01.09.2026 | 10:30
1545
MILLAT BAYRAMI
Ayni kunlarda qardosh O‘zbekiston Respublikasi katta millat bayrami – davlat Mustaqilligining 35 yillik tantanalariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu munosabat bilan Tojikiston Respublikasi, uning O‘zbekistondagi diplomatik korpusi vakillari, jumladan, o‘zim va oilam nomidan hamisha do‘st o‘zbek xalqini samimiy tabriklayman.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 34 yil bo‘ldi. O‘tgan davr oralig‘ida davlatlararo tashqi aloqalar izchil rivojlandi, ikki mamlakat o‘rtasidagi oliy darajali tashriflar dinamikasi o‘sdi. O‘zbek-tojik munosabatlari barqaror rivojlanish sur’atini namoyon etib, hamkorlikning keng ko‘lamli yo‘nalishlarini qamrab oldi. O‘zaro savdo ayirboshlashning o‘sishi, qo‘shma infratuzilmaviy loyihalar istiqboli, va ayniqsa, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning faollashuvi ikki qardosh mamlakat uchun strategik sheriklikning yuksalayotganini ko‘rsatadi.
Mustaqillik davrida hukumatning oqilona siyosati va mehnatkash xalqning sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekiston ko‘z o‘ngimizda ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishda salmoqli natijalarga erishdi hamda xalqaro munosabatlarda faol ishtirokchi sifatida o‘z o‘rnini mustahkamladi. So‘nggi yillarda muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan va Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan jadal islohotlar mamlakat statusini yangi bosqichga olib chiqdi. Qisqa vaqt ichida O‘zbekistonda iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishga, ta’lim, madaniyat va sport sohalarida xalqaro maydonda salmoqli natijalarga erishildi. Ayniqsa, keyingi yillarda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar mintaqaviy rivojlanishning umumiy dinamikasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shu o‘rinda, Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan tashqi siyosatni alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. Xalqaro munosabatlar sohasida O‘zbekiston muhim pozitsiyani egallab, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, global tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash hamda barqaror rivojlanishga qaratilgan pragmatik va faol tashqi siyosatni amalga oshirmoqda. O‘zbekiston hukumatining Markaziy Osiyo doirasida strategik sheriklik tizimini yo‘lga qo‘yish borasidagi harakatlari, shuningdek, janob Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari mexanizmini yaratish tashabbusi alohida e’tirofga loyiq. Ushbu mexanizm Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi integratsiyani yanada chuqurlashtirish, tinchlik va xavfsizlik hududini barpo etish hamda mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan.
Ishonchim komilki, Yangi O‘zbekiston islohotlari, shubhasiz, aholining yashash tarzini yaxshilash, farovonlikni yanada oshirishga hamda mamlakat ijtimoiy hayotining barcha sohalarida yuqori natijalarga erishishga xizmat qiladi.
Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-xotirjamlik, umummilliy baxt, yuksak taraqqiy tilayman. Azaliy do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va birdamligimiz bardavom bo‘lsin!!
Ismatullo NASREDIN,
Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi
“Jadid” gazetasining 2026-yil 28-avgustdagi 35-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
37
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
120
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
312



