16.07.2026 | 15:50
3103
QIZINI ASRAGAN – YUZINI ASRAGAN
Bugun globalizatsiya va integratsiya jarayonlari insonlarga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatayotgandek. Buni biz birgina Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida 2025-2026-yilning dastlabki 5 oyida 24 nafar voyaga yetmagan qizning viloyatdagi IIBga qarashli voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilganida anglaymiz. Yana ham ayanchlisi, shu muddat mobaynida voyaga yetmagan 15, 16, 17 yoshli qizlarning 6 nafari ona bo‘lgan.

Aholisi 150 mingga yaqin bo‘lgan tumanda shuncha achinarli vaziyatning kuzatilishi barchamizni xavotirga solishi shart.
Yoki so‘nggi ikki yilda Sirdaryo tumanining o‘zidan 170 nafar farzandlar bobo-buvilar vasiyligiga qoldirilgan. So‘rovlar jarayonida, ayniqsa, qizlarning tarbiyasiga bobo-buvilarning kuchi ham, quvvati ham yetmayotgani oydinlashdi. Bu esa yana yangi savollarga sabab bo‘lyapti.
Bir qiz bolaning taqdiri – bir oilaning emas, butun jamiyatning masalasi. Chunki bugun e’tiborsiz qoldirilgan muammo ertaga kattaroq ijtimoiy masalaga aylanishi mumkin. Voyaga yetmaganlarning ona bo‘lishi – jamiyatning tarbiya, mas’uliyat va himoya tizimi o‘sha muhitda sust ishlayotganini ko‘rsatuvchi oynadir.
Bu kabi salbiy holatlarni faqat oqibat sifatida emas, sabablar nuqtayi nazaridan ham tahlil qilishimiz kerak. Nega bunday holatlar sodir bo‘ldi? Qaysi joyda tarbiya, nazorat yoki tushuntirish ishlarida bo‘shliq bor? Qanday qilib yoshlarning huquqiy va ma’naviy himoyasini kuchaytirish mumkin?
Savollar ko‘p…
Jamiyatning qiyofasi, avvalo, xotin-qizlarga bo‘lgan munosabatda namoyon bo‘ladi. Qizini asragan, uning ilm olishi, kasb egallashi va o‘z o‘rnini topishi uchun sharoit yaratgan millatning kelajagi ham mustahkam bo‘ladi. Qizlar tarbiyasi – bu nafaqat oila, balki davlat, jamiyat va jamoatchilikning ham vazifasidir.
Bahrom BOYMURODOV
“Jadid” gazetasining 2026-yil 10-iyuldagi 28-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
105
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
139
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
331



