02.06.2026 | 10:23
2821
BIR ERTAKKA IKKI YAKUN
Ko‘p yillar burun, “Gulxan” jurnalida zamonaviy eston yozuvchisining ertagi mening tarjimamda e’lon qilingach, tahririyatga yoshi ulug‘ bir kishi xuddi shu mazmunda ertak olib keldi. Ammo yakuniy xulosa bir-biriga zid edi. Biz u kishiga yaqinda jurnalda chop etilgan ertakni ko‘rsatdik.

Chol yon cho‘ntagidan arab imlosidagi ertak-rivoyatlarning 1915-yillardagi toshbosmasini olib ko‘rsatdi: “Buni shaxsan Behbudiy o‘qish kitobi qilib tuzgan! Jadidlar maktabida uni o‘qiganman”. O‘sha paytlar, 1980-yillarda men kabi juda ko‘pchilik jadidlarni, Behbudiy kimligini bilmasdi, albatta. Kitobchani keltirgan kishi ertakni yozmagani, uni arab imlosida qanday bo‘lsa, shunday ko‘chirganini aytdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Mahmudxo‘ja Behbudiy 1910-yillarda Moskvadan litografiya – toshbosma dastgohini sotib oladi. Arab imlosidagi turli kattalikdagi literlar – qabariq harflar to‘plami, bo‘yoqlar, qog‘ozlargacha vagonda olib keltiradi. Shogirdlaridan birini toshbosmani o‘rganib kelishga yuboradi. Dastlab gazeta, so‘ng boshlang‘ich sinflar uchun til o‘rganish va o‘qish kitoblari chiqarishga harakat qiladi, bu kitoblarning muallifi ham Behbudiyning o‘zi edi. U turli qisqa hikoyatlar, ertaklar, latifalarni sodda va tushunarli tilda tahrirlashga harakat qiladi.
Behbudiyning bir armoni – Turkistondagi turkiy xalqlar bir-birining tilini tushunmasligida edi: “Surxonlik xorazmlikni, buxorolik vodiylikni tushunmaydi. Turli lahjalar qurshovidan chiqib, yagona adabiy til yaratish bizning burchimizdir!” Haqiqatan, Behbudiyning gazetada e’lon qilgan maqolalari bilan u yaratgan “O‘qish kitobi” tili orasida katta farq bor edi. Behbudiy gazeta maqolalari bilan xalqning savodli qismiga murojaat qilgan. “O‘qish kitobi” bilan esa jadid maktablarida o‘qishni o‘rganadigan yosh avlodga yuzlangan. Bu ishda o‘zi ibrat bo‘lishga harakat qilgan. O‘tmishga xos tumtaroq tildan voz kechishga chaqirgan.
Behbudiyning “O‘qish kitobi”dagi “Qarg‘a va polaponlar” ertagi bilan eston yozuvchisining shu nomdagi mualliflik ertagi orasidagi farq ularning xulosa qismiga oid edi. Bir qarg‘a polaponlarini suv bosish xavfi bo‘lgan oroldagi inidan katta o‘rmondagi boshqa inga bittadan tashiy boshlaydi. Ona qarg‘a uchish davomida polapondan: “Senga qilgan bu yaxshiliklarimni qanday qaytarasan?” deb so‘raydi. “Sizni o‘lgunimcha asrayman, kerak bo‘lsa, siz uchun oila ham qurmay toq o‘taman!” degan javob bo‘ladi. Ona qarg‘a uch bolasini ham katta o‘rmonga eson-omon olib o‘tadi. Bu Behbudiy kitobida keltirilgan sharqona tamoyil bo‘lib, ota-onaning farzandlar uchun ulug‘ligi ta’kidlanadi.
Zamonaviy eston yozuvchisining ertagida xulosa o‘zgacha. Ikki polapon onasiga xuddi Behbudiy kitobidagi polaponlar kabi javob qaytaradi, qarg‘a esa ularni suvga tashlab yuboradi. Faqat eng kichik polapon onasiga boshqacha javob beradi: “Onajon, uchirma bo‘lganimdan keyin o‘z hayotim bilan band bo‘laman. Seni boshqa ko‘rmasam ham kerak. Men bolalarimga sendek yaxshiliklar qilaman”. Ona qarg‘a shu jo‘jasini katta o‘rmonga olib ketadi. Bu – masalaga G‘arbcha yondashuv edi.
Afsuski, hozir G‘arbda bu tamoyil ham jiddiy inqirozga yuz tutmoqda. Ilgari har qalay oila, farzandlar davomiyligi rag‘batlantirilardi. Keyingi yigirma yildan beri G‘arbda “O‘zing uchun yasha!” degan tamoyil, turli noinsoniy “oila”lar targ‘ib qilinmoqda. Go‘yoki, haqiqiy oila, farzandlar tashvishi shaxs erkinligiga tushov bo‘lar emish.
Mana, sizga bir ertakning ikki xil yakuni.
Olloyor BEGALIYEV
“Jadid” gazetasining 2026-yil 22-maydagi 21-sonida
KEÇA VA BUGUN
YAQIN ÖTMIŞDAN “ERTAK”LAR Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, ayniqsa, inson qadrini e’zozlaşga qaratilgan ezgu va oliyjanob işlar hammaning tilida, dilida. Kuni keça ham şunday böldi – bir davrada bugungi özgariş va yangilanişlar xususida söz ketdi. Har kuni bir yangilik, har kuni bir yengillik bölayotgani suhbat mavzusiga aylandi. Gurungda yoş döstlarimiz ham bor edi. Biz börttirmay, […]
17.11.2026 | 16:01
52
TADQIQOT-ROMAN
“Yaldo keçasi” asarini tadqiqot-roman sifatida baholaş mumkin. Çunki bu asar juda katta badiiy xomaşyoni qamrab olgan. Romanga asos bölgan material şu qadar keng qamrovliki, uni qamrab oliş va bemalol yayrab badiiy asar yozişni tasavvur qiliş qiyin. Ana şu çek-çegarasiz materialni ipidan ignasigaça diqqat-e’tibor bilan örganib çiqiş, saralaş, muhimlarini nomuhimlaridan ajratiş, har birini badiiy asar matniga […]
17.11.2026 | 12:37
76
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
310



