09.03.2026 | 15:32
3283
MARIYA KYURI – TARIXDA O‘CHMAS IZ QOLDIRGAN, MATONAT VA VATANPARVARLIK TIMSOLI BO‘LGAN NOBELCHI
Mariya Sklodovskaya-Kyuri 1867-yilning 7-noyabrida Polshada kambag‘al o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. O‘sha vaqtda vatanida xotin-qizlar uchun oliy ta’lim olish taqiqlangani bois 24 yoshida Fransiyaning Sorbonna universitetiga o‘qishga kiradi.

FAQAT BIRINCHI
Mariya Kyuri hayoti va faoliyatida “birinchi” sifatiga takror-takror duch kelamiz. U Fransiyada fan doktori darajasini olgan birinchi ayol. Parij universiteti (Sorbonna) tarixidagi birinchi ayol o‘qituvchi va professor.
Nobel mukofoti bilan taqdirlangan birinchi ayol. Ikki karra Nobel olgan birinchi inson hamda ikkita fan sohasida ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan yagona olima. Shuningdek, Kyurilar “birinchi nobelchi oila” hisoblanadi.
Birinchi Jahon urushi davrida birinchi bo‘lib mobil rentgen stansiyalarini (“Kichkina Kyurilar”) tashkil qilgan. 1995-yilda uning xoki Fransiyaning eng buyuk shaxslari dafn etiladigan joyga ko‘chirildi. U bu sharafga loyiq ko‘rilgan birinchi ayol bo‘ldi.
VATANSEVAR KASHFIYOTCHI
1903-yilda Anri Bekkerel “radioaktivlikni kashf etgani uchun”, er-xotin Kyurilar “radiatsiya hodisalarini birgalikda tadqiq qilgani uchun” fizika yo‘nalishida Nobelga sazovor bo‘ladi.
Keyinroq Mariya turmush o‘rtog‘i Per Kyuri bilan uran tarkibini o‘rganish jarayonida unga nisbatan 400 marta ko‘proq radioaktivlikka ega moddani kashf qiladi. Olima garchi Fransiyada yashayotgan bo‘lsa ham, ona vataniga bo‘lgan muhabbati zarracha susaymagandi. Shu sabab, yangi moddani Polsha sharafiga “poloniy” deb ataydi. Kyurilar poloniyni kashf qilgach, unda yana qandaydir nur taralayotgan modda borligini sezib qoladi. Bu qiziqish esa Mendeleyev jadvalining 88-elementi bo‘lgan “radiy” kashfiyotiga sabab bo‘ldi.
Mariya Kyuri 1911-yilda radiy va poloniy elementlarini kashf etgani, radiyni sof metall holida ajratib olgani hamda uning tabiatini o‘rgangani uchun kimyo bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ko‘riladi. Afsuski, bu paytga kelib eri fojiali tarzda halok bo‘lgan edi.
ILM – INSON UCHUN
Mariya xonim zamonaviy tibbiyot, fizika va energetika sohalarida inqilob yasadi. Bugungacha ham uning kashfiyot va ixtirolari millionlab odamlar hayotini saqlab qolishga xizmat qilmoqda:
Saratonga qarshi kurash – Kyurilar radiy sog‘lom hujayralarga qaraganda kasallangan hujayralarni tezroq parchalashini aniqladi. Shu tariqa nur muolajasi (radioterapiya) sohasiga asos solindi.
Soddalashtirilgan rentgen – Birinchi Jahon urushida mobil rentgen apparatlari (“Kichkina Kyurilar”) yordamida askarlar tanasidagi o‘q va mina parchalari tezkorlik bilan aniqlanib, bir milliondan ortiq insonning hayoti saqlab qolindi.
Atom va yadro fizikasi taraqqiyi – Mariya Kyuri radiatsiya moddalarning kimyoviy reaksiyasi hosilasi emas, balki atomning ichki xususiyati ekanini isbotladi. Bu kashfiyot atom tuzilishi haqidagi tasavvurni butunlay o‘zgartirdi, keyinchalik yadro energetikasi hamda atom fizikasining rivojlanishiga yo‘l ochdi.
E’tiborlisi, Kyurilar radiy uchun patent olmagan – ular ilm-fan butun insoniyatga tegishli deb hisoblashgan.
JONFIDO
Mariya Kyuri 1934-yil 66 yoshida Fransiyadagi sihatgohda vafot etgan. Shifokorlar unga qon ishlab chiqarish tizimining buzilishi tashxisini qo‘ygan. Bu kasallik ko‘p yillar himoya vositalarisiz radioaktiv moddalar bilan ishlashi va urush davridagi rentgen nurlanishi ta’sirida yuzaga kelgan.
Xoki radiatsiya tarqatgani sababli 2,5–3 santimetr qalinlikdagi qo‘rg‘oshin bilan qoplangan tobut ichiga joylashtirilgan. Olimaga tegishli laboratoriya daftarlari va shaxsiy buyumlari shu darajada radiatsiya bilan zaharlanganki, ular Fransiya Milliy kutubxonasida qo‘rg‘oshin qutilarda saqlanadi.
MUNOSIB AVLOD
Mariya Kyurining to‘ng‘ich qizi Iren Jolio-Kyuri va kuyovi Frederik Jolio-Kyuri ham ilm-fan olamida yuksak cho‘qqilarni zabt etishgan.
Iren Birinchi Jahon urushi davrida onasi bilan birga rentgen hamshirasi bo‘lib ishlagan. Keyinchalik Radiy institutida ilmiy faoliyatini davom ettirib, o‘z davrining eng mashhur olimalaridan biriga aylandi. Frederik Mariya Kyurining shogirdi edi. Irenga uylangach, Kyurilar oilasiga hurmat ramzi sifatida o‘z familiyasiga “Kyuri” nasabini qo‘shib olgan.
Er-xotin 1935-yilda sun’iy radioaktivlikni kashf etganlari uchun kimyo bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.
XULOSA
Mariya Kyuri – matonat, fidoyilik va ilmga sadoqat timsoli. Ilm-fan qudratini o‘ziga bo‘ysundirgan va shu orqali jamiyatdagi ayollarga nisbatan qo‘yilgan stereotiplarni ayovsiz parchalab tashlagan olima dunyo yoshlariga ibrat sanaladi.
Jasmina ISROIL tayyorladi.
“Jadid” gazetasining 2026-yil 27-fevraldagi 9-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
182
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
161
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
370



