Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


23.01.2026 | 21:00

img971

CHO‘QQIDA QOLGAN OVCHI

(Chingiz Aytmatov aytib bergan afsona)

Juda uzoq yillar muqaddam bepoyon sahrolaru ulug‘vor tog‘lardan iborat bo‘lgan azaliy qirg‘iz yurtida Xo‘jayosh ismli yoshgina ovchi yashagan edi. U hurkak yovvoyi echkining ko‘zini bexato mo‘ljalga oladigan usta mergan edi. Bo‘rining izidan qush kabi shiddat bilan quvlab yetardi, yirtqichni yiqitardi. Bahaybat tog‘ cho‘qqilarini bemalol zabt etardi, dovyurak edi. U qo‘lga kiritgan o‘lja faqat uzoq-yaqin qarindoshlariga emas, balki butun ovulga ham yetib-ortardi. Xo‘jayosh ro‘para kelgan hayvonni o‘ldirmaguncha tinchimasdi; o‘zini shu yurtning xo‘jayinidek his qilardi: o‘ziga bino qo‘ygan edi.

Ajoyib kunlarning birida go‘zal qizga uylanmoqchi bo‘lib, oshlangan yo‘lbars, tulki terilarini xurjunga joylab, terilarning paxmoq va mayin yunglarini silab-siypalab sovchilarni “qulchilik”ka jo‘natadi. To‘y kuni ham belgilanadi. To‘yga juda ko‘p sarf-xarajat zarurligi ravshan edi. Xo‘jayosh neki boylikka ega bo‘lsa, hammasini faqat ovchiligi orqasidan topgandi. To‘y kuni yaqinlashgani sari u tez-tez ovga otlanadigan, ko‘plab har xil hayvonlarni o‘ldiradigan bo‘ladi. Go‘zal kelinchakning visoliga yetishmoq uchun hech narsadan qaytmaydi. Kechasi ham, kunduzi ham orom nimaligini unutadi. Yo‘lida uchragan hayvonni ham, qushni ham ayamasdan qiyrataveradi.

O‘lja izlab yurgan ovchi bir kuni kutilmaganda suv kalamush oilasiga duch kelib qoladi; shu kuni suv kalamush oilasida kelintushdi bo‘layotgan ekan. Suv kalamushlar oydin tunda xuddi odamlar kabi qo‘shiq aytishib, o‘yin-kulgi qilishardi. So‘ng kelinni qo‘shni inga – kuyov huzuriga kuzatib qo‘yadilar. O‘yin-kulgiga berilib ketgan hayvonlar odatdagi ehtiyot choralarini unutadilar. Kelinni kutib olish uchun baxtiyor kuyov o‘z jo‘ralari qurshovida chiqib keladi. Bir-birlari bilan yuz ko‘rishgan quda-qudag‘aylar to‘y tantanalarini davom ettiradilar. Bu marosimni sas chiqarmasdan kuzatib o‘tirgan Xo‘jayosh yaqinda bo‘lajak o‘z to‘yini, kelinchakni ko‘z oldiga keltiradi – yuragi orziqib ketadi. Suv kalamushlarning mo‘ynasi qimmatbaho edi. Undan chiroyliroq, qimmatroq narsani deyarli topib bo‘lmasdi. Agar hozir anavi hayvonlar qo‘lga tushirilsa, bundan ortiq o‘lja bo‘ladimi?! Xo‘jayosh egnidan po‘stinini yechadiyu shu zahoti o‘yin-kulgi bilan ovora bo‘lgan suv kalamushlar ustiga yopib, hammasini bosib oladi va hayvonlarni bitta-bittadan bo‘g‘ib o‘ldiradi.

Tog‘ daralari orasiga quvlab kiritilgan yovvoyi echkilarni ham u xuddi shunday shafqatsizlik bilan mahv etadi. Tirik qolgan Kulrang Echki ovchining yoniga kelib: “Yovvoyi echkining ko‘ziga bexato uradigan ovchi faqat sensan. Bu olamda sendan boshqa usta mergan bo‘lmasa kerak. Lekin, hamma narsaning ham chegarasi bor. Aftidan, sen o‘sha chegarani esingdan chiqarib qo‘ygan ko‘rinasan. O‘tinib so‘rayman, endi bizga tegma, rahming kelsin! Bizning avlodimizdan faqat bir juft echki qoldik. Naslimizni davom ettirishimiz uchun imkon bergin, bizni qirib yubormagin!” deb Kulrang Echki yig‘lab yuboradi.

