03.11.2026 | 09:29
558
QÖŞÇINOR ÇIROQLARI
Parkentga köp yölim tuşgan. Bahorda Qiziltoğ qizğaldoqzorlari, yozda Söqoq, Zarkentdagi dam oliş maskanlari, kuzda hazrat Ali buva ziyoratgohi, qişda Kumuşkon manzaralari minglab mahalliy va xorijiy sayyohlarni öz bağriga çorlaydi. Lekin goh mehmon, goh muxbir bölib yurib ham, tuman markazi yaqinida Qöşçinor degan xiyobon bölganini eşitmagan ekanman.
Özbek tili bayrami nişonlanayotgan kunlarda Parkentda yangi ma’rifat markazining oçiliş marosimiga taklif etildim. Tuman markaziga yetgaç, Parkentsoyning öng qirğoğiga ötib, katta yöl böylab yuqorilab bordik. Yon-atrof mahalla – uy-joylar, dökonlar. Qöl çözsa yetgulik masofadan Çotqol toğlarining ğarbiy etaklari boşlanadi. Yangi bino quriladigan bölsa, ortda qolayotgan tuman markaziga quriladi-da, deyman özimça. Yöl ulovni uçköça kesişmasiga olib çiqdi, geolokatsiya yetib keldingiz, deb turibdi.

* * *
Şundoq maşinadan tuşişim bilan musaffo osmon foni va iliq oktyabr quyoşi nurlarida yaraqlab turgan toqi baland darvoza va uning ortidagi muhtaşam imoratga közim tuşdi. Boğ va ma’rifat markazi Qöşçinor deb atalgan. Kiraverişdan çapda maskan nomiga asos bölgan asriy çinorlar savlat tökib turibdi. Bir kişining quloçi yetmaydi, uç-tört kişi kerak. Yoşiyam bir neça avlodlar umriga teng.
Içkarilar ekanman, poytaxtda körib örgangan xiyobonda yurganday böldim. Katta monitorlarda ibratli sözlar aylanib turibdi, bunaqasini viloyat markazi – Nurafşonda ham körmaganman. Xayolimni şundoq oyoq ostidan kötarilgan suv ustunlari bölib yubordi. Katta şaharlarda urf bölgan yerpastak favvoraning ayni özi edi bu. Öng tomonda soyabonli örindiqlar, javonlar terib qöyilgan. Çap tomonda şinamgina kitobli tamaddixona.
Undan narisi uzumzorlar toğga ulanib ketgan. Közoynakni artib qarasam, umuman dala-pala emaskan. Savol alomati yuzimda zohir böldimi, Yoşlar işlari agentligi Toşkent viloyati boşqarmasi boşliği Nodir Hojiyev izoh berdi:
– Bir qaraşda dala deb öyladingizmi siz ham? Devorlarning quruq turişi ma’qul körilmadi. Çiroyli qilib banner ilib çiqişni taklif qildik. Şunda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tabiat qöynidagi bu maskanga sun’iylik yaraşmasligini, rassom topib, boğ muhitiga mos surat işlaşni topşirdi. Haqiqatan ham natija mutlaqo boşqaça böldi. Umuman, bu maskan qurilişida yoşlarni öziga jalb qiluvçi, kattalarning qadrli xotiralarini eslatuvçi detallarni uyğunlaştirişga harakat qildik.
* * *
Ikki qavatli ma’rifat markazining özi alohida möjiza edi. Viloyat ma’naviyat va ma’rifat bölimi rahbari Salim Anorboyev bu haqda gapirib berdi:
– Birinçi qavati tuman yoşlar bölimi va tögaraklarga, ikkinçi qavati tuman axborot-kutubxona markaziga berilgan. Bino uçun tanlangan joy yaqin atrofdagi eng baland tepalik hisoblanadi. Nomi peştoqiga katta-katta harflar bilan yozilgani ham bejiz emas. Bunaqa haşamatni odatda töyxonalar, dökonlarda körib örganib qolganmiz-da. Mana, kutubxonani ham mana şunday bezaş mumkin ekan. Yaqin-yaqingaça töyxonalar, kafelar, restoranlar, oziq-ovqat şoxobçalari, dökonlar şunaqa haşamat bilan qurilardi. Bu ham yaxşi. Lekin ular bizning moddiy ehtiyojlarimizni ta’minlaydi, xolos. Ma’naviy ehtiyoj-çi? Ruhga ozuqa beradigan maskanlarning körinişi ham köngiloçar joylardan qolişişi kerak emas.
