19.04.2024 | 11:23
1127
ASR OSHGAN “GO‘ZAL YOZG‘ICHLAR”

XX asr avvalida jadid ziyolilari maorif sohasida joriy etgan yangilik va islohotlari bilan zamonaviy ta’limning tamal toshini qo‘yishdi. Bu davrda tayyorlangan darsliklar orasida “Go‘zal yozg‘ichlar” kitobi alohida o‘rin tutadi. Majmua bugungi kunda tuzilayotgan antologiyalarning ilk ko‘rinishi sifatida tarixiy davr adabiy muhiti va ruhini aks ettiradi.
“Go‘zal yozg‘ichlar”ga Elbek tartib bergan. Kitob 1923, 1925-yillarda ikki marta nashr qilingan. Elbek so‘zboshisida bu majmua o‘rta maktablarning “to‘rtinchi bo‘limi” uchun mo‘ljallanganini yozadi. Ammo “Go‘zal yozg‘ichlar” nafaqat maktab o‘quvchilari, balki milliy adabiyotini sevganlar uchun quvonchli voqea bo‘ldi. Elbek kitobning ikkinchi nashri so‘zboshisida shunday yozadi: “Go‘zal yozg‘ichlar” otli bu asarning bosilib maydong‘a chiqqonig‘a hali ko‘b vaqt o‘tmadi. Yolg‘iz ikkigina oy orasida olti ming nusxa bosilg‘on bir kitobning tarqab tugalishi chindan-da sevinarli bir ish! Biz bu kitobning ko‘b tarqalishin ko‘rar ekan, elimizning kitobga bergan ahamiyat va e’tiborlarini ko‘z oldig‘a keltirib, sevinmasdan o‘ta olmadiq…”
“Go‘zal yozg‘ichlar” hikoya, she’r, masal janrlarida yozilgan qirqqa yaqin ijod namunalarini o‘z ichiga olgan. Unga Cho‘lpon, Julqunboy, Elbek, Botu, V.Mahmud, A.Avloniy, Gʻ.Zafariy, Mirmulla, Saidali, Sh.Sulaymon kabi ijodkorlarning asarlari kiritilgan. Shuningdek, to‘plamda rus tilidan qilingan ayrim tarjimalar ham bor (“Binafsha”, “Qush qo‘shig‘i”). Majmuaning ikki nashri orasida muayyan farqlar kuzatiladi. V.Mahmudning “Toshloqlar”, “Qishloq”, “Ko‘klam kuni”, Saidalining “Buloq”, “Tabiatda bahor”, “Tabiatdan javob”, Fitratning “Qor” kabi asarlari o‘rniga “Ulug‘ bayram” (Choy), “Baynalmilal ashulasi” (muallifi ko‘rsatilmagan), “Marsiya”, “Paranji” (Botu), “Shifoli suv” (Subay), “Fol ko‘rguvchi chol” (Devayev) kabi boshqa asarlar kiritilgan. O‘zgarishlarni tuzuvchi Elbek shunday izohlaydi: “Bu kitob garchi darslik o‘laroq tuzilsa-da, hali bizdagi ilmiy kuchning ozlig‘idan kuchsiz ravishda yo‘qdan ko‘ra bor bo‘lib, darslik o‘rnin olib turadir. Bo‘lmasa, eksik o‘rinlari xeyli anchagina bor. Ikkinchi bosilishida yaxshig‘ina tuzatmak istagan bo‘lsaq-da, bir yoqdan shoshilinch safarga chiqib borishimiz, ikkinchi yoqdan “Davlat nashriyoti”ning tezdan bosishg‘a hozir ekanligi bizni juz’iy tuzatish bilan qanoatlanishka majbur etdi”. Darhaqiqat, “Go‘zal yozg‘ichlar”da Elbek nazarda tutgan maktablarning “to‘rtinchi bo‘limi” o‘quvchilari yoshiga unchalik mos kelmaydigan ijod namunalari ham bor. Biroq o‘sha davr siyosati, ijtimoiy tuzum va muhit inobatga olinsa, bu to‘plam uchun Elbekdan juda katta mehnat va jasorat talab qilingani oydinlashadi. Chunki majmua Fitrat, Julqunboy, Cho‘lpon, Botu, A.Avloniy, Gʻ.Zafariy kabi asl xalqparvar jadidlarning asarlaridan iborat edi. Shuningdek, Elbek imkon qadar tabiat lirikasi va didaktik ruhdagi masal, hikoyalarni tanlashga harakat qilgan.
2023-yili, ya’ni oradan roppa-rosa 100 yil o‘tib “Go‘zal yozg‘ichlar” arabiy yozuvdan joriy yozuvga tabdil qilinib, “Zabarjad” nashriyotida qayta chop etildi. Bu nashrda asarlar tiliga xos xususiyatlar to‘la saqlab qolingani bilan zamonaviy adabiy tilga moslab bosilgan ko‘plab manbalardan farq qiladi. O‘ylaymizki, kitobxon uchun asl matnni o‘qish maroqli va o‘quvchiga Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon ijod qilgan zamon ruhini his qilishga yordam beradi.
Laylo HAYITOVA,
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti
“Jadid” gazetasining 2024-yil 12-aprel 16-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
607
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
605



