Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.04.2024 | 09:58

img302

SAHRODAGI BOG‘BON

“Men osmondan pul tushishini kutmayman. Boylik ham, boylikning ortidan keladigan shon ham mehnat va mashaqqat bilan bo‘lgani yaxshi. Bekorga mehnatning noni shirin, deyilmaydi. Chunki zahmat chekib erishilgan muvaffaqiyatning qadri bo‘lak”, deydi surxondaryolik tadbirkor Islom Xudoyberdiyev. U bugun uyidan, oilasidan 1200 kilometr uzoqlikda, Orolbo‘yi mintaqasini obod qilish niyatida cho‘l kezib, nihol qadab yuribdi. Islom tadbirkorni u yerga borishga undagan narsa – xalqning dardi, elning tashvishi. “Yer bilan yaxshi tillashadigan” mirishkor dehqon ekanidan xabar topgan qoraqalpoqliklar uni Qo‘ng‘irotga chorladilar, birgalikda daraxt ekib, biyday dalalarimizda bog‘-rog‘lar barpo qilsak, dedilar. Darvoqe, Islom Xudoyberdiyev 1978-yilda Denov tumanidagi Yurchi qo‘rg‘onida tug‘ilgan. Onasi 48 yoshida saraton kasalligidan vafot etadi. Chirqiragan to‘qqiz bola bilan tul qolgan ota yolg‘izlik dardini jigarporalariga mehr ulashish bilan yengadi. Farzand­larining hammasini oliy o‘quv yurtlarida o‘qitadi. – Men otamdan matonatni o‘rgandim, – deya gap boshladi Islom tadbirkor. – Har bir ishda mehnat va bardosh kerak ekan. Chorva qil­dim – daromadini ko‘rguncha, yer chopdim – ho­silini yig‘guncha sabr qildim. Bir ishning boshini tutsam, astoydil yeng shimardim, aslo etak qoq­madim. Tog‘am yuz yil yashasang, yuz yillik sabring bo‘lsagina yuzaga chiqasan, derdilar. Rostdan ham shunday ekan. 2018-yilda respublikamizda tomorqa xo‘ja­ligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratila boshlangach, Islom Xudoyberdiyevga Denov tumanining “Namuna” mahallasidan ancha­dan buyon qarovsiz yotgan 2 gektar maydonni ajratib berishdi. Yerning ahvoli tang edi. U o‘ylab o‘tirmay, bankdan 2 milliard so‘m kredit oldi. Yoniga o‘z hisobidan 7 milliard so‘m qo‘shdi-yu, har xil noyob o‘simliklarning urug‘lari, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari sotib oldi. Turkiyadan keltirilgan kashtan urug‘i, lola daraxti, tatar klyoni, yapon sakura­sidan ekdi. Chidamlilik va o‘sish ko‘rsatkichi­ga qarab mahalliy daraxt nihollari­ni ham ko‘paytirdi. Shu tariqa “Chag‘oniyon Agro tomorqa xizmati” MCHJni tuzdi. Ish ko‘zini ish ochadi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay uning shijoatini ko‘rgan rahbarlar, “sizga Sheroboddan yana ming gektar yer beramiz, gullatasiz, dehqon”, deyishdi. U rad qildi, yerning uvolidan qo‘rqdi. Qo‘lidan keladiganini shartta aytib, Angor tumanining “Ilg‘or” mahallasidan 253 gektar yerni oldi-yu, 52 ming tup ­xitoy tuti, turk o‘rigi va olchasining ko‘chatini oborib ekdi. Serg‘ayrat tomorqachi 120 kilometrlik yo‘lni pisand qilmay, Denov-Angor oralig‘ida tinimsiz yeldi-yugurdi. Daraxtlarning orasiga qovun-tarvuz-u piyoz ekib, 370 ming dollarga Eron va Pokiston mamlakatlariga eksport qildi. Rossiya bilan 1 million dollarlik shartnoma imzoladi. Rus diyo­riga quritilgan meva jo‘natishni boshlab yubordi. Katta ishning tashvishi ham ulkan bo‘ladi. Tadbirkor yigirma nafar doimiy xizmatchini ishga qabul qildi. Har mavsum uchun uch yuz nafar ishchi yollaydigan bo‘ldi. Tadbirkorligiga bordi: ishchilarining tomorqalarini ham e’tiboriga oldi. Ularning-da ekin yerini bog‘larga aylantirdi. O‘ziga yaqinlashganki bor, tomorqa bilan ishlashni o‘rgatdi. – Hisoblab ko‘rsam, shu chog‘gacha roppa-rosa 64 xil daraxt ekibman, – deydi u. – Birgina xitoy tutidan 4 million tup o‘stirdim. Qaysi nav qanaqa sharoitda rivojlanishini uxlab yotgan joyimda so‘rasangiz aytib bera olaman. Qo‘ng‘irotga 2023-yilning noyabr oyida keldim. Sahroning sovug‘i odamning vahmini qo‘zg‘aydi. Tuproqning sho‘rligiyam bor. Ikki ming gektar yerga 20 ming tup xitoy tuti ekamiz, deyapman. Aholi shu qumlikka o‘rgangan. “Islam ag‘a, bul tutmaydi”, deyishgani deyishgan. Hatto, mahalliy mutaxassislar ham fikrimdan qaytarmoqchi bo‘lishdi. Ularning “bo‘lmaydi”siga qaramadik, daraxt ekishni boshlab qo‘ydik. Tut o‘z nomi bilan tut-da. Cho‘l havosiga, sho‘rga-yu, suvsizlikka chidamli. Nasib etsa, daraxt­larimiz yetilgach, bu yerda ham pillachilik rivojlanadi, qancha odam ish bilan ta’minlanadi.

Xullas, shunday zahmatkash bog‘bonlarimiz bor ekan, hali yurtimizning nafaqat qir-adirlari, balki sahro-yu dashtlarida ham ko‘rkam bog‘-rog‘lar gurkirab o‘sishiga ishonamiz.

Muhayyo RUSTAM qizi

“Jadid” gazetasi 2024-yil 29 -mart 14-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596