Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


04.05.2026 | 16:24

img1039

YURAK G‘AMGIN BO‘YLI QIRMIZ OLMADIR!

* * *
Bulut siyoq uchib
Boryapman, laylim,
Tund havolar ixtiyorida.
Qayerda yog‘dirsa, O‘zining mayli,
O‘zining erkidir, yog‘dirmasayam…
Qayerda bo‘lsa ham, yog‘dirsin, mayli!..


* * *
O‘z
Labzimga
Ishonch yo‘q damda
She’rlarimga inondingiz,
Rahmat, odamlar!..

YOZUQ

Omad
Senga ko‘p kulib boqdi,
Yo‘llaringda bo‘ldi u tashna.
Biroq senda kulmadi taqdir,
Tanimading Hizrni, oshna!

* * *
Havo…
O‘z hovriga dimlanib oldi,
Bo‘g‘riqadi atrof-javonib.
Nabototi behol, shamoli behol,
Borliq yonib yotar, bu axir Janub!

Jazirama otdi yana bitta tong,
Taft tashlaydi faqat ko‘rshomga borib.
Ah, mening otam-a, o‘tib ketibdi,
Jizg‘on dalalarda… oftob sug‘orib!

* * *

Qadamimda yo‘llar yastandi,
Safaridan bersin Xudoyim!
Qurisa ham mayli-da sillam,
Yo‘llar bilan bo‘layin doim.

MEN 

Yo‘llarsiz hech kim emasman,
Yo‘li yo‘qning nomi o‘chadir.
Mensiz yo‘l ham hech kim emasdir,
Mensiz u ham oddiy ko‘chadir.
XIYOBON KURSILARI
Qoyil sizga,
So‘fiy kursilar,
Hech vaqosiz mehmon kutasiz…
Shohmi u yo gado, siz birday.
Gohida, hayratda qoladi odam,
Eng nochor, eng majhul o‘tkinchigayam Nafasing rostlab ket, deya olasiz!

YASHAYAPTI-KU!

Bu daraxtga
Parvo kerakmas, Pana-pastqamda ham o‘saveradi.
Xo‘p, ana, musaffo, op-ochiq osmon… Xavf-xatardan boshqa nima beradi?!
Xo‘p, kunduz quyoshga, Xo‘p, tunda oyga,
G‘ujg‘on yulduzlarga yetdi qay daraxt? Xo‘p, bo‘yda kimo‘zarga qildiyam poyga, Illo, qarag‘ayga kulib boqar baxt!
Deylik,
Bo‘ron turdi,
Deylik, do‘l yog‘di, Deylik, chaqmoq chaqsa… Xudo biladi,
Boshiga nelarni soladi taqdir?!
U daraxt
Shu avloqni avlo biladi,
Osmon, yulduz, quyosh unga kerakmas,
O‘smay qolganiga… shukr qiladi!

* * * 

Gum-gung
Tumanlikka singib ketdi bog‘.
Nafis og‘ochlardan sharpa qolmadi.
Kuzgi bog‘lar… Bizni unutdi, evoh,
Yurak g‘amgin bo‘yli qirmiz olmadir!

SIYLI QISMAT
Halima XUDOYBERDIYEVAga

Men
So‘z bog‘idan o‘tdim,
So‘zbog‘lar mendan o‘tdi…
Men so‘zga mehr tutdim,
So‘zlar menga gul tutdi.

Har cho‘p ifor ilindi,
Tebrona barg, butog‘lar,
Xo‘p bearmon yashadim,
Armonlarni quchog‘lab.

Hay yoron,
Umr o‘tdi,
Umr-la menim o‘tdi.
Qanday o‘tdi? Yo Xudo,
O‘zing bilganday o‘tdi!
O‘zing bilganday o‘tdim!

Men o‘tdim So‘z dog‘ida,
So‘z sehriga boylona.
Men o‘zingdan kelgandim,
Qaytyapman senga, mana…
Zoraki, yetib borsam,
Kalomingda siylona!

