Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


14.01.2026 | 10:50

img1199

ASKAR BOBOSI

Tarixga nazar tashlasak, millatimizning salkam bir yarim asrlik istibdod domiga tushishiga Turkiston zaminidagi ikki xonlik va bir amirlik boshida o‘tirgan hukmdorlarning harbiy salohiyat masalasiga e’tiborsizlik bilan qaragani, yov tashqarida fursat poylab turgan kezlarda ham arzimagan bahonalar bilan bir-birining ustiga qo‘shin tortib, yurtda – millat orasida parokandalikni yuzaga keltirgani, qo‘shin tuzish, uni saqlash, janglarga hozirlash borasida necha ming yillik an’ana va tajribalar unutilgani sabab bo‘lgani ayni tarixiy haqiqatdir.

Yurtimiz mustaqillikka erishgach, milliy qo‘shinni shakllantirish masalasi birlamchi vazifaga aylandi. Bunda avvalo ofitserlar tarkibini to‘la shakllantirishga alohida e’tibor berildi, shu maqsadda harbiy sohaning barcha turlari bo‘yicha komandirlar tayyorlovchi oliy o‘quv yurtlari ochildi, harbiy o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Bundan tashqari, bir qator viloyatlarda serjantlar maktabi ochilib, harbiy sohaga iqtidori bor yoshlar o‘qitilib, ular harbiy qismlarda eng asosiy bo‘g‘in – harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarni har tomonlama puxta tayyorlash, zamonaviy harbiy amaliyotlarda toblash jarayoniga bosh bo‘ldi. Faqat bugina emas. Bugun Yangi O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan “Temurbeklar maktabi”, “Jaloliddin maktabi”ga qattiq sinov ostida qabul qilinayotgan har bir o‘smir kelgusida Vatanimiz Qurolli Kuchlarining ofitserlar qatlamini muntazam to‘ldirib borishda katta ahamiyat kasb etadi.

Qurolli Kuchlarimiz eng zamonaviy qurollar bilan to‘la ta’minlangani alohida mavzu. Sohada olib borilayotgan islohotlar samarasini milliy armiyamiz xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan harbiy musobaqalarda hamisha eng oldingi o‘rinlarni egallab kelayotganida yaqqol ko‘ramiz.

Jiyanimning o‘g‘li vodiydagi nufuzli harbiy qismda xizmatni o‘tab qaytdi. Kuni kecha maktabni tamomlagan o‘smir bir yilda haqiqiy askarga aylanibdi. Uning har oyda havodan desant tushirish amaliyotlarida qatnashgani, parashyutda sakraganini eshitib, hayratlandik. Negaki, o‘tgan asrning yetmishinchi yillari adog‘ida sobiq ittifoqning chekka bir hududidagi qurilish qismida harbiy xizmatni o‘taganimizda, hatto biror marta qo‘limizga miltiq ushlab ko‘rmaganmiz  ikki yillik armiya qurilish maydonlarida g‘isht tashish, beton quyish bilan o‘tib ketgan.

O‘tgan yili 18-aprelda poytaxtga otlandim. Hazorasp poyezd bekatida 88 yoshli amakim bilan uchrashib qoldim. U singlisi, kelini bilan Farg‘onaga xizmatga yuborilgan nevarasining harbiy qasamyodida qatnashish uchun ketayotgan ekan. Shu kuni “Xiva – Toshkent” yo‘lovchi poyezdiga chiqqanlarning aksari aynan farzandlari harbiy qasamyod qabul qilishi munosabati bilan chaqirilgan ota-onalar edi.

Nevarasining harbiy qasamyodida qatnashib qaytgan amakim turli davralarda askarlarga yaratilgan sharoitlar haqida uzoq vaqt gapirib yurdi.

“Zamon juda ilgarilab ketgan ekan, – der edi amakim. – Bizlar xizmat qilgan davr bilan hozirgi davrni taqqoslasang, yer bilan osmoncha farqi bor. Harbiy qasamyod qabul qilingandan so‘ng nevaram bilan askarlar oshxonasida birga ovqatlandik. Oshxonasi eski zamonlarning restoranlaridan ham zo‘r ekan! Birinchi, ikkinchi taomlar, choy, non va turli salatlarni askarlar o‘zlari tanlab olar ekan. Ovqatlarning mazasi, to‘yimliligini ayting! Yashaydigan binolaridagi shart-sharoitlarni ko‘rib og‘zim ochilib qoldi. Barcha sharoit bor. Armiya emas, kurort deysiz!”

O‘tgan asrning elliginchi yillarida harbiy xizmatni o‘tagan amakimning hayratlarini tushunish mumkin.

Bir paytlar armiyaga bormaslik uchun tanish-bilishlarni ishga solish kuzatilgan bo‘lsa, bugun, aksincha, harbiy xizmatga borish uchun tanish-bilish topishga intiladiganlar bor. Sababi, bugun harbiy xizmat sharafli vazifaga, mard o‘g‘lonlarning sinov maydoniga aylangan. Harbiy xizmatni a’lo darajada o‘tagan yigitlar oliygohlarga imtiyoz asosida qabul qilinishi mamlakatimizda harbiy sohaga, shu sohaga daxldor fuqarolarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning yana bir yuksak ko‘rinishidir.

Mustaqil davlatimiz qisqa fursatda o‘zining qudratli armiyasiga ega bo‘ldi. Bugun Qurolli Kuchlarimiz mamlakat chegaralarini mustahkam qo‘riqlab turibdi – bir vaqtlar jadid bobolarimiz orzu qilgan harbiy salohiyatga ega bo‘lganimiz bilan faxrlansak arziydi. 

Ro‘zimboy HASAN

“Jadid” gazetasining 2026-yil 9-yanvardagi 2-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img61

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img586

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img583