18.04.2024 | 14:47
232
HAR DAMIGA SHUKR ETING

Shayx Sa’diyning “Guliston” asarida shunday deyiladi: “Men hech qachon davr jabr-jafosidan shikoyat qilmagan edim, lekin bir marta nolidim. O‘shanda oyoqyalang qolib, kovush sotib olishga ham qodir emasdim. Qattiq o‘ksinib yurgan kunlarimning birida peshin namozini o‘qish uchun Kufa shahridagi Jome’ masjidiga kirdim va u yerda oyoqlari yo‘q bir odamning tahorat olayotganiga ko‘zim tushdi. U shu holda lablari pichirlab sajda qilardi. Shunda men, noshukr banda, o‘zimdan hayo qildim, shukr qilishim lozimligini tushunganim holda kovushsizligimga ham sabr etdim”. Biz-chi, shukr qilishni bilamizmi? Inson uchun moddiy emas, ma’naviy boylik muhimligi, ruhiy poklik saodatligi, salomatliging bo‘lmasa hisobsiz boylik ham arzimasligi, farzandsiz dunyo shodliklari tatimasligi, qo‘ying-ki, hayotimizning og‘riqli nuqtalari insoniylik mezonlarining asosi bo‘lmish shukr qilishni bilmasligimizda emasmi? Dunyoning turli hududlarida sodir etilayotgan halokatlar, begunoh insonlarning to‘kilayotgan qonlari nahotki bizga shukrni eslatmasa… Kecha millioner bo‘lgan odam bugun bir burda nonga zorligi, kecha qasrda yashayotgan kishi bir onda boshpanasiz qolgani, kecha olamlarga sig‘mayotgan yonimizdagi odamning bir lahzada yorug‘ dunyoni tark etishi ham ibrat bo‘lmasa… Shukr qilaylik, azizlar, har damiga shukr qilaylik, vatan bag‘ridamiz, yurtimiz tinch, xonadonlarimiz osoyishta, oilamiz baxtiyor, farzandlarimiz salomat, sog‘inguvchi-sog‘intirguvchi yaqinlarimiz bor. Demak, noshukrlik qilishga, arzimagan qiyinchiliklardan nolishga ma’naviy haqqimiz yo‘q. Ey, do‘st, ko‘zlarimiz tuproqqa to‘lmasidan oldin ko‘ngillarimiz shukrga to‘lsin. Zero, umr o‘tkinchidir.
Feruza ORIPOVA
“Facebook”
“Jadid” gazetasi 2024-yil 29-mart 14-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
607
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
605



