16.10.2025 | 15:39
2787
KO‘PIK USTIDAGI KO‘PRIK
Bu ikki so‘zning ma’nosi haqida uzundan uzoq izoh berib o‘tirishning hojati yo‘q. Hamma taniydigan, hamma ishlatadigan so‘zlar. Xo‘sh, ularning bir-biriga qarindoshligi bormi? Yo aka-ukaday uyqash bu so‘zlar shunchaki shakldoshmi? Ayniqsa, “ko‘pik hosil qilish” ma’nosidagi ko‘pir fe’li ko‘prik so‘ziga yanada uyg‘un keladi.

Avvalo, bu ikki so‘z ildizidagi ko‘p so‘ziga to‘xtalaylik. Turkiy tillar etimologik lug‘atida kӧp so‘zi “puflash”, ”shish”, “ko‘taril” ma’nolarini anglatadi, deb izohlangan. Ko‘prik, ko‘pik, ko‘pir, ko‘pchimoq so‘zlarining o‘zagida shu kӧp so‘zi yotadi. Yana bir gap, o‘tmishda shishirilgan meshlar va sanochlarni bir-biriga bog‘lab daryoga ko‘prik qilib o‘tish hollari bo‘lgan.
Yana bir jihatga e’tibor qilish kerak. “At-tuhfa lug‘ati”da idishdagi sut qaymog‘i ko‘pik deb atalgani haqida yozilgan. E’tibor qilsangiz, qaymoq ham suyuq sutning yuzasida bo‘ladi. Ko‘pik ham faqat suv ustida bo‘ladi. Ko‘prik ham shunday.
Kӧp so‘zi tuvaliklar tilida “ko‘pirish“, “pol qoplamasi”, qalmoqlar tilida “egar yostig‘i” ma’nosini anglatadi. Mahmud Koshg‘ariyda egar ustiga kiygiziladigan yopinchiq “kӧpchuk” so‘zida ifodalangan.
Negadir “Alisher Navoiy asarlari tili lug‘ati”ning ikki nashrida ham qadimiy ko‘pik so‘zini uchratmadim. Ko‘prik so‘zi bor:
“Ul dedikim, jamoatiki, daryodin ko‘pruk bila nori yuzga o‘tubturlar, chun ko‘pruk birdur”. (“Tarixi muluki ajam”)
Ba’zi olimlar ko‘prik so‘zining paydo bo‘lishini mo‘g‘ulcha ko‘prik ma’nosidagi kӧgerge so‘ziga taqaydilar.
Eshqobil SHUKUR
“Jadid” gazetasining 2025-yil 10-oktyabrdagi 41-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
118
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
145
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
335



