04.12.2025 | 11:34
205
KONSTITUTSIYA: XALQ IRODASI, ADOLAT VA TARAQQIYOT KAFOLATI
Konstitutsiya mamlakat hayotining siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy yo‘nalishlarini belgilab beruvchi bosh mezon, davlat va jamiyat taraqqiyotining ishonchli huquqiy tayanchidir. U fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlaydi, davlat hokimiyati tizimi va uning faoliyat yo‘nalishlarini belgilab beradi.

O‘zbekiston taraqqiyotining bugungi bosqichida Konstitutsiyaning ahamiyati yanada ortmoqda. Zero, unda belgilangan normalar jamiyatni yangilash, inson manfaatlarini ustuvor qo‘yish, fuqarolarning farovon hayotini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Asosiy Qonunga asoslangan islohotlar davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish, ochiqlik va adolat tamoyillarini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib kelmoqda.
Konstitutsiya xalq irodasining ifodasi sifatida O‘zbekiston kelajagini belgilashda bosh yo‘lchi vazifasini bajaradi. Unda belgilangan har bir qoida xalq farovonligi, milliy manfaat va barqaror rivojlanish uchun huquqiy kafolatdir.
Xalq – davlat hokimiyatining yagona manbai
1992-yilda qabul qilingan Konstitutsiyamiz 2023-yilda xalq ishtirokida – bevosita umumxalq referendumi orqali yangi tahrirda tasdiqlandi. Bu jarayon davlat va jamiyat munosabatlarining tamoman yangi bosqichga ko‘tarilganidan dalolatdir.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 7-moddasida qat’iy belgilangan:
“Xalq – davlat hokimiyatining birdan-bir manbai”. Demak, davlat organlari xalqqa xizmat qiladi, fuqarolarning manfaatlari esa islohotlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Bugun mamlakatimizda har bir qaror, har bir tashabbus avvalo xalq fikri, xalq istagi bilan belgilanmoqda.
Yurtimizda demokratiyaning ikki yo‘nalishi – bevosita va vakillik demokratiyasi uyg‘unlikda qo‘llanilmoqda. Oliy Majlis qonunlar qabul qiladi, Vazirlar Mahkamasi ularning ijrosini ta’minlaydi, sudlar esa adolat posbonidir.
Konstitutsiyaning 10-moddasi buni yaqqol ifodalaydi:
“O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Oliy Majlis va Prezident ish yuritishi mumkin”.
Hech bir siyosiy kuch, guruh yoki shaxs xalq nomidan so‘zlash huquqiga ega emas. Bu tamoyil mamlakatda siyosiy barqarorlik va huquqiy tartibotning eng muhim kafolatidir.
Konstitutsiyaga xilof harakatga yo‘l yo‘q
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 7-moddasi uchinchi qismiga ko‘ra, hokimiyat vakolatlarini o‘zlashtirish, yangi yoki muvoziy boshqaruv organlarini tuzish Konstitutsiyaga zid hisoblanadi va qonuniy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bu norma davlat suvereniteti, boshqaruv uyg‘unligi va tinchlik barqarorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti zamonaviy islohotlar, iqtisodiy-ijtimoiy yangilanishlar, xalq farovonligini oshirish strategiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Bu ulkan jarayonning bosh mezoni – Konstitutsiya, uning bosh qahramoni esa xalqning o‘zi.
Konstitutsiya – bizning huquqiy nigohimiz, kelajagimiz yo‘l xaritasi, mustaqilligimizning eng mustahkam tayanchi. 8-dekabr – Konstitutsiya kuni barchamiz uchun milliy g‘urur va faxr sanasidir.
Alisher ASATULLAYEV,
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi
KEÇA VA BUGUN
YAQIN ÖTMIŞDAN “ERTAK”LAR Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, ayniqsa, inson qadrini e’zozlaşga qaratilgan ezgu va oliyjanob işlar hammaning tilida, dilida. Kuni keça ham şunday böldi – bir davrada bugungi özgariş va yangilanişlar xususida söz ketdi. Har kuni bir yangilik, har kuni bir yengillik bölayotgani suhbat mavzusiga aylandi. Gurungda yoş döstlarimiz ham bor edi. Biz börttirmay, […]
17.11.2026 | 16:01
78
OG‘RIQ NUQTA
Statistik ma’lumotlarga köra, bugungi kunda mamlakatimizda örta hisobda kuniga 137 ta oila rasman ajraşmoqda. Şuningdek, joriy yilning birinçi yarmida 24 ming 815 oilaning nikohi qonunan bekor qilinib, ötgan yilning şu davriga köra bu raqam 6,3 foizga köpaygan. Bu sanoq faqat ajrimgagina oid, uning oqibatida ma’naviy-ruhiy jabr körgan bolalar va ular çekayotgan iztiroblar adadi faqat Yaratganga […]
17.11.2026 | 14:24
96
TADQIQOT-ROMAN
“Yaldo keçasi” asarini tadqiqot-roman sifatida baholaş mumkin. Çunki bu asar juda katta badiiy xomaşyoni qamrab olgan. Romanga asos bölgan material şu qadar keng qamrovliki, uni qamrab oliş va bemalol yayrab badiiy asar yozişni tasavvur qiliş qiyin. Ana şu çek-çegarasiz materialni ipidan ignasigaça diqqat-e’tibor bilan örganib çiqiş, saralaş, muhimlarini nomuhimlaridan ajratiş, har birini badiiy asar matniga […]
17.11.2026 | 12:37
86



