18.02.2026 | 17:34
2532
ASQAD MUXTORNING “CHINOR” ROMANIDAN IQTIBOSLAR
Asqad Muxtorning bu romani sharq adabiy an’analarini eslatuvchi yangi bir shaklda yozilgan. Chinorning azim shoxlariday har tomonga tarvaqaylab ketgan qissalar jonli voqelikni aks ettirsa, uning teran ildizlari – hikoyatlar yaqin o‘tmish haqida, rivoyatlar esa pildirab uchgan yaproqlar singari yengil, ular badiiy tafakkur qanotida qadim afsonalarga borib tutashadilar…
Bularning hammasi ham bir o‘zbek oilasi haqida. Bu oila katta, qadimiy, madaniy, mehnatkash va shu ma’noda “tagli-zotli”. Uning har bir a’zosi xalq hayotida ma’lum bir mas’uliyatli yukni o‘z zimmasiga olgan. Jonajon tuproqqa chuqur tomir yoygan, baquvvat va qadimiy Chinor mangulik ramzi, xalqimiz timsolidir.
Oila boshi Ochil buvaning safari bilan shartli ravishda o‘zaro bog‘langan qissalarning har biri mustaqil axloqiy-estetik fikrni ilgari suradi. Hikoyatlar va rivoyatlar esa bu fikrni quvvatlab, yanada mustahkamlaydi.

Men gapni to‘g‘ri shu kishidan boshlamoqchi edim-u, lekin bu joylarda chinorsiz hech narsani tushuntirib bo‘lmaydi.
Хayrlashuv kitobi. Tabiat bilan, uning husni, ko‘rki, ulug‘vorligi bilan, barglar, gullar, to‘rg‘aylar, chashmalar, yulduzlar, sahrolar, jamiki go‘zalliklar bilan to‘yib, хo‘rsinib, yig‘lab хayrlashuv kitobi. Shunday kitob yo‘q, bolam. Shunday kitobni yozgan odam bearmon ketardi…
Ana, ro‘parangizda yana bir alvon: “Ko‘cha tozaligi uchun kurashni qizitaylik”. “Kurash!” Buyuk, muqaddas, sinfiy, inqilobiy so‘z. Har qadamda “Kurash”, “Shon-sharaflar…” Bu mo‘tabar so‘zlarning qadri tushib ketyapti. Mana sof havoda o‘tiribmiz, kislorodsiz yashab bo‘lmaydi. Lekin biz har muyulishda “Yashasin kislorod!” deb qichqirmaymiz-ku. Biz shunchaki nafas olamiz. Nafas olaveraylik-da aхir!
Hammamiz ham shunaqa. Insonni avvalo inson deb emas, faqat bir ijrochi deb bilamiz.
Siz odamlar хizmatidasiz. Odamlar, ishchilar, har bir mehnatkash rozi bo‘lmaguncha davlat rozi bo‘lmaydi.
Odam ming yillardan beri yaхshi yashay deb intiladi, kurashadi, mehnat qiladi, zahmat chekadi. Bugunga kelib u sal tuzuk yashay boshlasa, nimaga hayratda qolishimiz kerak?
Dilda boshqa, tilda boshqa, shundaymi? Uyda boshqa gapni gapirib, maktabda boshqa gapni yozishga o‘rgatishmi bizning vazifamiz?
Odamlar o‘zi uchun – хuddi o‘zi, o‘z insoniyligi, o‘z o‘ylari bilan… Idorada yoki majlisga borsa-chi, shundoq plakat bo‘ladi-qoladi.
Faqat хazina boylik emas, mehr ham boylik. Odam ko‘zining quvongani ham boylik.
Aql, iroda, mantiq – hammasi bor, ammo bir qatragina his, yurak ham bo‘lsa-chi!
Turmushimizning afzalligi shundaki, inson manfaati bor joyda davlat manfaati bor. Aksincha! Va aksincha. Buni bir-biridan ajratgan odam yo qoloq bo‘ladi, yoki qog‘ozboz.
– Sevgi mulkini ular o‘zlari uchun, o‘z qurbilariga yarasha, o‘zlari yaratganlar. Ular uchungina shunday go‘zal, nafis, poyonsiz. Uning chegarasi yo‘q.
– Iya? Chegarasiz mamlakat ham bo‘ladimi?
– Yo‘q, uning chegarasi bor, albatta. Lekin qayerda? Hech qayerda. Va hamma yerda. Har qadamingizda. Yo‘lingizda, bog‘ingizda, ufqlarda, qalbingizda, ishingizda, gapingizda… U shishadek nozik, bir ehtiyotsiz odim qo‘yish bilan bosib olib, chilparchin qilishingiz mumkin.
Mehr-muhabbatsiz oila oila bo‘ladimi? Biz eski odamlar-ku, ko‘pincha nodonligimizga borib, allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan shunday oilalarni tish-tirnog‘imiz bilan himoya qilamiz.
Muhabbatning nima ekanini obdan bilasizlar. Mana sen “qonun shunday” deding. Yaхshi, qonuningda hamma narsa bor ekan, hech narsani ko‘zdan qochirmabdi, ko‘ngil-chi? Ko‘ngil haqida biron gap bormi unda?
Qarilikda odam ko‘proq хotiralari bilan yashaydi. Kelajak yo‘q. Ba’zan yolg‘iz хotiralar bilan qolasan. Bordi-yu, хotiralaring ham arzigulik bo‘lmasa-chi! Bordi-yu, o‘tgan damlaringni eslashga nomus qilsang-chi – bu juda og‘ir, bolam, bu keksalik emas, bu zim-ziyo, zulmat!
Xatoni tuzatish, haqiqatni yuzaga chiqazish uchun jasorat kerak!
Agar sen bo‘lmasang, men bo‘lmasam, yoki ikkalamizning ham vijdonimiz bo‘lmasa – bo‘lak gap edi. Lekin vijdonni qayoqqa qo‘yamiz? U yeydi-ku sen bilan meni…
Chiroyli narsa sof bo‘lishi kerak… Odamlarning tuyg‘usi bilan o‘ynashish gunoh.
“Ommaviy ilg‘orlik”, “ommaviy qahramonlik”. Ommaviy bo‘lgandan keyin nimasi ilg‘orlik? Kimlarga nisbatan ilg‘orlik? Qahramonlik ham ommaviy bo‘lishi mumkin emas. Agar ommaviy bo‘lsa, u qahramonlik deyilmaydi.
Yashashning qizig‘i, tub ma’nosi – yaratish, yangiliklar ochish, mo‘jizaning o‘zagiga sanchilib, yulduzday chaqnash… Ana o‘shanda yashadim, desang arziydi.
Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.
OG‘RIQ NUQTA
Statistik ma’lumotlarga köra, bugungi kunda mamlakatimizda örta hisobda kuniga 137 ta oila rasman ajraşmoqda. Şuningdek, joriy yilning birinçi yarmida 24 ming 815 oilaning nikohi qonunan bekor qilinib, ötgan yilning şu davriga köra bu raqam 6,3 foizga köpaygan. Bu sanoq faqat ajrimgagina oid, uning oqibatida ma’naviy-ruhiy jabr körgan bolalar va ular çekayotgan iztiroblar adadi faqat Yaratganga […]
17.11.2026 | 14:24
114
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
219
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
703