Ha, bu gaplarda jon bor. Agar yoşlar kutubxonani, muzey kabi maskanlarni yaqqol körib turmasa, uni izlab yursa, oxiri topolmagaç uzoqlaşib ketişi tabiiy. Kundalik hayotdan bir misol: notaniş joyga borsak, kerak manzilni duç kelgan odamdan söraymiz. Uyam yaqin-atrofdagi eng maşhur obyektni möljal qilib tuşuntiradi. Masalan, daraxt, köprik yoki töyxona, supermarket yoki tomi baland uylar… Endi parkentliklar möljalni Qöşçinorga qarab olaveradi.
Markaz atrofi asriy çinorlar bilan öralgan. Xuddi şu çinorlarning yoniga bugun yangi butalar, nihollar, gul köçatlari ekilgan. Bu ham ramziy ma’noga ega, Zulfiyaxonim yozganidek, “bu boğlar bir boğlar böladi hali”.
* * *
Katta iştiyoq va qiziqiş bilan yuqori qavatga – tuman kutubxonasiga kötarildik. Bu odatiy kitob saqlanadigan va öqiladigan joy emas. Kutubxona bölganda ham, noodatiy dizaynga ega kutubxona. Ikkinçi qavatning markazi doira şaklida örab olingan, uning taşqarisida ma’muriy xonalar, içida esa öquv zali. Keng-möl tolor oynavand tom bilan yopilgan. Oçiq havoda quyoş nurlari tuşib turadi – tabiiy yoruğlik va harorat; yoğin-soçinli havoda derazadan yomğir tomçilari sirpanadi, qor zarralari qönadi. Axir, bundan ham yoqimli mutolaa romantikasi bölişi mumkinmi?! Tolor markaziga temir tasmasi şiftdan tuşib kelgan, qöl mehnati mahsuli bölgan qabariq globus qör tökib turibdi.
– Hayratlanarli-a? Bu kitoblar dunyosi va dunyo kitoblarining, keng dunyoqaraşning ramzidek. Körib turganingizdek, kutubxonaning içki devori buyuk allomalarimiz, jadid bobolarimiz suratlari, hikmatlari bilan ziynatlangan. Asarlar ham öquvçilarga qulay bölişi uçun mavzulaştirib terilgan, – dedi tuman axborot-kutubxona markazi rahbari Muhayyo Ahmedova. – Jihozlar ham zamonaviy va qulay. Bunaqasini nomi ketgan öquv markazlarida körganman. Köpçilik maqtaydigan xususiy ta’lim muassasalaridagi şaroit ham bölsa, şunçalik böladi. Mutolaadan toliqsangiz, ikkinçi qavatning manzariga çiqasiz. Köz oldingizda Örol Tansiqboyev suratlariday betakror manzara yastanib yotibdi. Bu yerdan butun Parkent körinadi… Rostini aytsam, bu manzilga yetib kelgunça kutubxona yetti marta köçgan. Bir oilaning köçişini tasavvur qilib köring. Endi bu kutubxonaning köçişi – minglab kitoblar, minglab hujjatlar, degani. Öylaşning özi tasavvurni toliqtiradi. Kitobxonlarning sarsonligini ayting… Davlatimiz rahbarining barça hududlarga berayotgan e’tibori samarasi, mana, Toşkentdagidan qolişmaydigan munosib joyga ega böldi parkentlik kitobsevarlar.
* * *
Yuz-közida iftixor va şukronalik nuri porlab turgan kutubxonaçini körib, Muhayyo opa yaxşi badialar yozsa bölar ekan, deb öylab qoldim. Mana şunday fidoyi insonlar mehnati sabab, nodir adabiyotlar saqlab qolinadi, kitobxonlik madaniyati tarğib qilinadi, adabiyot va mutolaaga qiziqiş ortadi.
Javonlarga terilgan kitoblarni tomoşa qilar ekanman, nogohon közim köpdan beri izlab yurganim, bir xazinaga tuşib qoldi. Prezidentimiz taşabbusi bilan Alişer Navoiy asarlarining 100 jildlik ommabop naşrini tayyorlaş vazifasi belgilanganidan xabaringiz bor. Ayni paytda naşrdan çiqqan 31 jildi kutubxona törini bezab turibdi. Ana şu köpjildlikni körib, qani edi, şu yerdan çiqmay Hazrat asarlarini mutolaa qilib ötirsam, degan iştiyoq dilni egalladi. Parkentliklarga havasim keldi.
