Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


19.09.2025 | 09:00

img1342

“KOTIB HAR MUDDAONI YOZMOQCHI BO‘LSA…”

Ma’rifatparvar jadid bobolarimiz yosh avlod ta’limi hamda ilm-fanning muhim sohalarini o‘zlashtirishga alohida e’tibor qaratganlarini tarixdan yaxshi bilamiz. Yangi usul maktablari ochilar ekan, albatta, bu dargohlar uchun zamonaviy darslik hamda o‘quv qo‘llanmalari ham yaratish lozim edi. Jadidlar bu ishning ham uddasidan chiqdi. Birgina Mahmudxo‘ja Behbudiyning o‘zi “Risolayi asbobi savod” (“Savod chiqarish kitobi”), “Risolayi jug‘rofiyayi umroniy” (“Aholi geografiyasiga kirish”), “Muntaxabi jug‘rofiyayi umumiy” (“Qisqacha umumiy geografiya”), “Kitobat ul-atfol” (“Bolalar xati”), “Tarixi islom” (“Islom tarixi”). “Amaliyoti islom”, “Rusiyaning qisqacha geografiyasi” kabi ko‘plab darslik va qo‘llanmalarni yaratdi.

Shunday asarlardan biri, 1908 va 1914-yillarda Samarqandda ikki marta nashr qilingan “Kitobat ul-atfol” qo‘llanmasi jadid maktablarida til va hujjat qoidalarini o‘rgatish maqsadida yaratilgan. Ta’kidlash joizki, bu masalaga Behbudiydan boshqa jadidlar ham e’tibor qaratgan. Jumladan, Mirzo Rahimbobo “Tamsil ul-insho”, Mulla Odilxoji Mahdum “Majmuati insho” qo‘llanmalarini yozishgan. Ularning qo‘lyozmalari hozirda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda.

“Kitobat ul-atfol” asarining so‘zboshi qismida muallif shunday yozadi: “Turkistonning qadim maktablarindagi bolalar 4-5 yil o‘tkargandan so‘ng xat mashq qilib, ba’dinda insho yozadurlar. O‘shal insholar nihoyat mushkul suratda arabiy, forsiy va turkiy yozilgandurki, (maktabdorlar) shogirdlari nari tursin, ba’zi maktabdorlar zo‘rg‘a bilur. Mushkul (satrlar) iboratlik uzun insholar, albatta bola zehnini ochmay, balki fikrini yo‘q bo‘lishiga sabab bo‘lur”.

Shu bois, Mahmudxo‘ja Behbudiy jadid maktablarida xat yozish, hujjatshunoslik, ish yuritish tizimini o‘quvchilarga sodda, mukammal tarzda o‘rgatishni maqsad qiladi. Chunki jadid maktabini tamomlagan o‘quvchi barcha zamonaviy fanlarni egallash bilan bir qatorda, Turkiston o‘lkasida tijorat ishlari bilan shug‘ullanishi yoki biror davlat idorasida mirzo sifatida ishlashiga imkoniyati bo‘lsa, xat va idora hujjatlarini tushunishi lozim edi.

Ma’lumki, azaldan maktublar xususiy va umumiy xatlarga ajratilgan. Muallif ta’rifiga ko‘ra, xususiy xatlar ikki kishi orasida yoziladigan munosabat xatlaridir. Manbada xususiy xatlarning odobi, “xat yozmoq shartlari” alohida ko‘rsatib beriladi. Ular jami 18 ta shartdan iborat bo‘lib, so‘zlarning ma’nosini bilmasdan ishlatmaslik, inson nuqsoni va sha’niga tegishli ma’lumotlardan foydalanmaslik, xato va haqoratlarsiz, hissiyotga berilmasdan yozish uqtiriladi. Shuningdek, kitobda ariza, ma’lumotnoma, tasdiqnoma, shahodatnoma, tilxat kabi hujjat namunalarining yozilish tartibi va qoidalari o‘rgatiladi. Xat oxirida imzo va sanani to‘g‘ri qo‘yish lozimligi ta’kidlanib, hijriy va milodiy yillar, ularning oylari nomlari arab, fors, rus va o‘zbek tillarida jadval tarzida beriladi.

Yozish qoidalari orasida: “Kotib har muddaoni yozmoqchi bo‘lganda, o‘shal muddaoni o‘zi yaxshi tushunub, so‘ngra yozsa kerak” yoki “O‘zi bilmaydurgon lug‘atni mumkin qadarincha yozmasun”, degan muhim fikrlar bor.

Qo‘llanmaning “Namuna xatlar” qismida xat yozuvchining otasi, onasi, ustozi, aka-ukalari, do‘sti, farzandiga bitilgan o‘ttizdan ortiq xususiy xatlar, shuningdek, yigirmaga yaqin rasmiy xat va hujjatlar namunalari keltirilgan.

Mahmudxo‘ja Behbudiy ish yuritishda so‘zning qudrati, muhimligiga alohida e’tibor qaratib, har bir so‘zni o‘z qoidasi, o‘z imlosi bo‘yicha yozish talab etilishini ko‘rsatib o‘tadi. Xat, u xoh fuqarolarga, xoh idoralarga bo‘lsin, yetib borganida oluvchiga ta’sir o‘tkazishini o‘ylab, fahm va mulohaza bilan yozilmog‘i maqsadga muvofiq, deyiladi.

“Kitob ul-atfol”da tinish belgilar ham o‘ziga xos nomlar bilan berilgani e’tiborlidir. Jumladan, so‘roq belgisi – alomati savol; undov – alomati nido, taajjub, xitob; tire – ikki so‘zni farq qiladigan alomat; barobar – ikkisi bir pog‘onada; vergul – ozgina turmoq uchun; ikki nuqta – bayon va tafsil uchun; ko‘p nuqtalar – notamom so‘zlar kabi atamalar bilan berilganini ko‘ramiz.

O‘zbek hujjatchilik tarixiga oid asarlar ichida alohida ajralib turadigan, matnlarda odob-axloq qoidalari yuqori darajada qo‘llangan “Kitobat ul-atfol” asari jadid maktablarida darslik sifatida foydalanilgan. Kitob yaratilganiga bir asrdan oshgan bo‘lsa-da, halihamon u o‘z qadr-qiymatini yo‘qotgan emas.

Sherali QO‘LDOSHEV,
tarix fanlari doktori

“Jadid” gazetasining 2025-yil 12-sentyabrdagi 37-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img77

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img594

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img592