12.08.2025 | 16:42
846
BOSHQA METALLARNI OLTINGA AYLANTIRISH MUMKINMI?
O‘rta asrlar Yevropasida obro‘ va boylik orttirishga intilgan badavlat odamlar oddiy metallarni oltinga aylantirish uchun behuda urinishgan. Bugungi kunda xrizopeya deb ataladigan bu jarayon ko‘pincha alkimyogarlarning xomxayoli sifatida inkor etiladi. Biroq metallarni oltinga aylantirish mumkinligini ko‘rsatadigan ilmiy asoslar bormi?

Aslida, bunday asoslar mavjud, ammo dalillar shuni ko‘rsatadiki, bunday tajribadan deyarli foydali bo‘lmaydi.
Metallarni oltinga aylantirish g‘oyasi qadimgi Yunoniston va faylasuf Zosimos Panopolisga borib taqaladi. U oddiy metallarni oltinga aylantirish ruhning poklanishi va yuksalishini aks ettiradi deb hisoblagan va bu ishni chuqur ma’naviy ahamiyatga ega deb bilgan. O‘rta asrlar Yevropasida bu g‘oya qayta paydo bo‘lganda, u butunlay amaliy maqsadga yo‘naltirilgan edi – arzon metalni oltinga aylantirish boylik orttirish uchun ishonchli yo‘l hisoblangan.
Portugaliyaning Lissabon shahridagi NOVA universiteti arxeologi va merosshunos olimi Umberto Veronesi “Live Science” nashriga shunday dedi: “Tabiatshunoslar “yetilish” g‘oyasini ilgari surishgan. Oddiy metallar nopok bosqichlar sifatida qaralgan va vaqt o‘tib eng sof shaklga, ya’ni oltinga aylanishi kerak edi. Yagona muammo shunda ediki, bu jarayon Yerda sodir bo‘lishi uchun juda ko‘p vaqt talab etardi”.
Alkimyogarlar ishonishganki, agar ular faqatgina falsafiy toshni – afsonaviy moddani yarata olsalar, ular bu yetilish jarayonini tezlashtira olishlari mumkin edi. Metallar tarkibida simob, oltingugurt va tuz kabi asosiy moddalar aralashmasi mavjud deb hisoblanardi. Shu sababli, bu tarkibiy qismlarni qayta joylashtirib va har qanday aralashmalarni ajratib olib, barcha metallar oxir-oqibat oltinga aylanadi, deb taxmin qilishgan.
“Xrizopeya, umuman olganda, o‘sha davrdagi modda va o‘zgarish nazariyalariga mos kelardi”, deydi Veronesi. “Buni amalga oshirish mumkinligiga hech kim shubha qilmasdi”.
XVII-XVIII asrlarda zamonaviy fanning rivojlanishi asta-sekin bu g‘oyalarni obro‘sizlantirdi va alkimyo o‘rnini yangi kimyo va fizika fanlari egalladi. Biroq hayratlanarli tomoni shundaki, yadro olimlari deyarli bir asr davomida bu afsonaviy o‘zgarishning sirlarini bilishgan.
Bugungi kunda bilamizki, element uning yadrosidagi protonlar soni bilan aniqlanadi. Ko‘p qidirilgan oltin atomlarida 79 ta, qo‘rg‘oshinda esa 82 ta proton mavjud.
“Yadro kuchli o‘zaro ta’sir kuchi bilan ushlab turiladi va proton yoki neytronni ajratib olish juda qiyin”, deydi Shveysariyadagi CERN tashkilotida joylashgan Katta adron kollayderida ishlovchi fizik Aleksandr Kalveyt.

Biroq atomning bu asosiy tarkibiy qismlarini qayta tartibga solish nazariy jihatdan bir elementni boshqasiga aylantirish mumkinligini anglatadi. “Agar yetarli energiyangiz bo‘lsa, bunday jarayonlarni amalga oshirish haqiqatan ham mumkin”, dedi Kalveyt. “Qo‘rg‘oshin yadrosidan uchta protonni olib tashlasangiz, oltin yadrosi hosil bo‘ladi”.
