Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


04.08.2026 | 10:16

img1347

G‘IJJAKKA JON ATO ETIB…

Maqomlar, xalq kuylari, milliy cholg‘ular va ustoz-shogird an’analari xalqimizning ma’naviy hayotini boyitib, milliy o‘zligini asrab kelmoqda. Bugungi kunda ana shu bebaho merosni zamon talablari asosida rivojlantirish, uning hayotbaxsh an’analarini davom ettirish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan ijodkorlar orasida taniqli bastakor va sozanda, O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilovning o‘rni alohida e’tirofga loyiq. Bastakor yaratgan yuzlab musiqiy asarlarda o‘zbek musiqasining nafosati, milliy ruhi yaqqol namoyon bo‘ladi.

Ijodkorning eng muhim fazilatlaridan biri shundaki, u milliy va an’anaviy musiqamizning o‘ziga xos yo‘nalishini chuqur anglagan va zamonaviy talqinini yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Bu esa uning milliy musiqa tafakkurini boyitib kelayotganini ko‘rsatadi.

San’atkor qariyb yigirma yildan buyon respublika miqyosidagi davlat tadbirlarida musiqa rahbari sifatida samarali mehnat qilib kelmoqda. Mamlakatimizda o‘tkaziladigan bayram va tantanalar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va davlat ahamiyatiga ega yirik loyihalarning musiqiy bezagini yaratishda uning hissasi katta. O‘zbekiston xalq artisti, atoqli rejissyor Bahodir Yo‘ldoshevning: “Abduhoshim Ismoilov bo‘lmaganida, men Bahodir Yo‘ldoshev bo‘lib bayram sahnalarida o‘zimni ko‘rsata olmas edim”, degan e’tirofi ham bejiz aytilmagan, albatta.

Mas’uliyatli vazifalarni yuksak mahorat bilan uddalab kelayotgani, shuningdek, yosh iste’dodlarni tarbiyalash yo‘lidagi xizmatlari munosib qadrlanib, Abduhoshim Ismoilovga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni berildi.

O‘zbek musiqasi tarixi buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalar ijodi bilan bog‘liq. Ular shakllantirgan ijrochilik maktablari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Milliy musiqaning uzluksiz taraqqiyotida ustoz-shogird an’anasi muhim o‘rin tutadi. Abduhoshim Ismoilov ana shu an’analarni qadrlab, yosh ijodkorlarga o‘z tajribasini ulashib kelayotgan ustozlardan biri hisoblanadi.

Dutor, tanbur, g‘ijjak, chang, rubob, nay va doira kabi cholg‘ular xalqimizning asrlar davomida shakllangan musiqiy tafakkurini namoyon etadi. Bu cholg‘ularning har biri nafaqat o‘ziga xos ovozi, balki tarixi, yasalish uslubi va milliy bezaklari bilan ham qadrlidir. Ular xalqimizning ma’naviy hayotida muhim o‘rin egallab, milliy musiqaning avloddan avlodga yetkazilishida asosiy vositalardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyunda “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu hujjat milliy san’atimizning barcha yo‘nalishlarini tizimli rivojlantirish, ijodkorlarning salohiyatini yuksaltirish va ustoz-shogird an’analarini mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi. Jumladan, mamlakatimizda teatr, kino, maqom, milliy cholg‘u, folklor, opera va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ijodiy birlashmalarni tashkil etish vazifasi belgilandi. Mazkur jarayonda “Gʻijjak cholg‘u ijrochiligi” yo‘nalishi bo‘yicha ijodiy birlashmaga rahbar etib Abduhoshim Ismoilovning tayinlanishi ham bejiz emas. Bu uning ko‘p yillik ijodi, milliy musiqa san’ati rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, davlat tadbirlaridagi faoliyati va ustozlik maktabini yaratishdagi xizmatlarining samarasidir.

Ustoz san’atkor: “Maqomning vatani – O‘zbekiston. Biz o‘zimizning milliy maqom san’atimizni munosib darajada namoyon eta olishimiz zarur”, deya ko‘p ta’kidlaydi. Bu fikrlar uning haqiqiy vatanparvarligi, milliy maqom san’atiga bo‘lgan cheksiz muhabbati va uning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirish yo‘lidagi fidoyiligining yorqin ifodasidir. Zero, haqiqiy san’atkor uchun shaxsiy manfaatdan ko‘ra milliy madaniyatning sha’ni va nufuzi hamisha ustuvor.

Muzaffar SAYFULLAYEV,
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi direktori o‘rinbosari

“Jadid” gazetasining 2026-yil 31-iyuldagi 31-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img606

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img604