Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


31.10.2025 | 15:22

img1515

“VA HAMMADAN QOLDI JOY”

Asror SULAYMONOV

Foto: Abdumannon Muhammad

Yana bir ish kuni yakunlandi. Metro bekati gavjum. Poyezd kelishi bilan uyiga, yotoqxonasiga, qo‘shimcha darsga va darsdan tashqari ishga oshiqayotgan yoshlar vagonga selday yopirildi. Bizga o‘xshagan keksalar bunaqa izdihomga o‘zini ura olmaydi. Qayerga ham shoshardim, yaxshisi, yo‘lovchilar siyraklashishini kutaman.
O‘rindiqqa o‘tirar ekanman, katta monitorga ko‘zim tushdi. Unda jamoat transportlarida tik turib ketayotgan nuroniylar, homilador va yosh onalar aks etgan kadrlar almashib turardi. Ekranning pastida yozuvlar ko‘rindi: “Joy ber! Yelkamga botib ketdi bu yuk. Bu yukni manzilga yetkazishim kerak! Keksaydim, sochim oqardi, yelkam qavardi, tizzalarimga og‘riq kirdi”.
Guruch kurmaksiz bo‘lmaydi. Lekin yoshlarni yoppasiga ayblashdan ham yiroqman. Biri kun bo‘yi tik oyoqda ishlagan, biri uzundan uzun ma’ruzalarni tinglab chiqyapti, biri esa hali tun bo‘yi ishlashi yo dars tayyorlashi kerak… Ikki o‘rtada bir muddat orom olishning qulay joyi – avtobus va metro o‘rindiqlari. Yana kadrdagi yozuvlarni o‘qishga oshiqaman:
“Biz bitta vagonda, bitta avtobusda, yo‘q-yo‘q – bitta dunyoda ketyapmiz. Sen, ey, XXI asrning qiz-u o‘g‘loni! Ey, qo‘lidagi smartfonga mahliyo avlod! Ey, hayotimning davomchisi, kamolim kelajagi! Xizmat qilganlarga, keksalarga, hayotda senga joyini berib ketayotganlarga, andisha qilib tik turganlarga, avvalo, onalarga, bo‘lg‘usi onalarga – Vatanning tirik timsollariga joy ber!”
Biz oriyatli xalqmiz. Kattani hurmat, kichikni izzat qilish qonimizga singgan. Xorij safarlarida bo‘lgan do‘stlar va yaqinlarimdan ko‘p eshitganman. U davlatlarda keksalarga hurmat ko‘rsatish yot narsa ekan. Buni o‘zim ham kuzatganman. Hatto, Makka va Madinaday islom beshigi bo‘lgan diyorlarda ham yoshlar keksalarga joy berishni xayoliga keltirmaydi. Bizda esa bu milliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Mana shu qadriyatni yoshlar orasida targ‘ib qilish, ularga o‘rgatish biz ziyolilarning vazifamiz. Metropoliten xodimlarining aytishicha, shu kabi roliklar va eslatmalar farzandlarimizga ijobiy ta’sir ko‘rsatyapti ekan.
Uzoq kutib, amallab vagonga ham chiqib oldim. Tutqichdan ushlab tursam, o‘rta yoshlardagi singlimiz joy berdi. Buni ko‘rgan norg‘ul yigit o‘rnidan turdi. Ikkalasi ham keyingi bekatlarda tushib qoldi. Ammo kimdir kamayib qolgani sezilmadi. Bu holat taniqli bolalar shoiri Abdurahmon Akbarning satrlarini esimga soldi:

Chiroyli edi bu hol,
Nafosatga edi boy.
Hamma yetdi manzilga
Va hammadan qoldi joy.

“Jadid” gazetasining 2025-yil 24-oktyabrdagi 43-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img79

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img595

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img593