Xo‘jayosh echki bilan pachakilashib o‘tirmaydi – bir o‘q bilan uni yiqitadi. Buni ko‘rgan sovliq echki: “Sen echkilar naslining urug‘ini quritding! Bitta o‘q bilan butun umidimizni puchga chiqarding-ku! La’natlar bo‘lsin senga, Xo‘jayosh! Shu daqiqadan boshlab endi birorta jonivorni otolmaysan. Agar ishonmasang, mana, meni otib ko‘r-chi!” deydi yurak-bag‘ri xun bo‘lib.

O‘ziga bino qo‘ygan ovchi sovliqning gaplarini eshitib, miyig‘ida kulib qo‘yadi. Keyin tizzalariga shap-shap urib qahqaha otib yuboradi. Jarangdor kulgi tovushidan tog‘lardagi toshlar yumalab tushadi. Lekin, sovliq echkining gaplari chin haqiqat bo‘lib chiqadi: Xo‘jayosh pinak buzmay echkini nishonga olib o‘q uzadi-yu, biroq na birinchi, na ikkinchi, na uchinchi o‘q mo‘ljalga tegadi!

– Hechqisi yo‘q, men senga quvlab yetamanda pichoq bilan bo‘g‘izlab o‘ldiraman! – deydi ko‘ziga qon to‘lib ketgan ovchi.

U sovliqning ortidan tashlanadi. Kulrang sovliq esa toshdan toshga, qoyadan qoyaga yengilgina sakrab-sakrab toshloq dara bo‘ylab cho‘qqiga qarab qochib boradi. Xo‘jayosh ham jon holatda sovliq ortidan tirmashib yuqoriga chiqaveradi va ilgari odam oyog‘i yetmagan tik qoya ustiga qanday qilib chiqib qolganini o‘zi ham sezmaydi. Es-hushini yig‘ib, mundoq atrofiga qarasa, o‘q yetmas masofada faqat yaydoq qoyalar ko‘rinadi. Orqaga qaytib bo‘lmasdi. Shunda kulrang sovliq echki:

– Son-sanoqsiz o‘ldirilgan hayvonlarning xunini to‘laydigan payt keldi, – deydi. – Sening dastingdan biz ozmuncha ko‘zyosh to‘kdikmi! Endi so‘nggi damlarda o‘zing ham yig‘lab-yig‘lab to‘yib olgin!

Dunyodan umidlari uzilgan, muqarrar halokatga mahkum bo‘lgan Xo‘jayoshning o‘krab-o‘krab, sannab-sannab yig‘layotgan tovushi tog‘-toshlar uzra uzoq vaqt taralib turadi. U haddan tashqari shafqatsiz, bemehr, adolatsiz bo‘lgani uchun o‘zini o‘zi qarg‘ab-qarg‘ab yig‘lardi. Mana shu xosiyatsiz qoyadan ajal komiga uchib ketajagini bilib, sho‘r peshonasiga mushtlab-mushtlab yig‘lardi. Uning motamsaro tovushini eshitgan inson ham, yirtqich hayvon ham qo‘rquvdan dahshatga tushardi. Biroq, nihoyatda kechikib aytilayotgan istig‘fordan, achchiq tavba-tazarrudan endi hech qanday foyda yo‘q edi.

Taqdirning og‘ir zarbasiga uchragan Xo‘jayoshning qallig‘i kechirim so‘rash uchun kulrang sovliq echkini qidirib tog‘lar tomon otlanadi. Bir necha yil izlaydi, lekin kulrang echki qayoqqadir g‘oyib bo‘lgandi. Ovchining qallig‘i keksayib, kampirga aylanadi. Gʻam-anduh ezib yuborgan kampir bir kuni to‘y-to‘y o‘ynayotgan suv kalamushlarni uchratib qoladi. Oydin oqshom edi. Kelinni kuyov huzuriga uzatib borayotgan hayvonchalar oy shu’lasida qo‘shiq kuylashardi, raqsga tushardi.

Bu holatni ko‘rgan Xo‘jayoshning qallig‘i achchiq-achchiq yig‘lab yuboradi:

– Hech bo‘lmasa, mana shu hayvonlarga ato qilgan quvonchlaringdan zarrasini menga ravo ko‘rmadingmi, taqdir!

✍️ «Cho‘qqida qolgan ovchining ohi-zori» (Chingiz Aytmatov, Muxtor Shoxonov) kitobidan


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img117

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img97

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img145