Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


14.10.2025 | 09:38

img919

SHUHRATNING “OLTIN ZANGLAMAS” ROMANIDAN IQTIBOSLAR

Asarda urushdan oldingi va keyingi davrda mudhish qatagʻonga duchor etilgan halol, imon-eʼtiqodli kishilarning fojiali qismati badiiy tasvirlangan.

Olam naqadar chiroyli! Har narsaning o‘z hayoti, o‘z husni, o‘z kamoloti bor. O‘z ko‘rki, o‘z fazilati bilan bir-birini to‘ldiradi, bir-birining husnini ochadi, bir-biridan ajralmas bir butunlik tashkil etadi.

Ko‘pchilikka suyaning, ko‘pchilik qo‘llaydi. Lekin mutolaani susaytirmang. Men sizning harakatingizga ishonaman.

Odatda notanish yerga kirib kelayotganingda ilk uchragan odamdan, ayniqsa, u ochiq yuz bilan senga boqsa ko‘ngling suv uchgandek bo‘ladi, o‘zingdan unga yaqinlik sezasan.

Odatda ichkilikning bir piyolasi kishilarni bir-biriga tanishtiradi, ikkitasi tilini yechib, qulfi-dilini ochadi; uchinchisi hasrat boshlatadi; undan keyingilari esa, yo maqtanchoqlikni uchiga chiqaradi, yo alam bulog‘ining ko‘zini ochib, yig‘latadi, nimanidir qasam ichirib, do‘stligini pesh qildiradi.

Qayg‘u umidsizlikka yetaklaydi.

Hozir erkak-avra, xotin-astar, deb turgan payti. Ya’ni avra hech qachon astardan yuqori bo‘lmagandek, erkak xotindan aql o‘rganmaydi.

Yolgʻonning taxtida shoh bo‘lgandan, rostgoʻyning chorbogʻida giyoh boʻl.

Men hayronman, nahot oʻsha odamlar “yolgʻon gapirganimni hech kim bilmaydi” deb oʻylashadi? Dunyoda yomon koʻrganim – yolgʻon bilan qoʻrqoqlik! Yolgʻonlari koʻzlaridan shundoq koʻrinib turadi.

Vaqt – sevgi doyasi.

Men baxtning yurak topilganinigina tan olaman. Bu chin baxt.

Yaxshi yaxshiga yondashtiradi, yomon yo‘ldan adashtiradi.

Tarbiyasiz kishi boshqani tarbiyalay olmaydi. Axloqdan lof urishi puch.

Mehnat… mehnat… Mehnat bilan topguncha bellaringiz qayishib ketadi. Hozir kishilar serdasturxon, sersovgʻa boʻlib ketgan.

Bahorni yomon koʻrgan odam qaldirgʻoch uyasini buzadi!

Ming yil yashagan chinorlar ham har yili bir barg yozib, ildiz otadi.

Kitobsiz uy – chiroqsiz tun. Har uyga bir emas, bir necha chiroq kerak, chiroqqa chirog‘bon kerak. Hali yoritilishi lozim boʻlgan bir talay uylar bor.

Ular otalar koʻrgan qiyinchiliklarni faqat kitobdan bilajaklar. “Bosmachi” nima? Yot unsur qanaqa maxluq? “Nega nonni tarozida tortib berishgan?” deb so‘rab qolishsa ajab emas! Ular nohaqlik, tuhmat, yolg‘on, manmanlik, laganbardorlik, munofiqlik nima ekanini bilmaydilar. Bular bari u vaqtgacha bahor qoridek erib bitadi, tong ufqidagi tumandek yo‘qolib ketadi.

Qiz bola – qush. Qanot chiqarguncha qoʻlingda, keyin tuzoq qoʻyib ushlab ololmaysan.

Dunyoda qiziq odamlar bor: sigiri urgʻochi tugʻsa sevinadi-yu, lekin xotini qiz tugʻsa ensasi qotadi. Qiz tugʻilmasa, senga ona-yu xotin qayoqda!

Xalq nima ekanini bilasizmi? Dovul! Har qanday toʻsiqni yoʻlidan olib tashlashga qodir!

Sokinlikning ham o‘z tovushi bor. Buning nimaligini qalin devorli, temir eshikli, deraza o‘rnida kichik tuynukli kamerada o‘tirgan odamgina yaxshi biladi, bu shunaqa tovushki, qulog‘ingdan zingʻillab o‘tib, butun asablaringni qaqshatib, qalbingga elektr tokidek chirsillab tegib turadi.

