Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


17.12.2025 | 16:52

img3107

QARZ BERISHGA SHOSHILMANG!

UZCERT xizmati tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida, so‘nggi paytlarda “Telegram” orqali amalga oshirilayotgan firibgarlik holatlari keskin o‘syapti ekan.

Firibgarlar ochiq guruhlarga qo‘shilmasdan turib, undagi a’zolarni kuzatmoqda. Ular guruh a’zolaridan birining profilini to‘liq o‘rganib, ko‘chirib va quyidagi ma’lumot­larni nusxalamoqda: profil rasmi, ism-sharifi, @username, bio va boshqa elementlar.

Keyinchalik firibgarlar ushbu profildan foydalanib, guruhdagi boshqa ishtirokchilarga shaxsiy xabar yo‘llab, shoshilinch ravishda pul kerakligi haqida yolg‘on ma’lumot yubormoqda. Ular noma’lum shaxsga tegishli bank karta raqamini berib, zudlik bilan mablag‘ o‘tkazishni so‘ramoqda.

Natijada, tanishining profilidan kelgan xabarni tekshirmasdan pul o‘tkazib berish holatlari ko‘paymoqda va fuqarolarning moddiy-ma’naviy zarar ko‘rayotgani qayd etilmoqda.

Do‘stlar, shubhali akkauntlar orqali kelgan murojaatlarga ishonmang! Agar yaqinlaringiz nomidan xabar kelgan bo‘lsa, avvalo, ularning o‘ziga telefon orqali bog‘lanib tekshirishingiz maqsadga muvofiq.

Kuni kecha menga ham obro‘li tanishim telegramdan xabar yozibdi: “Shoshilinch pul o‘tkazib yuboring, qo‘ng‘iroq qilolmayman”. Darrov telefon qildim tinchlikmi deb. Qarasam hamma yoq tinch. Keyin boyagi akkauntga kirib yaxshilab qarasam, chat fonida “Rasmiy hisob emas” degan yozuv turibdi. Darhol bloklab qo‘ydim. O‘zi “To‘ydagi video”, “Yutuqli sovrin”, “Bepul premium” degan e’lonlarni ham ochmay  o‘chirib tashlayman.

Bugun telefonni tushunmayman degan bahona o‘tmaydi. Bo‘lmasa, beli og‘rimay pul topadigan shovvozlar topganingizni supurib ketadi. Qarindosh va do‘stlarga telegram orqali qarz bermang! Xafa bo‘lsa o‘ziga. Kerak bo‘lsa, o‘zi kelsin…

Zikrilla MUHAMMAD
Facebook

“Jadid” gazetasining 2025-yil 12-dekabrdagi 50-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img113

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333