15.08.2025 | 15:17
910
QO‘SH TASHLAGAN CHO‘PONMI YO MEHMON?
Agar fahmi kaltaroq mehmon mezbonnikida besh-olti kun qolib ketsa, unga nisbatan xalq “bu mehmon falonchining uyiga besh kundan beri qo‘sh tashlagan” degan gapni qo‘llaydi.
Xo‘sh, qo‘sh tashladi iborasi nimani anglatadi-yu, qo‘sh so‘zi qanday ma’noga ega?

Biz qo‘sh so‘zini ikki xil ma’noda, “juft, qo‘sha” va “qo‘shish” ma’nolarida tushunamiz. Masalan: Er-u xotin qo‘sh ho‘kiz yoki Qo‘shgani bilan qo‘sha qarisin.
Lekin bu yerda qo‘sh so‘zi boshqa mazmunda keladi. “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” kitobining 2-tomida qo‘sh so‘ziga shunday izoh berilgan: “Safar yoki jang paytida vaqtinchalik qo‘nib dam olinadigan joy”. Demak, bir joyda qo‘shinning qo‘sh tashlashi qo‘sh so‘zi bilan ifodalangan.
Shuningdek, cho‘ponlar yashaydigan uch oyoqli kapa yoki cho‘ponlar chaylasi ham qo‘sh so‘zida ma’nolangan. Bunga cho‘ponlarning doim yaylovdan yaylovga, qishlovdan yozlovga ko‘chib yurishi sabab bo‘lgan. Qayda o‘t mo‘l bo‘lsa, cho‘ponlar o‘sha yerga qo‘sh tashlab, suruvlarini to‘ydirib olgach, yana boshqa adirlarga ko‘chib ketaverishgan.
Eshqobil SHUKUR
“Jadid” gazetasining 2025-yil 8-avgustdagi 32-sonida
KEÇA VA BUGUN
YAQIN ÖTMIŞDAN “ERTAK”LAR Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, ayniqsa, inson qadrini e’zozlaşga qaratilgan ezgu va oliyjanob işlar hammaning tilida, dilida. Kuni keça ham şunday böldi – bir davrada bugungi özgariş va yangilanişlar xususida söz ketdi. Har kuni bir yangilik, har kuni bir yengillik bölayotgani suhbat mavzusiga aylandi. Gurungda yoş döstlarimiz ham bor edi. Biz börttirmay, […]
17.11.2026 | 16:01
106
TADQIQOT-ROMAN
“Yaldo keçasi” asarini tadqiqot-roman sifatida baholaş mumkin. Çunki bu asar juda katta badiiy xomaşyoni qamrab olgan. Romanga asos bölgan material şu qadar keng qamrovliki, uni qamrab oliş va bemalol yayrab badiiy asar yozişni tasavvur qiliş qiyin. Ana şu çek-çegarasiz materialni ipidan ignasigaça diqqat-e’tibor bilan örganib çiqiş, saralaş, muhimlarini nomuhimlaridan ajratiş, har birini badiiy asar matniga […]
17.11.2026 | 12:37
101
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
325