Haqiqat zoldir emas, nishabga dumalasa, u qirgʻiy qoʻnmas qiyadan ham oʻz joyini topadi!

Temirni zang, odamni gʻam chiritadi.

Menimcha, qalb bilan yonib mehnat qilmagan kishi sevinganida ham xandon urib kulolmasa kerak. Mehnat samarasi sevinch, sevinch samimiy tabassum va xandon kulgi tugʻdiradi.

Kutmagan odamingizdan xat olish nimaligini bilarsiz, albatta. Lekin o‘sha odamingiz bir mahallar taqdirning zayli bilan uzoq vaqt azob chekib yurgan bo‘lsa, buning ustiga siz o‘tkinchi his-tuyg‘ular tizginiga erkingizni berib, unga yana ozor yetkazsangiz, uyingizdan kovzida yosh bilan chiqib ketishga majbur etsangiz-u, u hammasini unutib, kechirib, sizning boshingizgaa mushkul, qora kun tushganda, baland himmat bilan shafqat qo‘lini cho‘zsa, buning ustiga, o‘sha chekkan azoblari haqida lom-mim demay, sizning sog‘lig‘ingizni so‘rab, ko‘nglingizga tasalli bersa, kishi qanday holatga tushishini tasavvur qilolasizmi?

Kishi qahri tishni yorganday, mehri temirni eritadi.

Kishi umri bir qultum suv, qult etdi – vassalom, adoyi tamom.

Kishi oʻlikdan qoʻrqadi, eng yaqin kishing boʻlsa ham qoʻrqasan. Ming qilsa ham jon chiqqan tana-da!

Har ish niyatga yarasha boʻladi.

Odamlar o‘qning aqli yo‘q deydi, bu bekor gap. O‘q aqlli. O‘q avvalambor qoʻrqoqni qidiradi, keyin boshqaga tegadi, Bobolarimiz, qirq yil qirgʻin bo‘lsa, ajali yetgan o‘ladi, deb bekorga aytishmagan. O‘sha ajal yovqurligi, dovyurakligidan, oʻlimni o‘ylamaganidan yetmagan, ha, botirligidan yetmagan.

Urushga tili yo‘q dov-daraxtlar, begunoh yer-u past-balandliklar ham qatnashadi, daryo, tog‘, ungurlar qatnashadi, bir umr inson oyoq qoʻymagan qiyaliklar, esdan chiqib ketgan so‘qmoq yo‘llar qatnashadi, ular ham insondek jarohat topadi, safdan chiqadi, bir umr nogiron bo‘lib qoladi. Demak, urushning mashaqqatini faqat kishilar emas, butun mavjudot tortadi, uning og‘irligini butun mavjudot yelkasida ko‘taradi, qalbida his etadi. Urush paytining gul-u chechagidangina emas, uning musiqasidan, ashulasidan ham porox hidi keladi. Urush oqbilaklarni yomon ko‘radi. Dushmandan nafratlanish mardlik va matonatni tug‘diradi. Kurashda dushmanga beshafqatlik el-yurtga mehr-muhabbatning oliy bosqichidir.

Frontda dushmanning o‘zini bamaylixotir tutishini va o‘q uzishini ko‘rishdan dahshatli narsa yo‘q. Chunki o‘zining kuchiga ortiqcha ishonganiday, qarshisidagi raqibini pisand qilmaganidagina u shunday ish tutadi.

Kishi dushmanidan qattiq nafratlansa, koʻziga hatto oʻlim koʻrinmaydi.

Eh, hayot, hayot! Naqadar murakkab narsa! Men shu hayot kitobiga bir vergul qoʻyolsam jon derdim.

Halok bo‘layotganlarni aytmaysizmi?! Yigitlarning sarasi ketyapti. Nachora! Biz urush boshlaganimiz yo‘q. Urishishga majburmiz, yerimizda oxirgi gitlerchi avtomat bilan yurar ekan, jang qilamiz bu burchimiz. Gitlerchining bu ishi semiz qo‘chqorning quturib, temir darvozaga kalla qilishiga o‘xshaydi, shoxi sinib, boshi pachoqlanishini bilmaydi.

Er yigit el uchun tug‘iladi, el uchun o‘ladi.

Shahzoda Orifjonova tayyorladi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605