Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


20.05.2026 | 15:02

img2944

JAJJI ADABIYOT

Bolalikda bobo va buvilarimizdan eshitgan ertaklarning nash’u namosi yodingizdadir? Xalqning mulki bo‘lmish afsona va rivoyatlar bola qalbimizda hayrat uyg‘otishi bilan birga,  ezgulik bilan yovuzlik o‘rtasidagi chegarani chizib ko‘rsatgan, odamiylik ruhida tarbiyat qilgan ekan. Barkamol avlodni voyaga yetkazishda ta’lim va tarbiyaning beqiyos o‘rnini bugun o‘zimiz ham teran tushunib yetdik. Jadid bobolarning yangi usul maktablarini ochishda, o‘qish kitoblarini nashr etishda bejiz kuyib-pishmaganini baholi-qudrat anglab turibmiz.

Xabaringiz bo‘lsa, o‘tgan yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Bolalar uchun mo‘ljallangan milliy kontentlar yaratish va ularni ommalashtirishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Shunga ko‘ra, bolalar uchun kontent yaratuvchi tadbirkor va ijodkorlarga ham bir qator soliq imtiyozlari va preferensiyalar taqdim etilyapti. Shukrki, oramizda jadidlarning munosib izdoshlari, uyg‘oqqalb egalari yashayotir. Ta’lim resurslarini yaratish bo‘yicha tajribali mutaxassis, “Erkatoy” jurnalining asoschisi Nodirbek Yusupovning maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan turkum kitoblar nashr etgani so‘zimizning isbotidir.

“Erkatoy alifbo”, “Erkatoy alifbo 2”, “Erkatoy english” to‘plamlari sodda til va tushunarli uslubda yozilgan bo‘lib, bolaning dunyoni anglashi va erta savod chiqarishiga ko‘maklashadi, chet tili haqida birlamchi tushuncha beradi. Shuningdek, ushbu rang-barang kitoblardan she’rlar, ertaklar, matal va topishmoqlarning o‘rin olgani ham quvonarli hol.

Bilasiz, yangi avlodning uquvi tez, zehni o‘tkir. Texnokratiya davrida ko‘z ochgan bolalarni “xo‘rozqand” bilan ovutib bo‘lmaydi. “Bolani maktab o‘qitadi” degan loqayd qarash, “Eti sizniki, suyagi bizniki” qabilidagi gaplar ham allaqachon eskirdi. Zamonaviy ta’lim ustoz bilan birga ota-onalardan birdek fidoyilik talab etadi. Farzandlarimiz aqli ravshan, xulqi go‘zal bo‘lib ulg‘ayishi, uchqur zamonning ilg‘or saflarida bo‘lishi uchun zarur sharoit yaratish, kerakli adabiyotlardan bahramand qilish siz-u bizdek kattalar uchun ertangi kunning g‘amini yeganimiz bo‘ladi.

Jamoliddin BADALOV

“Jadid” gazetasining 2026-yil 15-maydagi 20-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img99

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img136

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img329