Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 09:55

img470

BARCHAMIZ VATAN HIMOYACHISI,TINCHLIK POSBONI BO‘LISHIMIZ ZARUR

Yoshlarni harbiy kasbga yo‘naltirish, Vatan himoyasiga har doim shay turadigan yovqur askar qilib tarbiyalashda adabiyotning, kitobxonlikning alohida o‘rni bor. Shu maqsadda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Qurolli Kuchlar tarkibidagi barcha tuzilmalar o‘rtasida mustahkam hamkorlik o‘rnatilgan. Ma’naviyat kechalari, kitobxonlik tadbirlari va tanlovlari, kitob taqdimotlari, ijodiy uchrashuvlar muntazam tashkil etilmoqda.

Ma’lumki, mamlakat taqdiri millat ma’na­viyati bilan chambarchas bog‘liq eng muhim masaladir. Vatan tinchligiga daxldorlik tuyg‘usini chuqurroq his etish, ta’bir joiz bo‘lsa, yurt daxlsizli­gini yurakning tub-tubigacha singdirmoq kerak. Sarhadlarimizni qo‘riqlayotgan askar o‘g‘lonlarimiz yuragiga shunday ma’naviy quvvat beraylikki, ular baja­rayotgan vazifalariga shunchaki faqat harbiy xizmat deb qaramasinlar. Ularning qalbida ona Vatan tuprog‘ini asramoqning yuksak sharafi o‘chmas olov­ga aylansin.

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2023-yilda Yozuvchilar uyushmasi tomonidan Mu­dofaa vazirligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Mard askarga sovg‘a” turkumida ixcham kitob­larni nashr etish yo‘lga qo‘yilgan edi. Bu kitoblar ilk bora 11 nomda nashrga tayyorlanib, 35 ming nusxada chop etilib, barcha harbiy qismlar va okruglar, harbiy ta’lim muassasalariga yetkazildi. Shundan so‘ng “Mard askarga sovg‘a” loyihasini muntazam davom ettirish rejalashtirildi. Shu munosabat bilan 2024-yil­da ushbu turkumda yana 7 nomdagi kitob nashrga tayyorlandi.

Harbiylar hatto jismoniy va harbiy tayyorgarlik vaqtlarida ham bunday ixcham kitoblarni yonida olib yurib, mutolaa qilish imkoniga ega. 

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida ushbu turkum kitoblar taqdimoti o‘tkazildi. Unda Mudofaa vazirligi mas’ul xodimlari, harbiy xizmatchilar, harbiy ta’lim muassasalari va “Temurbeklar maktablari” kursantlari, muddatli harbiy xizmatchilar, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, faxriylar, taniqli shoir va yozuvchilar, san’atkorlar ishtirok etdi. Taqdimot jarayonini video­konferens-aloqa tizimi orqali Mudofaa vazirligining tegishli harbiy okrug­lari xizmatchilari ham onlayn tomosha qilishdi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublika­si Prezidentining maslahatchisi Xay­­­­­riddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Mu­dofaa vaziri, general-leytenant Bahodir Qurbonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, O‘zbekis­ton Kine­ma­to­grafiya agentligi Bosh direk­tori­ning birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev va boshqalar so‘zga chiqdi. Askarlar va kursantlar doim yonida olib yuradigan bunday cho‘ntak kitoblar yoshlarni o‘z burchiga sadoqatli, jasur va yovqur bo‘lishga da’vat etishi ta’kid­landi.

Qurolli Kuchlar akademiyasi kutub­xonasiga Yozuvchilar uyushmasi tomonidan chop etilgan kitoblar va “Turkiy adabiyot durdonalari”ning yuz jildligi tuhfa qilindi. Shuningdek, o‘zbek kino ustalari tomonidan suratga olingan harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi filmlar hamda taniqli rassomlarning yangi asarlari jamlanmasi taqdim etildi.  

Anjumanda kino, teatr, adabiyot, tas­viriy san’at, noshirlik sohalarining bir guruh faol vakillari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Yosh avlodni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

“Mard askarga sovg‘a” turkumidagi to‘plamlarda iste’dodli shoir va yozuv­chilarimizning yuksak insoniy fazilatlari, Vatan madhi, el-yurt qadri tarannum etilgan eng sara she’rlari, ta’sirchan hikoya­lari jamlangan. Ushbu asarlar nafaqat harbiylarni, balki yuragida yurt tuyg‘usi jo‘sh urgan barcha yoshdagi yurtdoshlarimizni yuksak vatanparvarlikka, jasorat va matonatga, fidoyilikka da’vat etadi. Kitoblardan o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandalari, bugungi yosh shoirlar­ning ijodidan namunalar o‘rin olgan.

Anjumanda taniqli san’atkorlar va harbiy­larning badiiy jamoalari ishtirokida konsert dasturi namoyish qilindi, Qutlibeka Rahim­boyeva, Salim Ashur, Shodi Otamurod, Shahriyor Shavkat kabi shoirlar to‘p­lamga kiritilgan she’rlarini o‘qib berdi.

Bir so‘z bilan aytganda, harbiy vatanparvarlik ruhida o‘tgan taqdimot tadbiri ishtirokchilar qalbida shaxt-u shiddat, jasorat va shijoat tuyg‘ularini alangalatdi. Ijodkorlar va harbiy xizmatchilar orasida mustahkamlanib borayotgan bu kabi hamkorliklar yurt tinchligi yo‘lida xizmat qilishi shubhasiz.

Zero, xalq va armiya birdamligi katta qudrat, san’at va adabiyot esa quvvatlantiruvchi kuchga ega. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, o‘zbekning bek so‘zli shoirasi Qutlibeka Rahimboyeva so‘zi bilan aytganda:

Ozod O‘zbekiston, ozod o‘zbeklar,

Har tovshi – bir shunqor ushlab turar tug‘.

Shunqorim, tug‘ingni balandroq tikla,

Dunyoda bundan-da yaxshi unvon yo‘q.

Ma’mura ZOHIDOVA

2024-yil 23-fevral 9-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img64

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img587

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img584