Shoirlik –
Siyli qismat,
Bo‘ldim el quchog‘ida,
So‘z bog‘idan o‘tsam-da,
O‘tdim so‘zning dog‘ida!

* * *

E hay,
Bizning yoshlik boshqacha edi,
Boshqacha boqardik bir-birimizga.
Ilkis nigohlarda bo‘zlashar edik,
Izhori dil qila ko‘zlarimizga.
Nigohlar tutashsa, dilda g‘alayon,
Bir on chaqnashida milyon ma’nolar.
Kerak ham bo‘lmasdi bulbuli zabon, Uyat hukmidaydi oh-u voh, nola.
Mehrimiz buloqday sim-sim oqardi,
Sen esa yasharding ibo nahrida.
Juda baland edi hayoning qadri, Shunchalar balandki – Tangri mahriday!

Pinhon qovurardi
Ishq dardi bizni,
Gar uryon esa-da faryodlarimiz…
Indamay aytarding sen… o‘sha so‘zni,
Indamay yig‘lardi… unlarim unsiz.
Indamay yig‘lardi… tunlarim unsiz.

* * *

Bir dilso‘z
So‘zlarni solki dilimga,
Gung-u lol tilimni so‘zlatsin ular.
Ohli bo‘zlovuqlar keltir tilimga,
Hatto tosh qalblarni bo‘zlatsin ular!

Oyday yorug‘ tushsin baytlarim yuzi,
Dillarda bir yorug‘ o‘ylar uyg‘otsin.
Dilimdan o‘tkizgan har bitta so‘zing
Bir qorong‘u dilda tong bo‘lib otsin.

Gohda odamman-u odam emasman…
Men so‘zning adosi bo‘ldim-ey chog‘i.
Men so‘z bodasiga g‘arq bo‘lgan kasman,
Tun-u kun bo‘g‘zimda so‘zning pichog‘i…
Tun-u kun erkli so‘z sori yukindim,
Fil hol yuragimda bitta iltijo.
Meni shu ko‘ylarga solgan o‘zingsan,
Dildosh so‘zlaringga zor qilma, Xudo!

Yo Xudo,
Sen suygan so‘zlarning gadosiman men!..

* * *

Kunlarim –
Boyliklarim…
Misqol-misqol kertib boryapman.
Xudo manglayimga bitgan bo‘lsa-da,
Har damin tilloga tortib olyapman.

Har kunimga
Bir kun umr to‘layman,
Bir kunni undirmoq qanchalar azob.
Vaqt bobida saxiy, hotamitoyman,
Ne olsam hisobli, bersam behisob.

Har kunim
Umrimga
Xiroj bo‘lguncha,
Kunlar uvalanar, oy, yillar o‘tar!
Ay hayot, bebaqo bo‘lmasa buncha,
O‘tmishning qo‘lidan tutar-u ketar!..

* * *

O, xayol,
Men seni yaxshi bilaman –
Azm etsang sharqim-u g‘arbim bir qadam.
Sirman sirlaringda. Rahmat, bo‘l omon,
G‘amgin damlarim-u barqim bir qadam.
Men uni
“…shu bugun ko‘rmasam bo‘lmas”,
Chehrasin opkel yo Unga olib bor –
Jamoliga yetkaz qanotlaringda.
Visolisiz o‘tgan har kecham – ozor…
Kunduzim yig‘laydi tungi holimga!

Xayol,
G‘amguzorim,
Ko‘nglim mahrami,
Xasta dilning aytib-degulari bor.
Hasratki, qalamga aytilmaydi, yo‘q,
Illo, qog‘ozga ham bitmog‘i dushvor!

Sirdosh,
Dildoshimsan,
Xayol, omon bo‘l!
Jizg‘on yonishlarim ichingda qolsin.
Chunki jamoliga… faqat sensan yo‘l,
Faqat sen, faqat sen, faqatgina sen!

Abdunabi BOYQO‘ZIYEV

“Jadid” gazetasining 2026-yil 1-maydagi 18-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img112

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img622

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img617