Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


29.04.2026 | 14:52

img2799

“…ABYOT GUL, ASH’OR GUL”

Kuyga jon bag‘ishlagan muxammas

Qaysi falak burjining mehri
puranvorisen,
Qaysi sadaf durjining gavhari
shahvorisen,
Qaysi Xo‘tan ohusin nofayi totorisen,
Qaysi chamanzorning lolayi gulnorisen,
So‘yla menga, ey sanam,
kimni sevar yorisen?

Uch ming yillik tarixga ega “Lazgi” kuyiga atoqli san’atkor Komiljon Otaniyozov bundan roppa-rosa 66 yil burun so‘z bog‘lagan. Kuyga chippa yopishgan bu asar Komil Xorazmiy qalamiga mansub muxammas edi. Aytadilarki, mo‘jizali so‘z mana shunday jonbaxsh musiqaga yangi jon ato eta olgan.

“La’li jonbaxshing erur ruhi ravon Komilg‘a”

O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin Rahimovning “Nargis” qo‘shig‘ini bilmagan, sevib tinglamaydigan odam yurtimizda topilmasa kerak. Ko‘plab ijrochilar tomonidan qayta-qayta kuylab kelinayotgani ham bu qo‘shiqning ommaviyligi va shuhratidan darak.

Ey yuzing ko‘zgusiga volayi hayron nargis,
Ko‘zing ollidadurur surati
bejon nargis.
Go‘yo topdi chaman sori xiroming xabarin,
Fosh etar har kecha gulshanda
charog‘on nargis…
Tashla shahlo ko‘z uza zulfni
sunbul yanglig‘,
Ko‘rubon bo‘lsin oni zor-u
parishon nargis…

Bu betakror san’at namunasi tafakkurimizga shu darajada mustahkam o‘rnashib qolganki, endilikda hatto g‘azalni g‘azal sifatida o‘qish mushkul, tilimizda o‘sha mashhur qo‘shiqning xirgoyisiga aylanib ketaveradi. Albatta, bu ham Komil Xorazmiy g‘azalining ohangdorligidan nishona.

Novator shoir

Komil Xorazmiyning biror kitobi so‘nggi yillarda nashr etilmagani uchun yaqinda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida chop qilingan “Devon” shoir asarlarini yaxlit holda o‘qish va zavq olish imkonini beradi.

“Devon” bilan tanishgan o‘quvchi muallifning o‘z davrida adabiy novatorlik yo‘lidan borganiga amin bo‘ladi.

Har bir oraliqda bitta so‘z takrorlanib keladigan mana bu satrlarga e’tibor bering:

Mango qilma, ey mohi olijanob,
Itob-u itob-u itob-u itob.
Erur ishqing o‘tiga ko‘nglim mudom,
Kabob-u kabob-u kabob-u kabob.

Yoxud:

Loladek ishqingda ko‘nglum, ey nigor,
Dog‘dor-u dog‘dor-u dog‘dor.
Tig‘i hajringdin erurman borho,
Dilfigor-u dilfigor-u dilfigor.

Yana:

Qilma arsh o‘lsa yering, oting Buroq,
Tumtaroq-u tumtaroq-u tumtaroq.

Bir muxammasda:

Mango qilmay irsol-u payg‘omlar,
Chaman sahnida subh ila shomlar,
Raqibim bila no‘sh etib jomlar,
Olib xalqdin sabr-u oromlar,
Diloromlardur, diloromlar.

G‘azal radifida kelayotgan so‘zlarning oldingi so‘zlarga hamohangli ham o‘ziga xos:

Zihi, vujuding etib barchadin
kirom karim,
Qopungda topsa bo‘lur anbiyo
maqom muqim.

Yana bir misol:

Ichkali ochtim labingdin
bodai gulfom fam,
Vahki, bo‘ldi qismatim,
ey sarvi gulandom, dam.

Har ikki she’r ohangi shu ruhda oxirigacha davom etadi.

Xullas, muallif bir g‘azalida yozganidek, “Devon” ichra: “Masnaviy gul, qit’a gul, abyot gul, ash’or gul”.

Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari “Podshohlar zikrida” bobida keladigan ikki qatorgina tanbehdan ilhomlangan Komil Xorazmiy shu bayt asosida tazmin o‘laroq yetti bandli musaddas bitishi va har band yakunida buyuk mutafakkir o‘giti tarje – takror kelishida ham yangilik ko‘rinadi:

Ey nafs-u havo amrig‘a ma’muru-l hol,
Ko‘nglung aro joygir afgor mahol,
Jam’ aylamak istabon
o‘kush mol-u manol,
Ko‘rguzma har ishda zinhor isti’jol,
Har kimsaki aylasa oshuqmasni xayol,
Yafrog‘ni ipak qilur, chechak bargini bol.

Xorazmiy she’rlari, yuqorida aytganimizdek, avvalo, ohangdorligi bilan ajralib turishi rost. Jumladan, “Devon”da “Ey rashki pari, sham’inga parvona bo‘lubman”, “Qolib ahbobdin tanho-u zor o‘lg‘ong‘a yig‘larman”, “Agar ul sarvi ozodimg‘a ermassen qul, ey qumri”, “Toki mehring jismi vayronimdadur jon, ey pari” singari ichidagi ohangi yaqqol o‘ynoqlab ko‘rinib turgan o‘nlab g‘azallar borki, o‘z bastakor va hofizlarini kutayotganga o‘xshaydi.

Xo‘sh, Komil Xorazmiy kim o‘zi?

Komil Xorazmiy nomini ko‘pchilik asosan “Lazgi” so‘zining muallifi sifatida bilishi mumkin. Uning hayoti va faoliyati haqida hamma ham to‘liq ma’lumotga ega emas. “Jadid” gazetasining 2026-yil 20-fevral sonida e’lon qilingan Ro‘zimboy Hasanning “Komil Xorazmiy kim edi?” nomli maqolasidan ma’lum bo‘lishicha, uning asl ism-sharifi Pahlavon Niyoz Muhammad, Komil Xorazmiy esa taxallusidir. 1825-yili Xivada mudarris Abdulla oxun oilasida tug‘ilgan. Otasidan arab va fors tillarini, Xivada asirlikda yashayotgan askarlardan rus tilini o‘rgangan. U shoir sifatida o‘z davrida g‘oyatda mashhur bo‘lish bilan birga, xattotlik va musiqa san’atida ham yuksak iqtidorga ega bo‘lgan. Shu bois, 31 yoshida Xiva hukmdori Said Muhammad uni saroyga aynan xattotlik vazifasiga taklif qilgan. O‘z iqtidori bilan mirzaboshilikka, so‘ngra saroyda bosh vazirdan keyin turuvchi eng yuqori mansab – devonbegi lavozimiga tayinlangan, xonlikning barcha hujjatlari va iqtisodiy kirim-chiqimlari aynan devonbegi tomonidan yuritilgan.

U real vaziyatdan kelib chiqib sulhparvar siyosat yuritgan, xususan, qilich-qalqon, cho‘qmor, pilta miltiq kabi ibtidoiy yaroqlar bilan qurollangan xonlik lashkari 1873-yilning bahorida zamonaviy qurollar bilan uch tomondan bostirib kelgan chor hukumati qo‘shiniga qarshi tura olmasligi, oqibatda yurt vayron bo‘lishini anglagan holda, sulh tarafdori sifatida maydonga chiqqan, “Gandimiyon shartnomasi” matnini rus va o‘zbek tillarida aynan Pahlavon Niyoz Muhammad yozgan.

Komil Xorazmiy jadid harakatiga qo‘shilgan, Islomxo‘ja va boshqa vohalik jadidlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan, Xivada ilk yangi maktabni ham aynan u ochgan, maktab o‘quvchilari qisqa vaqtda yuzdan oshgan. Muhammad Rahimxon soniy bilan Peterburgga borib qaytgach, Turkistonda ilk toshbosma Xivada tashkil qilinishiga bosh-qosh bo‘lgan. “Tanbur chiziqlari” nomli o‘zbek nota yozuvini ixtiro qilishi Komil Xorazmiyning milliy musiqa san’atimizdagi buyuk xizmatlaridandir.

Darvoqe, biz muxtasar keltirgan bu kabi qiziqarli ma’lumotlar “Devon”da uchramaydi. Shu bois, kitob mutolaasiga kirishayotgan adabiyot muxlislariga gazetamizning doimiy muallifi Ro‘zimboy Hasanning ushbu maqolasini qo‘shib o‘qishni tavsiya etamiz.

Ikrom ISKANDAR

“Jadid” gazetasining 2026-yil 24-apreldagi 17-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img110

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img142

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333