Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


29.12.2025 | 14:09

img2749

QO‘G‘IRCHOQ

Turkiy xalqlarning madaniy hayotida qo‘g‘irchoqlar nafaqat bolalar o‘yinchog‘i sifatida, balki marosimlar va xalq tomoshalarida ham muhim o‘rin tutgan. Qo‘g‘irchoq so‘zi qadimgi yozma manbalardan biri “Devoni lug‘atit turk” asarida quzurchuq shaklida berilgan bo‘lib, hozirgi qo‘g‘irchoq ma’nosini to‘la aks ettiradi.

Oltoy tillarining etimologik lug‘atida so‘z ildizi kàkú so‘zi bilan bog‘lanadi. Kàkú “kesilgan, ajratilgan jonzot” ma’nosini bildirgan. Yanada qadimiy ildiz sifatida káka fe’li ko‘rsatiladi, u “sindirmoq, uzmoq, ajratmoq” ma’nolariga ega. “Ajratmoq” fe’li bilan hozirgi qo‘g‘irchoqning orasida qanday bog‘liqlik bor, dersiz? Qadimda bolalar o‘yinchoqlari ko‘pincha hayvon terisidan, yog‘ochning bo‘lagidan yoki shunga o‘xshash narsalardan yasalgan. Shu sababli ajratilgan bo‘lak o‘yinchoqning moddiy manbasi bo‘lgan. Odamlar mana shu bo‘lakka ishlov berib, qo‘l-oyoq chizib, jonivorga yoki odamga o‘xshatib yasashgan. Shunday qilib, u biror katta narsa­ning ajratilgan bo‘lagi, kichik nusxasi, ya’ni qo‘g‘irchoqqa aylangan. Bu qadimiy turkiy xalqlar tasavvurida qo‘g‘irchoqning “jonli mavjudotning kichik, yasama timsoli” sifatida qabul qilinganini ko‘rsatadi.

Vaqt o‘tishi bilan kàkú so‘zi kagur yoki qagur shaklida rivojlanib, turkiy tillarning aksariyatida fonetik o‘zgarishlarga uchragan. Deyarli barcha turkiy tillarda k/q tovushlari almashgan, so‘z qo‘qir/qo‘qur kabi shakllarga kirgan. Masalan, o‘zbekcha qo‘g‘irchoq, qozoqcha quwırshaq, qirg‘izcha qūrčaq, tatar tilida qurçak, boshqirdchada qursaq, turkmanda gurjaq, qoraqalpoq tilida quwırshaq.

Qardosh tillardagi fonetik farqlarga qaramay, so‘zning asosiy ma’nosi o‘zgarmagan holda saqlanib qolgan.

Iroda RAHMONALIYEVA,
TDSHU 1-kurs magistranti

“Jadid” gazetasining 2025-yil 19-dekabrdagi 51-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img43

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img123

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img313