Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.04.2024 | 18:59

img302

NASAFIYNING BOQIY NAFASI

Insonlar borki, nasabi shariflari zikr etilganda vaqt to‘xtaydi go‘yo. Ular asrlardan asrlarga o‘tib yashayveradilar. Xuddi Xizr alayhissalomning mangu tirikligi haqidagi afsonalar kabi… Xalq esa ular bosgan tuproqni-da e’zozlaydi, tabarruk qadamjolarga aylantiradi, ehtirom ila u joylarni ziyorat qiladi. Qarshidan o‘n yetti kilometr uzoqlikdagi Qovchin qishlog‘ida Abul Muin Nasafiy ziyoratgohi bor. 1027-1114-yillarda yashab o‘tgan Abul Muin Nasafiy ulug‘ islom olimi imom Moturidiyning izdoshi o‘laroq, uning aqidalari­ga ters oqimlarga qarshi o‘zi­ning asosli ilmiy mulohazalari bilan kurasha olgan kalom ilmi­ning yetuklaridan biridir. Ziyorat­goh ana shunday ilm-u irfon jonkuyari sharafiga nomlangan. Xalqimiz asrlar davomida e’zozlab kelgan ushbu mu­qaddas qadamjo ham sobiq tuzum davrida o‘g‘itxonaga aylan­tirilib, oyoqosti qilindi. 2017-yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan mazkur ziyoratgohda juda katta quri­lish va obodonchilik ishlari boshlab yuborildi. Shu tariqa majmua butunlay yangicha qiyo­fa kasb etib, dunyo jamoatchiligining e’ti­borini ham qozondi.

