Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


10.07.2026 | 14:23

img2990

ZOMINDA YANA ADABIYOT BAYRAMI

Adabiyot – millat qalbining jarangdor sadosidir. Har bir xalq asl qiyofasini o‘zining adabiyoti orqali namoyon qiladi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan an’anaviy Zomin seminari qariyb o‘ttiz yildirki, yosh iste’dodlarni kashf etish uchun katta bir sahna vazifasini o‘tayapti. 7–9-iyul kunlari Zominning so‘lim tabiati bag‘rida navbatdagi anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizning barcha hududlaridan 136 nafar yosh qalamkash ishtirok etdi. Ular orasida ijod maktablaring iste’dodli o‘quvchilari ham bor. Har yilgidan farqli o‘laroq, bu galgi tadbir qamrovi kengaygan: qo‘shni Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlarida o‘zbek tilida ijod qilayotgan yosh ijodkorlar ham  taklif etildi.

Seminar poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bilan boshlandi. Shundan so‘ng ishtirokchilar joylashgan avtobuslar Zomin sari yo‘lga chiqdi. Mehmonlarni Jizzax viloyati hokimligining mas’ul vakillari kutib oldi. Anjumanni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid samimiy tabrik so‘zlari bilan ochib berdi. Tadbirning kirish qismi qizg‘in mushoiraga ulanib ketdi.

Seminarning ikkinchi kunida yosh ijodkorlar nazm, nasr, badiiy jurnalistika, badiiy tarjima va baynalmilal adabiyot, bolalar adabiyoti, adabiy tanqid va dramaturgiya yo‘nalishlari bo‘yicha shoʻbalarga bo‘linib, ustozlar sabog‘idan bahramand bo‘ldi. Ularga taniqli shoir va yozuvchilar biriktirilib, havaskor ijodkorlarning har biri bilan individual ish olib borish imkoniyati yaratildi.

Seminar davomida ustoz adiblarning ijodiy tajribasi va saboqlari yoshlar uchun katta maktab vazifasini o‘tadi. Ayniqsa, anjuman doirasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xayriddin Sultonov bilan uchrashuv va uning “Yaldo kechasi” kitobi taqdimoti, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “So‘z” loyihasi a’zolarining ushbu asar asosida sahnalashtirgan she’riy spektakli ishtirokchilarni yanada ilhomlantirib yubordi.

– Bu yilgi seminarimiz haqiqiy bayramga aylanib ketdi, – deydi O‘zbekiston xalq shoiri Xosiyat Bobomurodova. – Hassos qalb bilan  she’riyatga dadil kirib kelayotgan yoshlar ko‘p ekan. Qo‘shni davlatlardan kelgan vatandosh ijodkorlarni ham tingladik. Bu yerda faqat asarlarni muhokama qilmadik, balki erkin fikrlash, adabiyotga mas’uliyat bilan qarashni shakllantirishga harakat qildik. Menimcha, har bir ijodkorda yangi asar yozishga ishtiyoq, o‘z ustida ishlashga talab, ijodiy faoliyatga mas’uliyat hissi ortdi. Ular seminardan katta taassurotlar va ma’naviy quvvat oldilar, deb o‘ylayman.

Seminarning yakunlovchi qismida eng yaxshi deb topilgan asarlar e’tirof etilib, “Birinchi kitobim” loyihasida chop etish uchun taqdim qilindi. Shuningdek, hamkasblarimiz eng yaxshi ishtirokchilarga “Tilda, fikrda, ishda birlik” nomli “Jadid” yilnoma kitobini taqdim qilishdi. Yozuvchilar uyushmasi tomonidan ham ishtirokchilar uchun alohida sovg‘alar topshirildi. Bir so‘z bilan aytganda, “Zomin – 2026” adabiyot anjumani betakror nazm-u navosi, nash’-u namosi bilan ko‘ngillarga jo bo‘ldi.

Ustoz ijodkorlar nazariga tushgan iqtidorli yoshlarning asarlarini gazetamizning kelgusi sonlarida o‘qishingiz mumkin.

Muhayyo RUSTAMOVA

“Jadid” gazetasining 2026-yil 10-iyuldagi 28-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img83

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324