Çiğanoqning qadri bağridagi dur bilan ölçanadi. Bu “sadaf”ning bağri noyob javohirlarga limmo-lim.
* * *
Mana şunday betakror majmuaning oçiliş marosimi ham öziga xos adabiyot va kitobxonlik bayramiga aylandi. Tadbirda atoqli ijodkorlar, olimlar, öqituvçi va murabbiylar, jamoatçilik vakillari, yoşlar iştirok etdi. Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev öz nutqida Qöşçinor boği va ma’rifat maskani Özbekiston Respublikasi Prezidentining Parkent tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş borasida belgilab bergan vazifalari doirasida, 19 milliard söm mablağ evaziga qisqa muddatda barpo etilganini ma’lum qildi. “Endi ota-onalar, bobo-buvilar bolasini, nevarasini yöqotib qöysa, xavotirlanmay, qörqmay, boşqa joydan izlab ovvora bölmay, töğri şu yerga keladi”, deb lutf qildi u.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisi, Özbekiston xalq yozuvçisi Xayriddin Sulton mazkur göşaning tarixi, buguni va ertasi haqida zalvorli fikrlarni bildirib ötdi:
– Yoşi uluğ oqsoqollarimiz yaxşi eslaşadi. Yoşlik davrimizda şu hududda tört gektardan köproq maydonni egallagan Maksim Gorkiy nomidagi madaniyat va istirohat boği bölardi. U fusunkor tabiati, musaffo havosi, ariqlarda şarqirab oqib yotadigan zilol suvlari, asriy çinor va qayrağoçlari bilan nafaqat Toşkent viloyati, balki butun Özbekistonda ma’lum va maşhur edi. Buni taniqli kinorejissyor va yozuvçi Uçqun Nazarov özining “Surayyo” nomli badiiy filmining köp gözal lavhalarini ayni mana şu xuşmanzara joyda suratga olganida ham köriş mumkin.
Park hududida katta futbol va voleybol stadioni, farğonaça kuraş böyiça respublika birinçiliklari ötadigan maydon, “Bahor” kinoteatri, sölim xiyobonlar, dilkaş çoyxonalar, yaxna içimlik dökonçalari faoliyat körsatar va bu fayzli maskan hamişa odamlar bilan gavjum bölardi. Azim daraxtlar soyasida, yaşil maysazorlarda yaqin atrofdagi maktablarning öquvçilari dars tayyorlab, kitob öqib ötirar edilar. Ana şu bolalar orasidan önlab akademik va professorlar, davlat va jamoat arboblari, taniqli şoir va adiblar, maşhur san’at va sport namoyandalari yetişib çiqdi. Özbekiston Qahramonlari Said Ahmad, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibrohim Ğafurov kabi özbek adabiyoti va san’atining atoqli darğalari keyinçalik Qöşçinor deb nom olgan boğda muntazam ötkaziladigan tadbirlarning aziz mehmonlari, faol iştirokçilari edilar.
Afsuski, keyingi yillarda mana şunday maşhur boğ deyarli vayrona holiga kelib qolgan edi. Qançalik oğir va aççiq bölmasin, bunga nafaqat ayrim mas’uliyatsiz rahbarlar, istirohat boğining talon-taroj bölişiga yöl qöyib bergan mansabdorlar, balki hammamiz aybdor ekanimizni tan olişimiz kerak. Bizning beparvo va loqaydligimiz, menga nima, degan munosabatimiz tufayli köz öngimizda mana şunday noxuş hol yuz berdi. Va bu bizga, albatta, saboq bölişi zarur.
Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev mamlakatimizning barça viloyat va tumanlari qatori Parkentga ham jiddiy e’tibor qaratdi. Ötgan davr mobaynida Davlatimiz rahbari tumanimizga bir neça bor taşrif buyurdi. Örni kelganda aytiş joizki, Şarof Raşidovdan söng respublikadagi bironta birinçi rahbar Parkent tumaniga qadam ranjida qilmagan edi.
Bugun tumanning köpmillatli aholisi, keksa-yu yoş, barça hamyurtlarimiz bir fikrni yakdillik bilan takrorlamoqda: “Parkent – Parkent bölib, özining ikki ming yillik köhna tarixida bu kabi uluğvor özgarişlarni körgan emas”.
