Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.10.2025 | 16:58

img378

SARATON CHEKINADI

Alfred Nobel vasiyatiga ko‘ra ta’sis etilgan nufuzli mukofot har yili insoniyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan shaxslarga topshiriladi. 2025-yilgi fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti ham aynan shunday buyuk kashfiyotga – immunitet tizimining o‘z hujayralariga hujum qilishini to‘xtatuvchi mexanizmlar – “periferik immunitet tolerantligi” bo‘yicha fundamental tadqiqotlar uchun berildi. Meri Brunkov, Fred Ramsdell (AQSH) va Shimon Sakaguchi (Yaponiya) immunologiya sohasida inqilob yasab, autoimmun kasalliklar, saraton va transplantatsiya kabi sohalarda yangi davolash usullarini yaratishga poydevor qo‘yishdi.

TARIX

Immun tizimining eng asosiy vazifasi – organizmni begona, ya’ni patogen mikroorganizmlardan himoya qilishdir. Ammo himoya jarayonida immunitet o‘zining sog‘lom hujayralarini adashtirib qo‘ymasligi muhim. Immun tizimining bu xususiyati “immunologik tolerantlik” deb ataladi.

Tarixda olimlar uzoq vaqt davomida tolerantlikning faqat “markaziy” mexanizmlar orqali shakllanishiga ishonishgan. 1960-yilda Nobel mukofotini olgan olimlar Frenk Makfarleyn Byornet va Piter Medavarning ishlari bu boradagi ilk muhim qadam edi. Ular immun tizimi embrionlik davrida o‘z hujayralarini eslab qolishini va ularga qarshi kurashmasligini isbotladi. Ammo ba’zi autoimmun kasalliklar (masalan, revmatoid artrit, Kron kasalligi) bu nazariyaning barcha holatlarga taalluqli emasligini ko‘rsatdi. Ya’ni, immunitetning nazoratdan chiqishi faqatgina markaziy organlarda emas, balki organizmning periferik qismlarida ham yuz berishi mumkin edi.

BUGUN

Aynan shu bo‘shliqni to‘ldirishda Brunkov, Ramsdell va Sakaguchi kashfiyotlari muhim rol o‘ynadi. Ular immun tizimida nazorat qiluvchi maxsus hujayralar – tartibga soluvchi T-hujayralari (Tregs) mavjudligini aniqladilar. Yordamchi T-hujayralari doimo tanani nazorat qiladi. Agar ular bosqinchi mikrobni topsa, boshqa immunitet hujayralarini ogohlantiradi.

1995-yil Shimon Sakaguchi birinchi bo‘lib autoimmun kasalliklardan himoya qiluvchi noma’lum immun hujayralari turini aniqladi. U bu hujayralarning autoimmunitetning oldini olishdagi hal qiluvchi rolini namoyish etdi, ammo ularning paydo bo‘lish mexanizmini to‘liq tushuntira olmadi.

2001-yil Brunkov va Ramsdell autoimmun kasalliklardan aziyat chekadigan genetikasi o‘zgargan sichqonlar ustida ishlaganlarida, ularda FOXP3 nomli genda mutatsiya borligini aniqladilar. Bu gen insonlarda ham IPEX sindromi (og‘ir autoimmun kasallik)ga sabab bo‘ladi. Ularning kashfiyoti FOXP3 genining tolerantlikdagi muhim rolini ko‘rsatib berdi.

Sakaguchi ikki yildan so‘ng FOXP3 genining o‘zi kashf etgan tartibga soluvchi T-hujayralarining rivojlanishni boshqarishini isbotladi. Shunday qilib, uch olimning tadqiqotlari birlashib, immunitetning murakkab ichki nazorat tizimi to‘liq namoyon bo‘ldi.

KELAJAK

Bu kashfiyot nafaqat ilmiy dunyoda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, balki amaliy tibbiyotda ham tub burilish yasadi. Buni uch yo‘nalishda ko‘rishimiz mumkin:

Autoimmun kasalliklarni davolashda. Endi olimlar immun tizimi haddan tashqari faol bo‘lgan autoimmun kasalliklar (masalan, revmatoid artrit, 1-toifa diabet)ni davolash uchun Tregs sonini oshirish ustida ishlamoqda. Buning uchun bemorning tartibga soluvchi T-hujayralarini ajratib olish, laboratoriyada ko‘paytirish va qayta kiritish usullari sinovdan o‘tkazilmoqda. Tregs rivojlanishiga yordam beruvchi “interleykin-2” kabi moddalar yordamida immun tizimini tinchlantirish borasida izlanish olib borilyapti.

Saraton immunoterapiyasida. Saraton hujayralari ko‘pincha Tregslarni jalb qilib, immun tizimining hujumidan o‘zini himoya qiladi. Olimlar saratonga qarshi kurashish uchun ushbu Tregslarni yo‘q qilish yoki ularning faoliyatini to‘xtatish usullarini izlamoqda. Bu orqali immun tizimi saraton hujayralariga hujum qilishi uchun yo‘l ochiladi. Tadqiqotlar natijasida saratonni davolash borasida yangi immunoterapiya usullarini yaratish ko‘zda tutilmoqda.

Organ transplantatsiyasida. Organ ko‘chirib o‘tkazilganda, tana yangi a’zoni “begona” deb hisoblab, uni rad etishining oldini olish uchun immun tizimini boshqarish zarur. Tregs terapiyasi immun tizimining donor organga nisbatan tolerantligini oshirishda yordam berishi mumkin.

XULOSA

Brunkov, Ramsdell va Sakaguchining kashfiyoti immunologiya ilmiga yangi nafas olib kirdi va uning markaziy tolerantlikdan tashqari boshqa murakkab nazorat mexanizmlariga ega ekanini isbotladi. Ular immun tizimi o‘z-o‘zini saqlab qolishining fundamental sirlarini ochish bilan birga, autoimmun kasalliklar, saraton va organ transplantatsiyasi kabi sohalarda yangi, samarali davolash usullarini yaratishga yo‘l ochdi. Bu kashfiyot insoniyat uchun katta foyda keltiradigan, Alfred Nobel vasiyatiga to‘liq mos keladigan ulkan ilmiy yutuqdir.

Jamoliddin BADALOV

“Jadid” gazetasining 2025-yil 17-oktyabrdagi 42-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600