Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


11.08.2025 | 09:16

img613

DO‘STLIK VA HAMKORLIK IFODASI

Yakuniga yetayotgan haftaning qaynoq voqealaridan biri, shubhasiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasida ishtirok etishi va u kishiga Turkmanistonning “Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ordeni topshirilishi bo‘ldi.

Bir davlat rahbarining boshqa davlat rahbarini taqdirlashi zamirida o‘zaro hurmat va do‘stlikni ifoda etish, hamkasbiga hurmatini izhor qilishdan ko‘ra ulug‘vor ma’nolar mujassam. Davlat boshqaruvi shakllariga qarab prezidentlar, parlament va hukumat rahbarlari, qirollar, imperatorlar, amirlar va din rahnamolari mamlakat ichkarisida va xalqaro maydonda o‘z xalqi nomidan ish ko‘radi. Demakki, davlat rahbariga ko‘rsatilgan izzat-ikrom bevosita o‘sha mamlakat va xalqqa tegishlidir. Bu esa ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishi, turli tarmoqlarda hamkorlik qilish, turli siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy masalalarga birgalikda yechim topish imkonini oshiradi.

Mazkur an’ana kecha yoki bugun paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Oliy rahbarlarning bir-birini taqdirlashi davlatchilikning ilk kurtaklari yuz ochgan zamonlardan meros bo‘lib kelmoqda. Avvallari bu taqdirlash yer-suv, ekin-tikin va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lgan. Keyinchalik elchilar hukmdorlar saroyiga oltin-kumush, olmos-u yoqut, nodir kitoblar keltirib, do‘stlik tantanasini olqishlagan. Bora-bora davlat rahbarlari bir-biriga turli unvon va maqomlar bitilgan yorliqlar yubora boshlagan.

Zamonlar evrilishi hosilasida faxriy unvonlar, orden va medallar muomalaga kiritiladi. Ularning maxsus nizomlari va topshirish tartiblari ishlab chiqiladi. Bu vositalar taqdirlash jarayonini yanada jozibali shaklga keltiradi.

Gapni tarix sahifalaridan boshlaganimiz bejiz emas. So‘nggi yillarda O‘zbekistonning mintaqa va xalqaro maydondagi do‘stlik va o‘zaro manfaatga asoslangan siyosati dunyo yetakchilari tomonidan ijobiy qabul qilinmoqda va olqishlanmoqda. Bu Prezidentimizga qator davlat rahbarlari tomonidan topshirilayotgan mukofotlarda ham o‘z aksini topmoqda.

O‘tgan vaqt mobaynida Davlatimiz rahbari qo‘shni va dunyodagi yetakchi davlatlarning bir qator nufuzli mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Qozog‘istonning “Oltin qiran” va “Do‘stlik”, Qirg‘izistonning “Danaker”, Tojikistonning “Zarrintoj”, Rossiyaning Aleksandr Nevskiy, Fransiya Faxriy legioni, Turkiyaning “Respublika” ordenlari, Turkiy dunyoning oliy ordeni, MDH faxriy nishoni, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining faxriy nishoni va boshqalar shular jumlasidan.

Bu taqdirlashlar O‘zbekistonning dunyo maydonida nufuzi ortib borayotgani, davlat rahbari tinchliksevar va taraqqiyparvar lider sifatida namoyon bo‘layotgani isbotidir. Shu bilan bir qatorda bu xorij siyosiy elitasining mamlakatimizga qiziqishi ortayotgani, xalqimiz salohiyatiga yuksak baho berayotganining amaliy ifodasidir.

Joriy yilning 5-avgust kuni bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimi ham O‘zbekiston-Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash sari qo‘yilgan navbatdagi muhim qadamdir. Bu marosimning xalqaro konferensiya doirasida o‘tkazilgani ham o‘rinli bo‘ldi. Zero, Shavkat Mirziyoyevning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasida ilgari surgan quyidagi oltita muhim tashabbusi tom ma’noda “Hamkorlikni rivojlantirishga” qaratilgani bilan ahamiyatlidir:

birinchidan, xalqaro transport yo‘laklari va infratuzilmasini jadal rivojlantirish uchun muvofiqlashtirish;

ikkinchidan, BMT shafeligida dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan mamlakatlar uchun Tranzit kafolatlari to‘g‘risidagi global bitimni ishlab chiqish;

uchinchidan, BMT shafeligida Dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan mamlakatlarning logistika integratsiyasiga ko‘maklashish jamg‘armasini ta’sis etish;

to‘rtinchidan, dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan mamlakatlarning Zaiflik global indeksini ishlab chiqish;

beshinchidan, O‘zbekistonda agrotarmoqni rivojlantirish uchun Innovatsion xabni yaratish;

oltinchidan, umumiy tahdidlarni birgalikda bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqishga mamlakatlarimiz yetakchi ekspertlari va “aql markazlari”ni faol jalb etish, bu borada xalqaro anjuman va davra suhbatlari o‘tkazish.

Ma’lumot uchun, hozir dunyodagi 32 mamlakat to‘g‘ridan to‘g‘ri dengizga chiqish imkoniyatiga ega emas.

Davlatimiz rahbarining konferensiyadagi nutqi quyidagi fikrlar bilan yakunlandi: “Global bozorlarga chiqish barcha uchun teng bo‘lishi kerak. O‘zbekiston global taraqqiyotning yanada adolatli arxitekturasini shakllantirish borasida konstruktiv va uzoq muddatli sheriklikka doim ochiq va tayyor ekanini sizlarga yana bir bor bildirmoqchiman”.

Jadid bobolarimiz bundan yuz yil avval mintaqaning quruqlik ichkarisida qolib, qoloqlikka yuz tutayotgani, jahon savdosi dengiz va ummonlarda davom etayotganidan qayg‘urgan edi. Bugun ularni tashvishga solgan, keyingi davrlarda ham yechimini kutgan dengizga chiqish masalasi Davlatimiz rahbarining oqilona siyosati tufayli bosqichma-bosqich amalga oshmoqda. Shu ma’noda, Yurtboshimizni mukofot bilan muborakbod etamiz.

Otabek BAKIROV

“Jadid” gazetasining 2025-yil 8-avgustdagi 32-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img140

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img149

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img345