Mana, köz oldimizda ğoyat muhtaşam, har tomonlama havas qilsa arziydigan, betakror maskan qad rostlab turibdi. Dunyoda, jumladan, bizga yaqin hududlarda notinçlik, qurolli töqnaşuvlar, ziddiyatlar, iqtisodiy inqiroz hukm surayotgan bir paytda, bunday inşoot-u binolarni bunyod etiş, albatta, oson emas. Bunga qanday katta mablağ va resurslar, kuç-imkoniyatlar safarbar etilganini yaxşi tuşunamiz. Agar boşqa joylarda bunday majmualarni quriş uçun bir hissa mablağ sarf etilsa, Qöşçinor uçun ikki-uç hissa köproq mablağ işlatişga töğri keldi. Sababi ayon, bu yerdagi biznes subyektlari uçun kompensatsiya tölaş, çala qolib ketgan inşootlarni demontaj qiliş uçun ham katta xarajatlar qilindi. Şu ma’noda, bu boğ, bu majmua ançagina qimmat obyekt hisoblanadi. Ammo uning qimmati yolğiz moliyaviy körsatkiçlar bilangina ölçanmaydi. Bu maskan, avvalo, Parkent ahliga umid va işonç, adolat tuyğusini tiklab bergani uçun qimmatlidir. Negaki, mana şu bayramona makonda men kabi yuzlab odamlarning yorqin xotiralari, orzu-intilişlari, yuragining bir parçasi kömilib ketgan edi. Azizlar, inson oç-nahor yaşaşi qiyin, albatta. Ammo umidsiz, kelajakka işonçsiz yaşay olmaydi. Binobarin, biz endi uşbu majmualardan odilona, oqilona va madaniyat bilan unumli foydalanişimiz, har bir imorat, har tup daraxt va butani asrab-avaylaşimiz zarur.
Uluğ adibimiz Abdulla Qahhorning “Qöşçinor çiroqlari” degan romanini köpçiligingiz bilasiz. Bugungi quvonçli şodiyona kunda barçamizning tilagimiz, niyatimiz bitta: Parkentimizdagi Qöşçinor çiroqlari ham doimo porlab tursin, heç qaçon sönmasin.
Marosimda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyid ham söz oldi:
– Mana şunday muhtaşam ibratxona davlatning e’tibori bilan bunyod böldi, endi bu göşa bir kunga böş qolsa ham yaratilgan şaroitni isrof qilgan bölamiz. Qöşçinor bundan buyon ijod ahlining, ma’rifat tarğibotçilarining, yoş kitobxonlar va adabiyotsevarlarning sevimli manziliga aylanişi şart. Uyuşmamiz ham endi yirik uçraşuv va muşoiralarini şu yerda ötkazsa, deb taklif qilmoqçiman. Ustozlar ruhini şod etib, zamondoş adiblar va aholi örtasida samimiy muloqot örnatamiz.
Şu payt xayolimga bir fikr keldi: hududlarda ma’rifat maskani quraman deb bel boğlagan tadbirkorlar, özidan ezgu yodgorlik qoldiriş niyatidagi saxiy vatandoşlarimiz bor. Ular ham mazkur binoni körib, ulgi olsa, nur ustiga nur bölar edi. Umuman, bu ma’naviy koşonaga bir bor qadam ranjida qilib, havosidan nafas olgan har qanday odam könglida orzu-havas, nekbinlik, şukrona hamda iştiyoq uyğonişi tabiiy.
Muqaddimada Parkentning diltortar maskanlari haqida söz yuritgandim, mana, yana bir zamonaviy va ibratli qadamjo bunyod böldi. Keling, köring, ziyorat qiling…
* * *
Marosimdan keyin “Jadid” gazetasi tahririyati ham mazkur yirik markazga öz hissasini qöşdi. Kutubxonaga “Jadid” kutubxonasi“ ruknida çop etilgan ikki jildli ”Tilda, fikrda, işda birlik!“ kitob-albomi, ”Millat fidoyilari“ (Rustambek Şamsutdinov), ”Botmasin çiqqan quyoş…“ (Bahodir Karim), ”Hirotga, bobomning huzuriga!“ (Şahriyor Şavkat) kitoblari taqdim etildi. Zero, yangi kutubxonalar oçiş, ularni yaxşi asarlar bilan boyitiş jadid bobolarimizga xos qutluğ an’anadir.
Endi parkentliklarga qolgan iş – öqiş-örganiş, bilimlarni hayotga tatbiq qiliş. Çunki, Uçinçi Renessans aynan mana şunday ma’naviy maslaklardan, mana şu çinorlar soyasidagi mutolaadan boşlanadi…
Otabek BAKIROV
“Jadid” gazetasining 2026-yil 30-oktyabrdagi 44-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
61
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
586
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
583



