08.07.2025 | 17:15
203
KREMNIY VODIYSIGA YETAKLAGAN INTIZOM. SARDORXON TURSUNXODJAYEVNING MUVAFFAQIYAT HIKOYASI
2025-yil uning uchun juda omadli boshlandi. 2000dan ortiq nomzod orasidan tanlanib, AT innovatsiyalarining yuragi – Kremniy vodiysidagi startapga qabul qilindi.
So‘z 23 yoshli muvaffaqiyatli dasturchi Sardorxon Tursunxodjayev haqida. U joriy yil boshidan beri sun’iy idrok yechimlari ishlab chiqaruvchi kompaniyada faoliyat olib bormoqda. Buni nafaqat uning hayotidagi, balki O‘zbekiston AT sohasi uchun faxrlanarli yutuq deyish mumkin.
Sardorxon axborot texnologiyalariga o‘spirinlik qiziqishidan boshlab Amerikadagi istiqbolli loyihaga qo‘shilishga qadar bo‘lgan yo‘li haqida Biznes Report’ga hikoya qilib berdi.

O‘quv kurslariga qatnamasdan dasturchi bo‘lish
Dasturlashni o‘rganish uchun hech qanday rasmiy o‘quv kurslariga qatnamaganman: GitHub loyihalari bilan tanishdim, yo‘l-yo‘riqli hujjatlar orqali texnik detallarni o‘zlashtirdim, Fireship, Brad Traversy va The Net Ninja kabi virtual “ustoz”lardan saboq oldim. 16 yoshga to‘lganimda allaqachon JavaScript va Python’da kichik avtomatlashtirish skriptlarini yoza boshlagandim. Tengqurlarim o‘yin o‘ynash bilan ovora, men esa mana shu o‘yinlar kabi dasturlarning poydevorini hosil qilgan kodlar olamida yashardim. Bir necha qator kod bilan qandaydir chigallikni yechish mumkinligi menga zavq bag‘ishlardi.
Ilk g‘alabali marralar
Toshkentdagi Inha universitetiga qabul qilinishim nazariya va amaliyot uyg‘unlashgan katta yo‘ldagi ilk qadam bo‘ldi. Tahsil asnosida amaliy tajriba orttitishga harakat qildim. Xususan, mamlakatda sun’iy idrok sohasidagi yirik o‘yinchi – MohirAI loyihasi jamoasiga qo‘shildim. O‘quvchilarga mos yo‘nalish tanlashda yordam beruvchi bu tavsiya tizimi “hard” va “soft” ko‘nikmalarimni rivojlantirgan katta maktab sifatida xizmat qildi.
Keyin o‘zimni turli musobaqa va tanlovlarda sinab ko‘ra boshladim. 2024-yilda Open Data Challenge musobaqasida qarzdorlik bo‘yicha SI ovozli bot loyihasi bilan
“Biznes sektori” bo‘yicha 1-o‘rin nasib qildi. Startup Weekend Central Asia dasturida call-markazlar uchun qo‘ng‘iroqlar analitikasi loyihasi bilan qatnashib,
2-o‘rinni egalladim.
Bu tanlovlar menga tezkor qaror qabul qilish, murakkab sharoitlarga moslashish va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini sezilarli rivojlantirish imkonini berdi.

Makondan tashqarida. Numeo
Sun’iy idrok asosida yirik avtomatlashtirish va e-mail infratuzilmalari bilan shug‘ullanuvchi Numeo kompaniyasida muhandislik vakansiyasini uchratgan kunim hayotimdagi jiddiy burilish pallasi bo‘ldi. Naq Kremniy vodiysida, innovatsion axborot texnologiyalarining yadrosida joylashgan loyihaga qo‘shilish uchun imkoniyat edi bu. O‘ylab o‘tirmay ariza topshirdim. Numeo CTO’si, Warner Bros sobiq bosh muhandisi Behzod Qodirovdan shaxsan saboq olish istagi ham bu qarorga katta turtki berdi.
Murakkab tizim dizayni va kod yechimlari bo‘yicha suhbatlar, 2000 dan ortiq nomzodlar o‘rtasida jiddiy raqobat, natija – men Numeo safidaman. Bunda soha bo‘yicha bilimlar bilan bir qatorda kommunikatsiya va yetakchilik qobiliyati ham asqatdi. Chunki yaxshi dasturchi nafaqat kod yozishi, balki bu kodlar asoidagi mohiyatni tushuntirib bera olishi ham lozim.
Global loyihada ishtirok sizni ham mutaxassis sifatida, ham kuchli fe’l egasi sifatida toblar ekan. Hozirda asosan Toshkentdan turib faoliyat olib borayotgan bo‘lsam ham, xuddi bir necha vaqt mintaqalarida yashayotgandekman: masalan, ertalab AQShdagi jamoa bilan, kechqurun Nigeriyadagi muhandislar bilan ishlaymiz. Jarayon uzluksiz davom etadi. Tushundimki, makon ikkilamchi, muhimi – maqsad va tafakkur tarzi. Yozayotgan kodlarimdan dunyoning turli nuqtalarida foydalanilayotganini bilish esa ishtiyoq bag‘ishlaydi.
Numeo’da millionlab xatlarni qayta yo‘naltiruvchi tizimlar, SI asosidagi avtomatlashtirish vositalari va server infratuzilmasini optimallashtirish bilan shug‘ullanyapman. E-mail tizimlaridan birida xotira oqimi muammosini topib, uni bartaraf etish orqali barqarorlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirishga erishganimda, rosti, o‘zimdan faxrlanib ketdim. Mana shu lahzalar uchun ham harakat qilsang arziydi.
Istiqbol
Biz, o‘zbekistonlik muhandislar, shiddatli global raqobat maydonida o‘zimizni ikki xususiyat:
moslashuvchanlik va ijodkorlik bilan namoyon qila olamiz. Chunki resurs taqchil bo‘lgan sharoitda ham katta natijaga erishishga odatlanganmiz. Har qanday startap aynan mana shu fazilatni izlaydi va qadrlaydi.
Maqsadim – sun’iy intellekt infratuzilmasida yangi avlod yetakchisi bo‘lish, kichik texnologik jamoalarga xalqaro bozorga chiqishda yordam berish, SI yechimlari orqali insonlarning hayotini qulaylashtirish. Makonni o‘zgartirmay turib ham global miqyosda yirik natijalarga erishish mumkinligini o‘z faoliyatim orqali amaliy isbotlasam deyman.
Tengqurlarimga, yo‘lini izlayotgan yoshlarga aytadiganim:muvaffaqiyat — intizom mevasi. G‘oyadan natijaga olib boradigan yagona yo‘l shu. Intizomga erishish uchun esa fursat ortidan quvmang – harakatni bugun, hozir boshlang. Xatodan qo‘rqmang. Izchillikka amal qiling.
Doston XUDOYOROV
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
178
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
122
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
159



