14.04.2026 | 18:12
2357
NEGA SUQSURDAY DEYMIZ?
Xalqimizda chiroyli, kelishgan, go‘zal qizlarga nisbatan “Suqsurday qiz bo‘pti”, “suqsurdakkina” degan iboralar qo‘llanadi.

Bir qarashda bu so‘zda suq so‘zi borligi uchun “suq tegadigan darajada chiroyli” deb ham o‘ylash mumkin.
Qizlarga suqsurday deb beriladigan ta’rifdagi suqsur so‘zining ma’nosini hamma ham bilavermaydi. Shuning uchun suqsur so‘ziga alohida to‘xtalyapman.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da bu so‘zga shunday izoh bor: suqsur – o‘rdaksimonlar oilasiga mansub, patlari uzun va ingichka qush.
Ko‘kqamish ko‘lidan suqsur uchirdim,
Suqsurni izlagan lochin bo‘laman.
“Alpomish” dostonidan.
Shu o‘rinda so‘na – yovvoyi o‘rdakning erkagining nomi ekanini ham eslatib o‘tish joiz.
Eshqobil SHUKUR
“Jadid” gazetasining 2026-yil 27-martdagi 13-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
107
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
139
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
331



