24.12.2024 | 12:01
474
ISMIMIZDAN NEGA UYALAMIZ?!
– Ko‘zingizga qaramaysizmi!
– O‘zingiz-ku, kelib urilgan!
– Ko‘chaning o‘rtasida turasizmi?!
– Menga qarang. Ismingiz nima?
– “Jorj”. Nima edi?
– Mening bir do‘stim bo‘lar edi, Jo‘raqul degan. Shunga o‘xshab ketar ekansiz.
– To‘xta-to‘xta. Umaralimisan?!

Said Ahmad, Alp Jamol, Ergash Karimov, Elbek Musayev kabi ijodkor adiblarimiz jamiyat hayotida bo‘ladigan ishlarni 40-50 yil oldindan ko‘ra bilgan nazarimda. Bo‘lmasa, hammamizga ma’lum va qancha ko‘rsak qayta-qayta ko‘radiganimiz “Uchrashuv” nomli hajviy filmlar jamlanmasidagi yuqoridagi kabi voqelik orqali bugungi kunda urchiydigan ijtimoiy illatlarni go‘zal yumor tarzida bayon etmas edilar.
Ijtimoiy taraqqiyot davomida mavjud sohalarda yutuqlarga erishgan, ilm-fanga qo‘shgan hissalariga qarab ayrim shaxslarga ismlarining yoniga “kunya – laqab” berilgan. Bu “kunya – laqab”lar barcha tomonidan tan olingan, e’tirof etilgan. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi allomalarimizni eslashning o‘zi kifoya.
Bugungi kunda esa xuddiki, odamlarimiz o‘z ismlaridan uyalayotgandek tasavvur uyg‘otadi. Buni ayrimlarning ismi qolib, odamlar boshqa nom bilan atashlarini xohlayotganliklarida kuzatamiz.
Tadbirdan keyingi suhbatdan:
– Shu rasmlarni menga telegramdan tashlab bera olasizmi?
– Albatta!
– Telegramga “BOTA” deb yozsangiz, mening jarangdor “NIK”(nom)im chiqadi!
– Ismingiz Botir-ku. Botir deb yozsam, chiqmaydimi?
– Yo‘q, meni hamma “BOTA” deb bilishini va shunday chaqirishini istayman.
– Shuni o‘rniga “Bo‘tqa” deb qo‘ymabsizda “NIK”ingizni.
– Nega?
– Yanada jarangdor, hammaga tushunarli va muhimi o‘zbekcha bo‘lardi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘zini ko‘rsatish, nom chiqarish uchun ayrim yigit-qizlarimiz ismi qolib turli “NIK”lardan foydalanishmoqda. “mitti.me”, “Dili.me”, “liil”, “Seylisha”, “Sardor gangster”, “Bonamur” va hokazo.
O‘sha mashhur “Uchrashuv”ga qaytsak. Ergash Karimov “Sarimsoqpiyoz” tilidan “…shuncha ishlab “Shaftoli qoqi”, “Burunboy”, “Qizilishton”, “Novcha”, “Ulamasoch”, “Shu-shu domla” kimligini bilmasangiz. Omon bo‘ling-e, omon bo‘ling-e”, deya kesatadi Roza Karimova – “Lampa shisha”ni.
Yuqorida nomlari muayyan “NIK”lar asosida darj etilgan odamlarimizni xalqimiz qanday nomlar bilan atasa…
…Bugun aksariyat yigit-qizlar, ba’zan kattalar ham san’atda yaratilgan go‘zal ijod namunalarini taqlidan qayta jonlantirib, obro‘ qozonishga harakat qilmoqda. Bu jarayon shunchalik urchib ketdiki, oqibatda jamiyatda san’atning “bachkanabozlik”, “tuturuqsizlik”, “betayinlik” kabi ommaviy ko‘rinishlari paydo bo‘lmoqda. Bu jihatlar “iste’dodning yangi ko‘rinishi” sifatida TVdagi ayrim ko‘rsatuvlarda ham aks ettirilmoqda.
Xalq ommasiga taqdim etilayotgan seriallar ham Gʻarbga taqlid sifatida ishlanmoqda. Asosan oilaviy muammolarga bag‘ishlangan seriallarimizda er-xotin munosabatlarida ochiqlik, oshkoralik birinchi darajaga olib chiqilayotir. Erning jazmani bor, xotinning xushtori. Shu sababdan 16+, 18+ kabi belgilar ko‘payib ketdi.
Oila davrasida, bola-chaqa bilan televizor ko‘rishga ham xijolat bo‘lasan. Biror bir sharmsiz holat paydo bo‘lib qolmasin, deb.
Eng ajablanarli tomoni shuki, o‘z ismidan uyalib, turli “NIKNEYM”lar ortiga berkingan aksar yoshlar omma oldida tuturiqsiz qiliqlar qilishdan hayo qilishmayapti.
Bahrom BOYMURODOV,
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi
Facebook
“Jadid” gazetasining 2024-yil 20-dekabrdagi 52-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
77
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
594
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
592



