17.06.2025 | 18:00
9698
ABDULLA QODIRIYNING “MEHROBDAN CHAYON” ROMANIDAN IQTIBOSLAR
“Mehrobdan chayon” – o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriyning ikkinchi yirik asari 1928-yil fevralda yozib tugatilgan. Roman mavzusi XIX asr hodisalari “xon zamonlari” davridagi o‘zboshimchaliklarni ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lsa-da, unda roman yozilgan davr ruhi kuchli singdirilgan. Romanda Anvar bilan Ra’noning sevgi sarguzashti, qalb nazokati shoirona tarannum etilgan.
Asarni “Mehrobdan chayon” deb atash, ziyoli ulamolarni qahramon qilib tanlashdan murod muqaddas dargoh – sajdagohdan chiqqan, oʻsha dargohga nomunosib munofiq, qallob, tuban kimsalarga, hasadgoʻy, eʼtiqodsiz kishilarga ishoradir.

Agar Farhodning Shirin, bo‘lsa Majnunlarning Laylosi
Nasib о‘lmish menga gulshan aro gullarning – Ra’nosi.
Agar or etsa Layli haqlidir Qaysning jununidin,
Ne baxt, Ra’no, xaridoring talab ahlining – Mirzosi.
Maxdum oilasini ham kiyim-kechak vajidan o‘zi kabi tutar edi. Kiyim-kechakdagina emas, hatto oziq-ovqat to‘g‘rilarida ham uning anchagina kelishimsiz qiliqlarig‘a yo‘liqilar edi. Masalan, bir oy to‘lmasdan kir yuvishg‘a ruxsat bermas, agar Nigor oyimning bir oysiz kir yuvg‘anini ko‘rib qolsa, “kiyimni tog‘orada churutasan!” deb g‘ovg‘a solar edi. Ikki haftasiz palovni ko‘rmaslar (ozodliq oshlari, albatta, mundan mustasno), ko‘b ovqatlari ubra, tuppi, mastaba, qo‘g‘urma sho‘rba bo‘lar edi.
Bizning o‘zbeklarda, ayniqsa Qo‘qong‘a maxsus bir tus, sariqqa moyil bir tus bor. Lekin bu tusni kesdirib sariq deb bo‘lmaydir. Chunki biz og‘riq kishining tusini sariq deymiz.
Haq hamisha g‘olibdir, haqsizlik ersa mag‘lub.
Haqning haqsizliqqa g‘olib kelganini og‘izda eshitsam ham, shu choqqacha amalda ko‘ralmadim.
Domlaning yetti tilloni olg‘andag‘i holini tasvir qilish, albatta, qiyindir; ko‘zlari g‘ilaylashqan, aftida qiziq o‘zgarish ko‘rilib, og‘zining tanopi uzoq sayohatni ixtiyor qilg‘an.
Men bek pochcha bo‘lolmayman, Ra’no. O‘rdadag‘i to‘kulib turg‘an gunohsiz qonlar, doim tevarakdan eshitilib turg‘an oh-u zorlar manim yuragimni ezadir, tinchlig‘imni oladir. Yana men mirzoboshi bo‘lib qolsam, bu oh-u zorlarning, to‘kilgan ma’sum qonlarning ichida bilfe’l suzarman. Bu vaqt manim azobim bevosita bo‘lur. Balki, bunda ishtirok ham qilarman. Chunki xong‘a yaxshi ko‘runish uchun ko‘b ishlami uning istagicha ko‘rsatish, zulm pichog‘ini qayrab berish, shu mansabda uzoq yashamog‘imning asos shartidir. Lekin men bunday vijdonsizlik uchun yaratilmag‘an o‘xshayman. Madh-u sano, olqish va duo zamiriga yashiring‘an zulmdan faryod, haqsizlikdan dod ma’nolarig‘a malham bo‘lish, albatta, manim qo‘limdan kelmas. Chunki “soyaboni marhamat” vijdon kengashiga quloq sog‘uchi “ahmoq”lardan emasdir.
Shahnishin – xonning xos hujrasi, xon ovqatlanadirg‘an, uxlaydirg‘an ham xotinlarni qabul qiladirg‘an uy bo‘lib, suv havlisining qatori bilan to taxt o‘rnatilg‘an mahkamagacha qator uch xona tanobiy uylardan iborat edi. Bu uylar shahnishinlikka muvofiq boshqa binolardan baland qilib solingan binolar orqasi, janubi xos oyimlar – yani xonimlar tanobiysi, g‘arbi – qisman tanobiy va qisman oshxona va haram xazinasi binolarini va boshqa havlilarga chiqish uchun daromadlarni tashkil etar edi.
