Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


30.04.2026 | 16:22

img1053

XONISH (YOKI TONISH)

Shinavanda ulpatlarimdan biri san’atchilarni uchiga chiqqan hozirjavob deb alqaganini eshitganim bor. Kecha Abbos qotma nikoh to‘yini qaytarma qilganida ITda tarqagan shou-shuvli soliq dahmazasiga javoban bir o‘lan eshitdim-u, bir qo‘lim bilan o‘z yoqamni, bunisi bilan yallachini yoqasidan tutdim. Barhaq, zang‘arni shikoyati o‘ta poyintar va beparda edi. Harna, bul yuvuqsizga taskin bo‘lar deb, ushbu qaltis mavzuni qog‘ozga chalpak qildim.

“Soliq” so‘zin eshitsam, qaqshaydi ustixonim,
Lunjimda qotar qazi, labimda to‘ng‘ir xonim.
Bu nechuk achchiq savdo, ey kavkabi osmonim,
Nahot puturdan ketdi, voh, taralla zamonim?
Olarda kirar jonim, berarda chiqar jonim.

Oliq bor-u soliq yo‘q ro‘zgorimga ko‘z tegdi,
Yo bir qinjir noibga g‘oyibidan so‘z tegdi,
Yo bloger janasga hangiteri go‘s* tegdi,
Yoki palakat bosib, o‘rtakashga po‘st tegdi.
Olarda kirar jonim, berarda chiqar jonim.
Aravakash, nospurush, go‘rkov, ovchi, shopir ham,
Novvoy, g‘assol, sartarosh, paxtakor-u shoir ham,
O‘tparast-u butparast, yahud, muslim, kopir ham,
Soliq to‘lar deydilar uchaskavoy Sobir ham,
Olarda kirar jonim, berarda chiqar jonim.

Shu xalqning o‘zi bizni tantiratib o‘stirib,
“Oposh-oposh” qildi-ku besabab pul qistirib,
Nahot endi berganin olsa, hayhot, qustirib,
San’at koshonasining porloq ko‘shkin buzdirib?
Olarda kirar jonim, berarda chiqar jonim.

Bizlar sopol mushukdek faqat olib yashadik,
O‘ngni o‘pirib, chapga changal solib yashadik,
Xit paradda itarib, do‘stni chalib yashadik,
Mov mushukdek hayotdan nuqul nolib yashadik.
Olarda kirar jonim, berarda chiqar jonim.

Otarchidir otimiz, otib ketamiz, yor-yor,
O‘yinchimiz – o‘ng‘ayda yotishimiz ham darkor,
Ulusni ko‘tarasi sotib ketishimiz bor,
Sotamiz-u, birovga bir tin** bermaymiz zinhor,
Olarda kirar jonim, berarda chiqar jonim.

Shamsiy yil hisobiga hamal (qo‘zichoq) oyining 23-g‘iratongida so‘nayotgan zahil yulduzlarga ma’yus boqib, abadiyatga mixladim.

Sattor SUROB

go‘s* – jang nog‘orasi.
tin** – tiyin (qistirishga yaramaydigan o‘tmish pul birligi).

“Jadid” gazetasining 2026-yil 24-apreldagi 17-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605