16.09.2025 | 09:34
599
“YUTSAM YUTDIMKI, KAM BO‘LMADIM…”
Emma AN:
Bundan 33 yil oldin menda o‘zbek tilini o‘rganish fikri tug‘ilgandi. Bu, albatta, O‘zbekistonning o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan bog‘liq.

1991-yildan so‘ng yurtimizda o‘zbek tili kurslari faoliyati sezilarli darajada rivojlandi. Bu kurslarda asosan boshqa millat vakillari til o‘rganishardi. Boshqa koreys millatdoshlarim qatorida men ham o‘zbek tilini mukammal o‘rganishga kirishgandim. Biroq o‘sha paytlar o‘tish davri bo‘lgani uchunmi, darslarga muntazam qatnashish imkonim bo‘lmadi. Shu sababli, til o‘rganishim biroz cho‘zildi. Vaqt o‘tib, kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, o‘zbek tilini tushunadigan, bemalol fikrimni ifodalaydigan bo‘ldim.
Men til o‘rgangan paytda hamma kirill alifbosida yozardi. Xabaringiz bor, keyingi yillarda asosan lotin alifbosida ish olib borilmoqda. Savodimni oshirish va nevaralarimning o‘zbek tili darslariga qarashish uchun yana o‘zbek tili kurslariga qatnay boshladim. Hozir nevaralarim maktab dasturi doirasida o‘zbek tilini katta ishtiyoq bilan o‘rganmoqda.
Til bilishim menga erkinlik berdi, desam ishonasizmi? Istagan joyimda, xohlagan odamim bilan mustaqil muloqot qila olaman. O‘zimga kerak bo‘lgan manzilni ko‘chadagi istalgan odamdan so‘rab, topib bora olaman.
O‘rni kelganda, o‘zbek tili bilan bog‘liq xotiramda qolgan ayrim voqealarni aytib beray. Ikki qizim va nevaralarim bilan Turkiyaga sayohat qildik. Havo almashganigami, qizim betob bo‘lib qoldi. Shifokorga olib bordik. U yerda mahalliy aholi rus tiliniyam, koreyschaniyam tushunmaydi. Beixtiyor turklarga o‘zbekcha gapirib yubordim. Albatta, ular meni yaxshi tushunishdi. Til o‘rganishning foydasini mana shu musofirlikda anglab yetganman. Turkiyada o‘tgan sayohatimiz davomida faqat o‘zbekcha muloqot qilganmiz…
Yana bir holat: ro‘zg‘orlik qilish uchun bozorga borganimda, mening o‘zbekcha gapirganimni ko‘rgan sotuvchilar xaridimga chegirma qilib beradi. Narxidan o‘tib berishmasa, o‘zbekcha savdolashaman. “Bo‘lishi qancha, necha pul qiberasiz, ozroq kelishtirib bering”, deyman chapani o‘zbeklardek. Qisqasi, o‘zbekchani o‘rganib yutsam yutdimki, aslo kam bo‘lmadim.
Nevaralarimning dunyoqarashini kengaytirish va o‘zbek madaniyati bilan tanishtirish maqsadida ularga o‘zbekcha kitoblarni o‘qib beraman. Hammasidan ham, o‘zbek xalq ertaklari nevaralarimning sevimli kitobiga aylanib ulgurgan. Eshitib tushunishni rivojlantirish uchun oilaviy o‘zbekcha konsertlarga tushib turamiz.
Fursatdan foydalanib, davlat tili bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtiruvchi mutasaddilarga taklif sifatida ba’zi fikrlarimni aytib o‘tmoqchi edim.
O‘zbek tili kurslariga borib, til o‘rganish uchun hammada ham imkon bo‘lmasligi mumkin. Shuni hisobga olib, boshlang‘ich darajadagi o‘zbek tilini o‘rgatish uchun qo‘llanma va lug‘atlarni ko‘proq chop etish lozim. Kerak bo‘lsa, ularni madaniy markazlar orqali boshqa millat vakillariga tekin tarqatishsin. Bugun hammaning qo‘lida telefon. Yurtimizning ixtirochi yoshlariga yanada ko‘proq o‘zbekcha so‘zlashgich ilovalar yaratishlarini taklif qilardim. O‘ylaymanki, murojaatim o‘z egalariga yetib boradi.
Men, O‘zbekiston fuqarosi sifatida davlat tilini bilish har bir yurtdoshimiz uchun burch, qolaversa, hayotiy zarurat, deb hisoblayman.
Dilmurod DO‘STBEKOV yozib olgan.
“Jadid” gazetasining 2025-yil 5-sentyabrdagi 36-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
64
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
587
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
584



