03.11.2026 | 15:50
1173
KITOB MUTOLAASI HAQIDA
Hermann HESSE,
Adabiyot böyiça Nobel mukofoti sovrindori
Köpçilik kitob öqişni bilmaydi va köp kişilar nima uçun öqiyotganini tuzukroq tuşunmaydilar ham. Ba’zilar buni öqimişli bölişning qiyin, biroq yagona yöli deb biladi. Ular uçun har qanday kitob kişini “öqimişli” qiladi. Boşqa birovlar uçun esa öqiş, bu – dam oliş, şunçaki vaqtni ötkaziş va ularga nimani (maqola, roman, şe’r, xabar va hokazo) öqiş baribir, zerikarli bölmasa bas. Şunçaki dam oliş, vaqt ötkazişni istagan va “öqimişli” böliş haqidagina qayğurgan kitobxon kitobdagi dilni poklovçi, kişini ruhlantiruvçi qandaydir noma’lum bir kuçni sezadi. Biroq bu kuçni u aniq tasavvur etolmaydi va baholay ham olmaydi. Bunday kitobxon tibbiyotdan mutlaqo bexabar bemorga öxşaydi, ya’ni aynan qaysi dori kerakligini tuşunmasdan, har bir qutiçadagidan tatib köra boşlaydi. Aslida, mutolaa borasida ham har bir kişi özi uçun zarur bölgan, yangi kuç hamda ruhiy ta’sir baxş etadigan kitoblarni topa bilişi kerak emasmi?

Biz – mualliflarga odamlarning köp mutolaa qilişlari, albatta, yoqimli va aynan ijodkor tomonidan, haddan ziyod köp öqişadi, deyilişi noörindir. Ammo mingta loqayd kitobxondan önta yaxşi kitobxon durust. Şu bois, bemalol ta’kidlaşim mumkinki, hamma joyda haddan taşqari köp mutolaa qilişadi va bu – adabiyot uçun obrö emas, ziyon keltiradi. Kitob mustaqil bölmagan kişilarni yana ham ma’naviy zaiflaştiriş uçun yozilmaydi, bundan taşqari, undan ba’zan noqobil odamlarga arzongarov tasvir hamda osongina özgartirilgan hayotni körsatiş uçun ham foydalanişadi. Kitoblar insonni hayotga yöllagandagina, unga xizmat qilgandagina foydalidir. Agar kitob öquvçiga, oz bölsa-da, kuç-ğayrat, şijoat, ma’naviy poklik baxş etmasa, mutolaa uçun sarf etilgan har bir soat behuda, besamar bölib qolaveradi.
Şunçaki öqiş, bu – diqqatni töplaşga majbur etuvçi maşğulot va ovuniş uçungina öqiş – öz-özini aldaşdir. Loqayd kişilar uçun, umuman, biror narsadan ovunişning hojati yöq. Aksinça, ular hamma joyda diqqat-e’tiborli bölişlari, qayerda nima bilan maşğul bölişmasin, nima haqda fikr yuritişlaridan qat’i nazar, özlarini butun vujudlari bilan voqealar girdobida his etmoqlari zarur.
Hayot qisqa, uning poyonida heç kimdan öqilgan kitoblar soni söralmaydi. Biror foydasi bölmasa, öqişga vaqt sarflaş aqllilik belgisi emas, aksinça, koni ziyon emasmikin? Men bu örinda faqat yomon kitoblarni emas, avvalambor “sifatli mutolaa”ni nazarda tutyapman. Hayotda bosgan har bir qadaming kabi öqişdan ham biron natija kutiladi. Mutolaadan yangi kuç-ğayrat olmoq uçun avvaliga kuç sarf etmoq, özingni yanada yaxşiroq tuşunmoq uçun oldin özingni “yöqotmoq” kerak böladi.
Agar har bir öqilgan kitob quvonç va alam, şijoat hamda ruhiy tazarru olib kelmasa, jahon adabiyoti tarixini bilişdan ma’no yöq. Fikr-mulohaza qilmasdan öqiş – xuşmanzara tabiat qöynida közni boğlab yurmoq demakdir. Biz özimizni va turmuşimizni unutiş uçun emas, balki hayot jilovini yanada ongliroq ravişda anglaş uçun öqişimiz kerak. Kitobga dimoğdor öqituvçiga qaragan qörqoq öquvçi singari emas, balki eng baland çöqqini zabt etmoqqa şaylangan şiddatkor alpinist kabi yondaşmoq talab etiladi.
Olmon tilidan Mirzaali AKBAROV tarjimasi.
“Jadid” gazetasining 2026-yil 30-oktyabrdagi 44-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
37
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
120
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
312