Boshqa metallni oltinga aylantirish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli tajriba 1941-yilda qayd etilgan. O‘shanda Garvard olimlari zarracha tezlatgichidan foydalanib, litiy va deyteriy yadrolarini simob atomlariga yo‘naltirgan. Simob yadrosi oltinnikiga qaraganda bir proton ko‘proq edi. Yuqori energiyali zarralar simob yadrolaridan proton va neytronlarni urib chiqarib, oltinning uchta qisqa umrli radioaktiv izotopini hosil qildi. Yuqori energiyali yadrolar beqaror bo‘lgani sababli, bu izotoplar tez orada parchalanib ketdi.
Qirq yil o‘tgach, bu g‘ayrioddiy yutuqni Kaliforniyadagi Lourens Berkli milliy laboratoriyasida kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Glenn Siborg ham takrorladi. Uning jamoasi relyativistik (yorug‘lik tezligidagi) to‘qnashuvlarda vismut yadrolarining parchalanishini o‘rganayotgan edi. Ular zarracha tezlatgichida namunani uglerod va neon yadrolari bilan parchalash orqali elementning bir necha ming atomini oltinga aylantirdi.
Bugungi kunda dunyo bo‘ylab zarrachalar tezlatgichlaridagi tadqiqot guruhlari o‘z tajribalaridan qo‘shimcha mahsulot sifatida oltin hosil bo‘lishini qayd etishni davom ettirmoqda. Katta adron kollayderida Kalveyt jamoasi qo‘rg‘oshin ionlarining yorug‘lik tezligiga yaqin tezlikda to‘qnashuvini tadqiq qilmoqda.
“Yuzma-yuz to‘qnashuvlarda biz aslida protonlar va neytronlar ichidagi kvarklarni ozod qilamiz va ular qisqa vaqt davomida Katta portlashdan bir necha mikrosekund keyin mavjud bo‘lgan materiya holatini hosil qiladi”, deya tushuntirdi u. “Bu kvark-glyuon plazma deb ataladi”.
Bunday to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuvlar shunchalik kuchliki, proton va neytronlar butunlay yo‘q bo‘lib ketadi. Ammo past energiyali, deyarli to‘qnashmaydigan zarralar juda yaqin, lekin bir-biriga tegmaydigan holatlarda – protonlarni qo‘rg‘oshin yadrolaridan urib chiqaradigan kuchli elektromagnit maydon hosil bo‘ladi. Natijada: jamoa uch yillik tajriba davomida taxminan 29 trilliondan bir gramm oltin topdi.
Biroq alkimyogarlarning orzusiga erishilgan bo‘lsa-da, yadro fiziklari zarrachalar tezlatgichida oltin sintez qilib, foyda ko‘rishlari ehtimoldan yiroq. Katta adron kollayderi kabi inshootni qurish va ishlatish xarajatlari ishlab chiqarilgan oltin qiymatidan astronomik darajada yuqori; taxminlarga ko‘ra, 1980-yillardagi Siborg tajribalari ular ishlab chiqargan oltin narxidan taxminan trillion baravar qimmatga tushgan. Bundan tashqari, o‘zaro ta’sirlar juda kam uchragani sababli, tadqiqotchilar hatto o‘zgargan atomlarni aniqlash uchun milliardlab ma’lumotlarni tahlil qilishlari kerak bo‘ladi.
“1940-yillardan beri oltin ishlab chiqargan ko‘plab tajribalar o‘tkazilgan”, dedi Kalveyt. “Lekin ularning barchasiga xos bo‘lgan jihat shuki, hech biri daromadga yaqinlashmagan ham”.
Viktoriya ATKINSON
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
136
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
147
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
341