XI-XII asrlarga oid ziyoratgoh to‘liq ta’mir­­landi. Maj­mua maydonidagi 1234-yil­da bunyod etilgan ko‘hna masjidga qo‘­shimcha tarzda sharqona uslubda 250 kishilik yangi sajdagoh qad ko‘tardi. Shuning­dek, alloma maqbarasi ta’mirlandi, ajdodlar qoldirgan ma’naviy merosni ixlos bilan o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun aqida maktabi va kutubxona, osori-atiqalar vositasida yosh avlod tasavvurini boyitish maqsadida ma’rifiy muzey ham bunyod etildi. Muzeyda ulug‘ olimning noyob asar­lari, uning shogirdlari haqida ma’lumotlar hamda asriy qo‘lyozma-kitoblar, shuning­dek, Nasaf tarixiga oid qo‘llanmalar saqlanadi. Ko‘rgazmadagi qadimiy manbalardan o‘z davrida madrasa tala­balariga tahsil berishda foydalanilgan. Aytishlaricha, bu nodir qo‘lyozmalar bolsheviklardan asrash uchun sigir terisi­ga o‘ralib, majmua devori orasiga yashirilgan. Ular 1968-yilda yog‘ingarchilik oqibatida devor yemirilishi tufayli topib oli­nadi. Ular orasida XVII-XVIII asrlarga oid ikki dona Qur’oni karim kitobi, to‘rtta diniy adabiyot va “Fath” surasi chiroyli shakl­da tikilgan mato parchasi ham bor. Samarqand ipak qog‘oziga nasta’liq yozuvida tushiril­gan mahobatli Kalomullohning bir nusxa­si ayni paytda mazkur ziyoratgohning muzeyida, ikkinchisi esa Shahrisabz­da saqlanmoqda. – Muzeyimizda elektronlashtirilgan kom­pakt monitorlar ham o‘rnatilgan, – dey­di Abul Muin Nasafiy tarixiy maj­muasini boshqarish va obodonlashtirish direksiya­si rahbari Muzaffar Bozorov. – Unda Nasa­fiy va uning maslakdoshlari hamda maj­mua ziyoratiga kelgan taniqli shaxs­larning bildirgan fikrlari asosida tayyorlangan video­roliklarni tomosha qi­lish mumkin. Ayniqsa, Prezidentimiz tashab­busi bilan kutub­xona tashkil etilgani nur ustiga nur bo‘ldi. Biz kutubxona javonla­rini diniy-ma’rifiy va zamo­naviy adabiyotlar bilan boyitdik. Xorijiy ziyoratchilar kelishini hisobga olib, turk, arab va ingliz tillarida ham kitoblar olganmiz. Yana tahsil uchun dars­xona, moʻjazgina majlislar zali ham bor. Bugungi kunda ziyoratchilar soni yil sayin ortib boryapti. Darhaqiqat, bu yerga ruhiy xotirjamlik istab keluvchilar ko‘p. Buyuk ajdodlarning boqiy merosi har bir vatandosh­da faxr-u iftixor hissini yuksaltirib, shu muqaddas tuproqqa sadoqat tuyg‘usini shakllan­ti­rishi shubhasiz. Qashqadaryo viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Faxriddin Husayinovning aytishicha, harbiy xizmatchilarning oilalari bilan Abul Muin Nasafiy ziyoratgohiga kelib-ketishlariga zarur sharoit yaratib beril­gan. Ya’ni, ularning qat’iy tartibdagi ish faoliyatidan kelib chiqqan holda, ayol­lari va farzandlari uchun maxsus avtobuslar tashkil etilgan. Ha, bu yerga ziyoratga kelgan odam­ning bahri-dili ochilishi tabiiy. Majmua hududiga olti yuzdan oshiq manzarali daraxt ko‘rk berib turibdi. Shakldor ko‘ka­lam maydonchalarda anvoyi gullar barq urib yotibdi. Ziyoratga kelganlar uchun gid xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Faxriddin Qurbonov va Eldorbek Jumaniyozovning aytishicha, yoshi 300 dan 700 yilgacha taxmin qilinadigan qadimiy tut daraxtlaridan tortib, chuqurligi o‘n uch metrlik toshqudug‘-u, qizlar madrasasi hisob­langan “duxtarxona” ziyoratchilar­ning e’tiborini tortadi. – Odamlar majmua haqida har xil rivoyatlar to‘qishgan, – deydi Eldorbek Jumaniyozov. – Ehtimol, bu to‘qimalar Abul Muin Nasafiyning nomi va u kishi mangu orom topgan joy tarixdan o‘chib ketmasligi uchun yaratilgandir. Axir, har ishda bir hikmat bor-da. Qadimiy tutlar haqidagi afsonada bir kishi tutni kesmoqchi bo‘lsa, tut olov olib, odam ­kuyib o‘lgani aytiladi. Tutlar esa zamonlar osha yashayotgani da’vo qilinib, xilma-xil naqllar to‘qilgan. Majmuada qadimiylik va zamonaviy­likning uyg‘un sasi bor. Ziyoratgohning orqa tarafida o‘ttiz gektarlik katta qab­riston ham bo‘lib, undan topilgan o‘nta qabrtosh majmua tarkibida qoldirilgan. Ularning har biridagi qadimiy arabiy bitiklar hozirgi yozuvga o‘girilib, qabr­toshlar devoriga muhrlangan. Bundan tashqari, qabristonda temuriylar davriga oid yana 400 ga yaqin qabrtosh saqlangan. Ziyoratgohga kirish yo‘lagi bo‘ylab esa moturidiya ta’limotining eng ulug‘ targ‘ibotchisi hisoblangan Abul Muin Nasafiy kitoblarining muhtasham ramziy ishlanmalari o‘rnatilgan. Xalqimiz barokatli bir ishni bosh­lashdan oldin marhum ajdodlari ruhiga bag‘ish­lab tilovat qiladi, tiriklaridan duo olishga oshiqadi. Chunki rizolik bor joyda xayr bor. Davlatimiz rahbarining azizlar ­mangu qo‘nim topgan ziyoratgohlarga e’tibori ham ana shunday xayrlarga vositadir aslida. Zero, bu ezgu amallarda tarbiya, ta’lim va ibrat mujassam.

Muhayyo PIRNAFASOVA

“Jadid” gazetasi 2024-yil 5-aprel 15-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596