Sizga qarshi qattig‘ quturg‘an ikki itimiz bor edi, endi uchunchisini o‘zingiz keltirganga o‘xshaysiz…
Yaxshiliq qil, daryog‘a tashla, baliq bilmasa, xoliq bilur, deganlar.
Bor, bor: pul bersangiz harom o‘lgan eshakning halollig‘ig‘a fatvo beradirgan muftilar.
Xotin kishining charxi bilan o‘chog‘ig‘a tegma, degan gap to‘g‘ri emish…
– Qushingizning boshi bilan ikki qanoti bor, lekin oyog‘i yo‘q.
– Qush uchun bosh bilan ikki qanot kifoya, Ra’no… Qush uchib yursa, bas!
– Cho‘loq qush ko‘kda uchib charchagandan keyin daraxtga qo‘nolmaydi, ammo yerga tushsa mushuk yeb qo‘yadi, – dedi Ra’no va kulib qotib qoldi.
Sallalik eshaklarning diringlashi og‘ilxonag‘acha.
Bu zamonda o‘zgani qo‘ya turib hatto o‘zlaringizdan ham odamiyat kutmasangiz bo‘ladi, taqsirlar!
Xon – hazmi har bir iflosliqni ham ko‘taradirgan katta bir hayvon. Uning tevaragida mayda hasharotlar ko‘b, bular ham o‘zlariga yarasha hayvonliq istaydilar.
Visol – muhabbatni o‘ldirguchi, hajr esa – kamolatka erishdirguchidir.
Dunyoda do‘sti sodiqni topish qiyin ekan.
Suygan yorim sen bo‘lsang, ko‘rgan kunim ne bo‘lg‘ay.
Xong‘a sadoqat bizning “odamlar” fikricha, biror manfaat taqozosidir.
Zulm neqadar kuchaysa, uning umri shuncha qisqa bo‘lishi tajribalar bilan sobitdir.
O‘rda arbobi bu kun peshindan bir oz ilgariroq mujassam bir vijdon, tog‘yurak bir yigit va o‘lim sari kulib kelguchi bir arslonni o‘z tarixida birinchi martaba ko‘rdi va tong ajabda qoldi. Bu ulug‘ jasorat bir necha daqiqalarg’acha zulm itlarini sukutka soldi, ularni ishdan to‘xtatdi. O‘rda arboblarining mahkamada o‘lturganlari eshik yonig‘a chiqib, yo‘lda borg‘anlari harakatsiz qolib, parvosiz har kim yonidan salomlashib o‘tkuchi arslonni tamosha qildilar.
– Men sizdan marhamat so‘rab kelgan emasman, – dedi iljayib Anvar – O‘zimni o‘limga berib, bir gunohsizni qutqazish uchun kelganman.
Boshqalar kishi gunohi uchun gunohsizni tutib pusulmonchiliqdan chiqqach, men pusulmonliq bilan o‘lishni o‘bdan bildim.
Musulmonchiliqda yuzlab xotin ustiga, bir kambag‘al uylanmakchi bo‘lg‘an qizg‘a ham zo‘rliq qilish bormi, qiblai olam.
Shayxi Sa’diy aytkancha, dunyoda hayotidan qo‘l yuvg‘uchidek tili uzun kishi bo‘lmas. Darhaqiqat, insonni razolatka solg‘uchi uning manfaati taqozasi, qola bersa o‘limdir. Bu ikkisidan kechguchiga esa na podshohning qahri va na jahannamning qa’ri farqsizdir.
Kulishka haqqingiz bor, domla, chunki o‘ch olasiz, – dedi Anvar. Birdan hammaning ko‘zi Abdurahmonga tushdi. – Faqat siz iflosliq natijasida kulasiz, men… Men to‘g‘riliq samarasini o‘laman, siz iflos vijdon bilan g‘olibsiz, men sof vijdon bilan mag‘lubman… Meni dor ostig‘a kim keltirdi? Vijdon emasmi, taqsir?! Sizni bu yerda kim tomoshabin qildi. Iflosliq emasmi, taqsir?!
– Menim holimni ko‘ringiz, domla, – dedi Anvar kulgan yuzda, – qo‘lim bog‘lang‘an, ustimda xanjar yaltiraydi. Lekin men kulaman… Nima uchun bunday, taqsir? Chunki vijdon rohatda, jon tinch, yurakda ishq… Durust, men ko‘milgach, qabrim ustida ko‘ksi dog‘liq qizil lolalar ko‘karar… Nimadan bu? Bu – sizning kabi tubanlar solg‘an iz…
Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



