi va g‘oyaviy qarashlar o‘zgacha.

Shaxsan men o‘z ijodimda o‘zbek haykaltaroshlik maktabiga tayanaman. Xususan, taniqli haykaltarosh, rahmatli Ravshan Mirtojiyev asarlari orqali o‘zimga yo‘l topganman, nimani qanday ko‘rish va qanday his etish kerakligini u kishining asarlaridan anglaganman. To‘g‘ri, bu san’atkor bilan shaxsan uchrashish menga nasib etmadi, biroq aynan u kishining shogirdi Jasvand Annazarov o‘n yildan buyon menga ustozlik qilib kelmoqda. 

Ayni paytda ijod jarayoniga yanada to‘liqroq, tizimli yondashishni o‘rganyapman. Masalan, ustozim ta’kidlaganidek, haykaltaroshlik ishlarini shartli ravishda uch yo‘nalishga bo‘lish mumkin. Birinchisi – davlat buyurtmalari. Bu yerda tarixiy aniqlik, jamoatchilik uchun birday tushunarli bo‘lgan obrazga alohida urg‘u qaratiladi. Ikkinchisi – shaxsiy ijod. Bunda erkinlik ko‘proq, yangi yechimlar, ekspressiv yondashuvlar uchun imkoniyat keng. Uchinchisi – ommaviy kompozitsiyalar. Bu turdagi haykallar odatda, bog‘lar, maydonlar, istirohat maskanlari kabi jamoat joylarida o‘rnatiladi. Shuning uchun ham ular ko‘rimli bo‘lishi, atrof-muhit bilan uyg‘unlashib, odamlarga kuchli ta’sir o‘tkazishi, shu bilan birga g‘oyaviy yuklamasi ko‘p bo‘lmasligi, oson qabul qilinishi kerak.

Mahobatli haykallarning o‘zi alohida mavzu. Bunday haykalga hech qachon atrof-muhitdan ayro qaralmaydi. U qayerda joylashishi, maydonning o‘lchami, atrofidagi binolar, hatto odamlar qaysi tomondan kelib, qanday burchakdan ko‘rishi mumkinligigacha hisobga olinadi. Bordi-yu, maydon tor bo‘lsa, haykal “siqilib” qoladi. Aksincha, maydon katta, haykal kichik bo‘lsa, u ko‘rinmay qolishi mumkin. Xullas, yodgorlik bilan muhit bir-biriga xalaqit qilmasligi, aksincha, bir-birini to‘ldirishi zarur. 

“San’atimizni dunyoga kengroq tanitaylik”

Oxirgi ikki yilda haykaltaroshlik sohasida ham texnologiyalar ta’siri yaqqol sezilyapti. Ilgarilari haykalning dastlabki eskizlarini tayyorlash, g‘oyani shaklga tushirish uchun soatlab, kunlab, ba’zan haftalab vaqt sarflardik. Hozir esa raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va 3D modellashtirish dasturlari bu jarayonni ancha tezlashtirgan. Ilgari qo‘lda chiziladigan detallar, maketlar endi kompyuterda qisqa muddatda tayyorlanyapti.

Buning vaqt tejashdan tashqari bir qator afzalliklari bor: eskiz tayyorlash jarayonida variantlar ko‘payadi; vizual tahlil osonlashadi; material qanday ko‘rinishda chiqishi, nur qaysi tomondan tushishi – barchasini oldindan ko‘rish mumkin. Masalan, “ZBrush”, “Blender”, “Maya” kabi dasturlar orqali bir g‘oyani turli uslublarda reallashtirib, ularni taqqoslash imkoni bor. Bu, albatta, ijodiy jarayonni yanada samarali qiladi.

Eslayman, talabalik paytlarimda ma’lumot to‘plash uchun kutubxonalarda kunlab o‘tirardik, ba’zi kerakli kitoblarni oylab kutgan paytlarimiz bo‘lgan. Hozirgi kunda tengdoshlarim, yosh haykaltaroshlar internetda kerakli ma’lumotlarni zumda topish, suratlar, hujjatlar va hatto tarixiy shaxslarning 3D rekonstruksiyalarini ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega. Bu juda katta qulaylik. 

Biroq texnologiya bir vosita, xolos. Har qanday zamonaviy dastur ham g‘oya bo‘lsagina ishlaydi. Sizda fikr bo‘lmasa, texnikaning o‘zi ijod qilmaydi. Kompyuter shaklni yasab beradi, ammo shakl ortidagi ma’noni qalban his qilish hamisha insonning o‘zida qoladi.

Haykal – so‘zsiz muloqot vositasi, unda tuyg‘u, xotira, falsafa mujassam. Men milliy haykaltaroshlik san’atimizni dunyoga kengroq tanitishni o‘zim uchun eng muhim masalalardan biri deb hisoblayman. Biz mazmundor, ma’naviy yuksak san’at asarlari orqali O‘zbekistonning madaniy salohiyatini jahonga kengroq tanitish yo‘lida tinimsiz izlanishimiz kerak.

Vasila HABIBULLAYEVA yozib oldi.

“Jadid” gazetasining 2025-yil 18-iyuldagi 29-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596